Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


20.01.2025 | 18:20

img2074

“SHUHRAT” GAZETASI

“Taraqqiy” va “Xurshid” hukumat tomonidan to‘xtatilgandan so‘ng taniqli ziyoli Abdulla Avloniy “Shuhrat” nomida gazeta chiqarishga ruxsat oldi. Uning birinchi soni 1907-yilning 1-dekabrida dunyo yuzini ko‘rdi. 8 soni to‘rt sahifa, 9-, 10-sonlari olti sahifali bo‘lib chiqqan. Adadi 1000 nusxa atrofida bo‘lgan.

O‘ninchi sonidan so‘ng bu gazeta hukumat tomonidan yopilgan. Gazetaning yopilishiga uning tahririyatida tatarlarning ishlagani ham muayyan sabab bo‘lgan (chor ma’murlari Turkistonga kelgan tatarlar mahalliy aholiga inqilobiy ta’sir ko‘rsatadi, deya xavfsirashgan, shu bois ularni muttasil kuzatib borishni oxrankadan talab qilishgan). Muharririyatda ishlayotgan Rafiq Sobirov hamda Ahmadjon Bektemirov ismli tatarlar gazeta nashr qilish ishida Abdulla Avloniyga ko‘p jihatdan yordam berganlar.

Gazetaning birinchi sahifasida (nomining pastida) payg‘ambarimizning “Talab qiling ilmni Chin mamlakatida o‘lsa ham” degan o‘gitlari o‘zbek va arab tillarida yozib qo‘yilgan. Bu bilan mazkur gazeta ilm-ma’rifat masalalariga alohida e’tibor berishi ta’kidlangan. Shuningdek, gazeta maslagiga zid bo‘lmagan har xil fanniy, fikriy va axboriy maktublarni mamnuniyat bilan qabul qilishini, ularning tas’hehi, ya’ni tahriri esa muharrir ixtiyorida bo‘lishini bildirgan. Darhaqiqat, “Shuhrat” faoliyati davomida bu talabiga qat’iy amal qilgan. Tahririyat gazetaning yo‘nalishini ko‘rsatuvchi qaydni ham mushtariylarga ma’lum qiladi: “Hozirda haftada bir, tezdan 2 martaba chiqadurg‘on milliy, adabiy, fanniy, maoshiy (tirikchilikka oid) va siyosiy gazetai turkiyadur”. Gazeta bu ta’kidlaridan bittasinigina bajarolmaydi, ya’ni va’da bergan bo‘lsa-da, haftasiga ikki martadan nashr bo‘lolmadi: uning birinchi soni 1907-yilning birinchi dekabrida chiqqan bo‘lsa, oxirgi – 10-soni 1908-yilning 14-fevralida chop qilingan (ikki yarim oylik muddatga 10 ta son to‘g‘ri keladi).

“Shuhrat”da jadidlarning fikr va g‘oyalari yorqin aks etgan. Uning sahifalarida maktab va madrasalarni isloh qilish, turmushda uchraydigan salbiy hodisalarga barham berish, ilm-fanni tashviq va targ‘ib etish, qadimchilarni, ya’ni eskilik tarafdori bo‘lgan ulamolarni tanqid qilish, ichki Rossiyadagi, qolaversa, xorijdagi dindosh va qavmdoshlari bilan munosabat o‘rnatish va o‘zaro yordamda bo‘lish, milliy ittifoq va hamjihatlikka erishish, jamiyati xayriyalar tuzishga muvaffaq bo‘lish kabi g‘oyalar o‘z ifodasini topdi. Garchi gazeta siyosiy betaraflik yo‘lini tanlagan bo‘lsa-da, uning ayrim materiallarida bu nuqtayi nazar “hududi”dan chiqib ketilgan hollar uchraydi.

Tahririyat o‘z nashrining yo‘nalishini shunday bayon qiladi: “… g‘azetamizni(ng) maslaki: milliy, betarafi siyosiy o‘lub umerenno-progyessivnaya politicheskaya” g‘azetadir”. Agar bu masalaga zid fikr bo‘lsa, muallifning kim bo‘lishidan qat’i nazar gazeta u fikrni o‘tkazmagan. Jumladan, “Shuhrat”ning 9-sonida Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Ta’mini istiqbol” sarlavhali maqolasi bosilarkan, unga ajratilgan joyning muayyan qismi “Maqolaning bu yeri g‘azeta maslakina muxolif o‘ldig‘indan bosilmadi” degan qayd bilan ochiq qoldirilgan.

“Shuhrat” ham “Taraqqiy” va “Xurshid” kabi maktab va madrasalar islohiga bag‘ishlangan materiallarni muntazam yoritib bordi. Uning 1908-yil 23-yanvar sonida “Xo‘qandli” imzosi bilan “Turkiston maktablari” sarlavhali maqolasi bosildi. Unda muallif hozir ko‘pchilik turkistonliklar usuli jadid ta’limi deganda, asosan, ibtidoiy (boshlang‘ich) maktablarni tushunadi. Holbuki, bu usulda ta’lim berish madrasalargacha bo‘lgan o‘qitish tizimini ham ichiga oladi, deydi. Buning yorqin misoli ichki Rossiyaning Ufa, Qozon, Orenburg va Buba shaharlaridagi madrasalarda darslar usuli jadida bilan o‘qitilayotgani. “Xo‘qandli”ning fikricha, Turkistonda ham bosqichma-bosqich bu tizimga o‘tish kerak. Eng avvalo, ibtidoiy maktablarni har jihatdan mustahkamlash lozim: binosiga, muallimiga e’tibor qaratish darkor. Maktab va madrasalarga e’tibor beradiganlar esa, mansab va moddiy jihatdan qo‘li uzun bo‘lgan kattalar va boylar. Shu bois muallif ularga murojaat qiladi: “Zar yoqali to‘n va medal olmoq uchun qilg‘on g‘ayrat va himmatlaringizning o‘n hissadan birg‘ina hissasini bo‘lsa ham, millatka va millat bolalariga sarf qilingiz!.. maktablar bino qilib, yaxshi muallimlar ketirib, millat bolalarining nodon va ahmaq bo‘lub qolurlaridin xalos qilungiz!” (Muallif mahalliy millatdan chiqqan amaldor va boylarning mustabid hukumat tomonidan zar yoqali to‘n va medallar bilan mukofotlanish uchun ularga o‘lib-tirilib xizmat qilishlarini o‘z o‘rnida shama qilib o‘tgan).

Mahmudxo‘ja Behbudiy hazratlarining “Ta’mini istiqbol” maqolasida turkistonlik yoshlardan xorijdagi oliy o‘quv yurtlarda mutaxassislar tayyorlash masalasi ko‘tarilgan bo‘lib, unda konkret takliflar o‘rtaga tashlangan. Gazetaning 1908-yil 14-fevral sonidagi “Holimizga doir” sarlavhali sharhda esa Toshkent madrasalaridan birida tahsil olayotgan talabalarning o‘zlariga ta’lim berayotgan mudarrislari haqida yozgan maktubi sharh qilingan. Maktubda yozilishicha, mudarrislar shogirdlarni talashishib, “Bu meni shogirdim, u sening shogirding”, deb bo‘lib olishgan, har bir mudarris “o‘ziniki” deb hisoblagan shogirdning boshqa mudarrislarning darsga borishiga mone’lik ko‘rsatadi, mabodo borganini bilib qolsa shogirdini “oq” qiladi. Talabalar bunday holda nima qilishlari lozimligi yuzasidan maslahat so‘rashgan. Tahririyat ularga bu savolga xolis javob olish uchun mudarrislik qilmagan muftidan so‘rash kerak deydi. Ayni paytda, ularga taskin berib, bunday mojarolarga e’tibor qilmaganlar, sizlar uchun hozircha eng yaxshi yo‘l – mukammal bilan olish, mudarrislar uchun esa eng a’lo maslahat – yoshlar orasiga nizo solmaslik, ularni ittifoqlikka o‘rgatish, degan. Shuningdek, gazetaning mazkur sonida “Maktablar nizomi va musulmonlar” sarlavhali maqola bosilgan bo‘lib, unda maktab va madrasalarning o‘qitish jarayonini tashkil qilishda nizom va dasturlarning ahamiyati haqida fikr yuritilgan. “Shuhrat”ning 6-, 8- va 10-sonlarida “Qay joyda o‘qutamiz?” sarlavhali material bosilgan bo‘lib, unda joylardagi maktab va madrasalardagi ahvol konkret misollar vositasida tasvir etilgan.

“Shuhrat” gazetasi johil va manfaatparast ulamolar, eshonlar, imomlar to‘g‘risida deyarli har bir sonida yozib borgan. Gazetaning 1908-yil 23-yanvar sonida bosilgan “Raddiyami, hujummi” sarlavhali maktubda aksari imomlar muallimlik ham qilishlari (xususan, qishloq joylarda), bironta to‘y yoki ta’ziya bo‘lib qolsa, imom-muallim u yerga borib, shaxsiy manfaati yo‘lida bir necha kunlab qolib ketishi natijada bolalarning o‘qishida uzilishlar sodir bo‘layotgani haqida so‘z yuritilgan. “Shuhrat”ning 10-sonida Toshkentdan M.H. imzosi ostida yozilgan maktubda bir mahalladagi layoqatli, valisifat eshon vafot etgach, uning “safohat ko‘chasida yurgan” o‘g‘li vorisiylik tartibida eshonlik da’vosi bilan chiqqani, holbuki bu masnadga u mutlaqo noloyiqligi haqida yozilgan. Bu maktubni sharhlarkan, gazeta tahririyati “Ey murid afandilar, eshonlik, pirlik degan narsalar otadan meros qoladurg‘on yoki yolg‘uz salla-chopon kiyub, semirib, yaxshi otg‘a minub “man eshonman” deb da’vo qilmak ila hosil o‘ladurg‘on narsalardan emasdur”, deya ta’kidlaydi.

Gazeta xalqaro ahvolga oid voqealarni yoritishga ancha e’tibor bergan. Gazetaning 7-sonidagi “Fos masalasi”, 9-sonidagi “Siyosat olami” sarlavhali maqolalar xalqaro ahvolni sharhlashga bag‘ishlangan. Garchi gazeta siyosiy masalalarni yoritganda betaraflik, “mo‘tadil nuqtai nazarda turishi”ni bildirgan bo‘lsa-da, Marokashda mustabid fransuz armiyasiga qarshi kurashda hukumat rahbarining ukasi Mavlo Hofiz qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatlar to‘g‘risida yozarkan, gazeta unga bo‘lgan xayrixohligini yashirolmaydi. “Siyosat olamida” sarlavhali sharhdan esa, siyosat kartasidagi chalkashliklar, siyosiy jarayondagi mavhumlik, davlatlarning bir-birlaridan xavfsirashlari kabi manzarani yaqqol tasavvur qilish mumkin. Gazeta, garchi aniqmol-udirmasa-da, rus-yapon urushida Yaponiyaning qozongan g‘alabasi Rossiyaga kuchli zarba bo‘lganidan mamnunligini his etish qiyin emas. Bu g‘alaba Yaponiyaning xalqaro nufuzini oshirib yuborganini, koloniyalarining tortib olinishidan xavfsiragan Yevropa davlatlari Yaponiyaga “do‘stlik” izhor qilayotgan-iklari, “N-voye vremya” gazetasining taxminicha, Yaponiya endi Vladivostokdan Baykal ko‘llarigacha zabt qilishni mo‘ljallayotgani, Yaponiya elchisining biz tinchlik istaymiz, degani, bu esa mazkur davlatning urush olib borish rejasi yo‘qligini anglatishi, Xitoyning Sibirni egallab olish niyatiga Yaponiyaning kuchli to‘siq bo‘lishi mumkinligi haqida muallif go‘yo betarafona so‘z yuritadi. Germaniyaning Turkiya bilan Rossiya orasida urush chiqarishga zo‘r berib urinayotgani, agar bunday to‘qnashish sodir bo‘lsa, Rossiyaning yengilishi muqarrar ekanligi to‘g‘risida go‘yo jahon matbuoti materiallari asosida yuzaga kelgan “mish-mish”lar haqida yozarkan, gazeta bu siyosiy alg‘ov-dalg‘ovlardan Turkiston uchun yaxshi kunlar tug‘ishini umid qilgani satrlar “orasidan” sezilib turadi.

“Shuhrat”ning 7-sonida bosilgan “Ochlarga yordam” sarlavhali maqolada ham dindosh va qardoshlarga bo‘lgan yaqinlik munosabati oshkora bildirilgan. Tatar, boshqirdlar yashaydigan Orenburg, Samara, Simbir, Qozon, Ufa guberniyalaridagi ochlikdan qiynalayotgan qardoshlarga iona to‘plash vazifasini o‘z zimmasiga olgan gazeta publitsistikaning ta’sirli vositalaridan foydalanishga uringan. “Bu ochlarning bir qismi, albatta, musulmon dindoshlarimizdurlar. Chunki ko‘b vaqtda ochlikning boisi xalqni(ng) hunarsizlik va harakatsizligi, “jon bergan xudo, albatta, non ham berur”, deb osmong‘a qarab yotmoqliki o‘lur. Bu nuqson esa, boshqa millatlardan ko‘ra, musulmonlarda ko‘broq edugi, shubhasizdur… Ey dindoshlar! Agar ko‘nglingizda zarracha rahm va shafqatingiz bor esa, ochlik jafosidan ranglari sarg‘ayub, bag‘irlari ezilub, badanlarida faqat quruq suyaklari qolg‘on qarindoshlaringizga yordam qilingiz”, deya gazeta mushtariylarining his-tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsatmoqqa harakat qiladi.

Gazeta Davlat dumasining majlislaridan, xususan unda musulmon fraksiyasi a’zolarining chiqishlaridan mushtariylarini doimiy suratda xabardor qilib bordi.

“Shuhrat” 9-sonidan boshlab 6 sahifali bo‘lib chiqqach, “qismi adabiy” tashkil qilgan. Bunday qism milliy gazetalarimizda birinchi marta paydo bo‘lishi. Undan Tursunxo‘ja Homidxo‘ja o‘g‘li, Abdulla, mulla Qo‘shoq o‘g‘li Miskinlarning she’rlari joy olgandi.

Gazeta “Ittifoqi muslimiyn” firqasining majlislari haqida xabarlar, unda muhokama etilgan asosiy masalalar yuzasidan sharhlar berib bordi.

“Shuhrat”da bosh maqola (umuman, ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishdagi maqolalar)dan tashqari, ichki va tashqi xabarlar, Toshkent xabarlari, fanniy xabarlar, feleton, maktublar, tahririyat javoblari ruknida materiallar yoritilgan. Tahririyat gazetaga ilova tarzida ikki oyda bir marta broshyura chiqarib turishni rejalashtirgan. Lekin harf va harf teruvchilarning yetishmaganligi tufayli bu rejasini amalga oshirilmagan. Broshyurada e’lon qilinishi mo‘ljallangan materiallar gazetaning qo‘shimcha maydoni (4 sahifa o‘rniga 6) yuzaga kelgach, shu sahifalarida chop etilgan.

10-soni chiqqach, “Shuhrat” hukumat tomonidan to‘xtatildi. Tahririyat buni oldindan sezgan shekilli, gazetaning 10-sonidagi “Toshkent xabarlari” qismida “Donus nima?” dyegan materialni bosgan. Unda “Eshitilmish xabarlarga qarag‘onda, o‘z musulmonlarimizdan ba’zi donuschi namom (chaqimchi)lar paydo bo‘lub, g‘azetamizdan nachalstvom donus qilmak fikrida, balki qilg‘on emishlar”, deb mushtariylarini ogoh qiladi. So‘ng chaqimchilik haqida shunday yozadi: “…dunyo va oxiratda qaro yuzlik, din va diyonatdan zarracha xabari o‘lmag‘on millat miqrubi (mikrobi) va din dushmani shul kishidirki, o‘zi musulmon ismin ko‘tarib yurgoni holda, musulmonlarni dunyo va oxiratda saodatmand o‘lmaklarining orzusida molu jonin fido qilg‘uvchi va bu yo‘lda og‘ir mashaqqatlar tortub xizmat qiluvchi gazeta yozuvchilarni qorshusina (ziddiga) harakat qilub, bulardan nachalstvog‘a donus qilur. Bu ta’na gazeta tahririyatining chaqimchilarga aytishi mumkin bo‘lgan so‘nggi gapi edi.

Toshkent shahar 3-uchastka pristavi 1908-yilning 16-fevralida Abdulla Avloniydan “Shuhrat”ning butunlay to‘xtatilgani to‘g‘risida tilxat oladi. Ayni paytda, muharrir pristavga gazetaning 1-sonidan 10-sonigacha tahririyatda qolgan 1803 nusxasini, “Shuhrat”ni olayotgan 252 obunachining ro‘yxatini ham topshiradi. Xuddi shu tarzda “Shuhrat” bosilgan matbaaning egasi V.Ilindan ham gazeta to‘xtatilganidan ogoh bo‘lganligi haqida tilxat olingan. (O‘zDMA, 461-jamg‘arma, 1-ro‘yxat 57-saqlanish birligi, 611 – 612-varaqlar.)

“OZIYO” gazetasi. “Shuhrat” gazetasi hukumat tomonidan yopilgandan so‘ng Ahmadjon Bektemirov muharrirligi va noshirligida (aslida, “Shuhrat”ning mablag‘iga) chiqqan gazeta. Birinchi soni 1908-yilning 9-aprelida nashr qilingan. Yo‘nalishi va maslagiga ko‘ra “Shuhrat”ning izdoshi bo‘lgan. Har ikkala gazetada ham deyarli bir xil mualliflar ishtirok etishgan. Chor oxrankasining allaqachondan beri e’tiborida bo‘lgan A.Bektemirov gazetani uzoq vaqt chiqarolmadi: besh sonidan keyin hukumat tomonidan to‘xtatildi.

Boybo‘ta DO‘STQORAYEV
“O‘zbekiston jurnalistikasi tarixi” kitobidan

“TARAQQIY” GAZETASI

“XURSHID” GAZETASI


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596