Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


16.01.2025 | 17:40

img472

BIR TO‘Y TA’RIFINDA

To‘y-u tomosha derlar, to‘yi tomosha bo‘ldi,
Dumbasin ko‘tarolmay qo‘yi tomosha bo‘ldi.

Kuyov bengal shamidek, xitoyfonusdek kelin,
Ko‘z tegmasin, bo‘ylari bo‘yga yarasha bo‘ldi.

“Limuzin”, “Ford”, “Mers”… o‘ttiz chog‘li moshin keldi-yov,
Kam deb chiqmadi kelin. Andak xarxasha bo‘ldi.

Sher keldi, Yulduz keldi va sun’iy yulduzchalar,
Mumtozga estrada qo‘shilib “kasha” bo‘ldi.

Kecha “deport” bo‘b qaytgan usta O‘ktam sochgan pul
Otarchining boshiga tomdan tarasha bo‘ldi.

Bir ariq araq bo‘ldi, bir ariq bo‘ldi vino,
Mirkomil Misha bo‘ldi, Soyibjon Sasha bo‘ldi.

Mezbonning hisobidan mehmonga tutib sharob,
Terlab Faxriddin ziqna saxovatpesha bo‘ldi.

Qudag‘aylar o‘ynadi urishtirib qorinni,
Sarxushroq o‘yinchi qiz shu joyda pashsha bo‘ldi.

Qistirilgan dollarni cho‘ntakka urdi quda,
Urdi xudo, qudalar aro mashmasha bo‘ldi.

Chimildiqqa kelinni g‘ildiratdi toybola,
“Quvvat bersin”, “Bo‘sh kelma”, “Iy-yuv! Ha, yasha!” bo‘ldi.

Kelinlik kasb emasdir, hunar emas kuyovlik,
Qudag‘aylar tashvishi qo‘shilib qo‘sha bo‘ldi.

Kelin ketdi ho‘ppayib, kuyov qoldi so‘ppayib,
Sezib turganingizday, yakuni… o‘sha bo‘ldi.

Mulla XUNOB

“Jadid” gazetasining 2025-yil 10-yanvardagi 2-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img88

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img602

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600