Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


17.01.2025 | 10:26

img456

OG‘IZDAGI O‘RA

Xalq og‘zaki ijodida “uvuz eti uv bo‘lib” degan ibora “uvuz eti zahar bo‘lib” degan ma’noda keladi. Chunki bu jumlada uv so‘zi “zahar”, uviz so‘zi esa “og‘izning ikki cheti” mazmunini bildiradi. Men bu iborani dastlab “uvuz suti uv bo‘lib” degan ma’noda tushungan edim. Chunki yangi tug‘gan sigirning birinchi kunda sog‘ib olingan xom suti uvuz suti deyilgan. Keyin bilsam, bu yerda nihoyatda qiynalgan, og‘ir qayg‘uga botgan odamning nima yesa tatimasligi, zaharga aylanishi ma’nosida “uviz eti uv bo‘lib” degan nodir ibora qo‘llangan ekan.

Uviz suti iborasi adabiy tilda og‘iz suti shaklida ham qo‘llanadi. Demak, uviz bilan og‘iz bitta so‘z. Yanayam aniqrog‘i, og‘iz shevada ovuz deyiladi. Bu sut buzoqning ilk bor og‘zi tekkani uchun og‘iz suti deyilgan bo‘lishi kerak. Asli buzoqning haqqi bo‘lgan bu sutga odamlar ham doim teng sherik.

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da yangi tug‘gan sigirning uch-to‘rt kunlik sutini yig‘ib pishirilgan pishloqsimon taom ham og‘iz deb atalishi haqida ma’lumot berilgan. Bu qag‘anoq bo‘lsa kerak. Lekin qag‘anoq birinchi kundagi sutdan tayyorlanadi.

Mahmud Koshg‘ariyda odam va hayvonlar og‘zi ma’nosini bildirgan og‘iz so‘zi ag‘ïz shaklida kelgan va ag‘ïz jӭcӓ kӧz ujazur – og‘iz yesa ko‘z uyalur degan maqol misol qilingan. Bu maqol keyingi zamonlarda “Yegan og‘iz uyalar” bo‘lib o‘zgargan.

“Turkiy tillar etimologik lug‘ati”da ag‘iz so‘zining tub ildizi ag‘ bir qancha ma’nolarda taxmin qilingan. Jumladan, yoriq, tuynuk, teshik, kovak, o‘ra, lang ochiq kabi farazlar aytilgan. Lekin bulardan farqli yo‘sinda tilshunos V.Bang ag‘iz so‘zi etimologiyasini ikki labga taqaydi va asli ӓkiz – ikiz, ya’ni egiz so‘zi bilan bog‘lanishi mumkin deydi. Bu o‘rinda u ikki labni egizga mengzagan bo‘lishi kerak. Bangning taxmini qiziqroq, lekin menga undan ko‘ra, yuqoridagi farazlar asosliroq tuyuldi. Yana kim bilsin?

Qo‘shimcha ma’lumot: “Hibat-ul haqoyiq”da “og‘iz til” degan ibora keladi. Bu ibora lafz, nutq ma’nosini anglatadi. Ag‘iz til bezӓgi kӧni sӧz durur, ya’ni, nutq bezagi to‘g‘ri so‘z bo‘lur. (“Qadimgi turkiy til lug‘ati”.)

Eshqobil SHUKUR

“Jadid” gazetasining 2025-yil 10-yanvardagi 2-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img607

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img605