Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


08.01.2025 | 18:06

img560

“VATANIY ISH…”

Jadid bobomiz Is’hoqxon Ibratning “Bizning yoshlar, albatta, boshqa tilni bilish uchun sa’y-harakat qilsinlar, lekin avval o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar. Zero, o‘z tiliga sadoqat – bu vataniy ishdir”, degan so‘zlari bugun, ayniqsa, katta ahamiyat kasb etgan. Darhaqiqat, o‘z ona tilini cheksiz hurmat qilgan millatgina o‘zgalarning ham tiliga hurmat va ehtirom bilan qaraydi.

Galdagi suhbatdoshimiz, arman millatiga mansub yurtdoshimiz, taniqli teleboshlovchi, iqtidorli aktrisa, qo‘shiqchi va bloger Karina Gaziyans o‘zining mumtoz qo‘shiqlarimizni sevib kuylashi, o‘zbekona chiqishlari bilan ko‘pchilikning mehrini qozongan.

– Men, O‘zbekistonda tug‘ilgan bo‘lsam-da, bolaligimda bu tilni bilmasdim. Bugun esa o‘zbek tilini katta qiziqish bilan o‘rganish bilan birga, milliy kinolarni ko‘rish, o‘zbekcha kitoblarni mutolaa qilish va mumtoz qo‘shiqlarni ijro etish orqali talaffuzim ustida ham ishlayapman. Shu asnoda o‘zbek tilining nechog‘li go‘zal va jozibali til ekanligini, uning so‘z boyligini yanada chuqurroq his qilyapman, – deydi u. – Men o‘nlab kliplarda, sahna asarlarida o‘zbek qizlariga xos milliylikni targ‘ib etuvchi rollar ijro etganim ko‘pchilikka ayon. Men o‘g‘limning ham o‘zbek tilini chuqurroq o‘rganishiga yordam beryapman. Birgalikda o‘zbekcha darslarini tayyorlaymiz. Mening fikrimcha, O‘zbekistonda yashayotgan har bir shaxs, albatta, shu xalqning tilini o‘rganishi, shu yurtning milliy qadriyatlarini hurmat qilishi kerak.

Zarnigor IBROHIMOVA yozib oldi.

“Jadid” gazetasining 2025-yil 1-yanvardagi 1-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img77

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img594

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img591