13.04.2024 | 09:52
452
UZUNQULOQ GAPLAR

“Uzunquloq gaplarga ko‘ra”, “odamlar orasida uzunquloq gaplar yuribdi”. Qanday qilib gap uzunquloq bo‘lishi mumkin? Deylik, biron hayvonga nisbatan “uzunquloq” desa tushunarli, lekin gapning uzunquloq bo‘lishi g‘alati.
Gap shundaki, bu yerda “uzun” – hozirgi tilimizdagi uzunlikni bildiruvchi “uzun” emas. Qadimgi turkiyda unga shakldosh yana bir “uzun” so‘zi bo‘lib – “g‘iybat” ma’nosini bildirgan. “Gʻiybatchi” esa – “uzunchы” deyilgan. “Qutadg‘u bilig”dan o‘qiymiz:
Uzunchы kishikә qatыlma yыra,
Uzunchы tilindә kүyәr ot kөr-ә.
Ma’nosi: Gʻiybatchi kishiga yaqinlashma, yiroqlash, Gʻiybatchi tilida o‘t yonadi, ko‘r.
Uzundыn qopar ul ajun bulg‘aqы
Uzunchы bashыn kes ey ersig aqы.
Ma’nosi: Dunyoning bulg‘anchiq fisqu fasodlari g‘iybatdan chiqadi, Gʻiybatchining boshini kes, ey mard saxiy.
Demak, “uzun gap” – bu “uzundan-uzun cho‘zilgan” emas, balki “g‘iybat gap” ekan. Gʻiybat esa – kimningdir orqasidan gapirish. Shu ma’noda bu so‘z, bizningcha, “orqa, ket” ma’nosidagi qadimgi “uzu” so‘zidan yasalgan bo‘lishi mumkin. Mahmud Koshg‘ariy “Devon”da “uzu”ni shunday izohlaydi: “uzu – orqa, ket. Mӭn anїң uzu kӭldim – men uning orqasidan keldim”. Ya’ni “uzun” so‘zi mazkur “uzu”ga qadimgi vosita kelishigi qo‘shimchasi “-in” ni qo‘shib yasalgan bo‘lishi mumkin (Misol: qadimgi turkiy so‘z “terk” – “tez” ma’nosini bildiradi. “terk+in” esa – «tezlik bilan», “terkin kel” – “tezlik bilan kel”. Shu kabi: “uzu+in” – “uzun” – “orqasidan” (gapirish) bo‘lishi mumkin.
Bizningcha, “uzunquloq”ning “-qulog‘”i ham eshitish organi – “quloq” ma’nosida emas. Gap shundaki, “quloq” ham ba’zi turkiy lahjalarda ko‘chma ma’noda: “mish-mish, ovoza, gap-so‘z, g‘iybat” ma’nolarini bildiradi.
Shunday qilib, “uzunquloq gaplar” iborasini: “g‘iybat, mish-mish, og‘izdan-og‘izga o‘tgan gaplar”, deb tushunish mumkin.
Abduvohid HAYIT
2024-yil 23-fevral 9-son
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
599
