01.08.2024 | 17:33
237
Dunyo boʻylab ona suti bilan oziqlanadigan chaqaloqlar soni 10 foizga koʻpaydi
1-avgustdan dunyo boʻylab Butunjahon ona suti bilan oziqlantirish haftaligi boshlandi. Shu munosabat bilan YUNISEF va Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining qoʻshma hisoboti eʼlon qilindi.

Unda qayd etilishicha, soʻnggi 12 yil ichida bu borada ijobiy oʻsish tendensiyasi kuzatilmoqda. Xususan, ana shu davrda sayyora boʻyicha ona suti bilan oziqlanadigan olti oylikkacha boʻlgan chaqaloqlar soni 10 foizga koʻpaygan.
Bu jahonda 48 foiz goʻdaklar sogʻlom hayot boshlash imkoniyatiga ega boʻlganini anglatadi. Ushbu statistika JSSTning 2025-yilda koʻkrak suti bilan parvarishlanadigan bolalar sonini 50 foizdan oshirishga doir global maqsadlariga yaqin.
Biroq hali mazkur yoʻnalishda oʻz yechimini kutayotgan muammoli masalalar bor. Vaholanki, chaqaloqlarni ona suti bilan oziqlantirish darajasini yaxshilash orqali yiliga 820 ming nafardan ziyod bolaning hayotini saqlab qolish mumkin. Chunki koʻkrak suti tarkibidagi antitanalar goʻdakni turli kasalliklar, ayniqsa, xavfli patologiyalardan himoyalaydi. Sogʻlom oʻsish va rivojlanishni taʼminlaydi. Oʻz navbatida, onalarning saraton va baʼzi yuqumli boʻlmagan xastaliklarga chalinish xavfini kamaytiradi.
Koʻp ayollar farzandlarini koʻkrak suti bilan oziqlantirish borasida malakali tibbiy masalahat olish imkoniyatiga ega emas. Baʼzilari emizishning chaqaloq va ona salomatligi uchun muhimligidan bexabar.
Ayrim mamlakatlarda sunʼiy ozuqalarni reklama va targʻib qilishga doir yetarli cheklovlar oʻrnatilmagan. Ona suti bilan parvarishlashni qoʻllab-quvvatlash mexnazmlari ishlab chiqilmagan. Bu borada doimiy monitoring dasturlari mavjud emas. Mehnat qonunchiligida belgilangan — xodimga emizish boʻyicha tanaffuslar berish kabi normalarga rioya etilishi nazorat qilinmaydi.
Butunjahon ona suti bilan oziqlantirish haftaligi davomida 7-avgustga qadar ushbu masalalar ham muhokamalar markazda boʻlishi kutilmoqda.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
167
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
157
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
361



