Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


15.01.2025 | 12:26

img1507

 “XURSHID” GAZETASI

Munavvarqori yuqorida zikr etilgan nashrlar faoliyatida ishtirok etib, muayyan tajribaga ega bo‘lgach, o‘zi gazeta chiqarish uchun ruxsat olishga erishadi. Shu tariqa, 1906-yilning 6-sentyabrida uning noshirligi va muharrirligi ostida “Xurshid”ning 1-soni dunyo yuzini ko‘rdi.

“TVG”ning 1906-yil 27-avgust sonida berilgan e’longa ko‘ra. “Xurshid”ni chiqarishda Munavvarqorining “sherik va muovini Fansurullobek Xudoyorxonuf va Muhammad Rahimxo‘ja Nuriddinxo‘jayuf va mulla Ziyo Oxun mudarris”lardur. Gazeta o‘zi haqida quyidagicha ma’lumot beradi: “Hozirda haftada bir bor, tezdan 2-3 bor chiqadurgon ilmiy, adabiy, siyosiy, maishiy turkcha jaridai islomiyadur”. “Xurshid” A-2 formatda sakkiz sahifali bo‘lib chiqdi. Uning 2-sonidagi “Toshkand, 14-sentyabr” sarlavhali bosh maqolasida (tagiga “Sababi tulu’ “Xurshid” kichik sarlavhasi qo‘yilgan. “Xurshid”ning, ya’ni quyoshning chiqish sababi, degan ma’noni beradi.) nashrning maslagini muallif Fansurullobek shunday bayon qilgan:

“…birinchi, biz Turkiston ahlini maktab-madrasalarimizdag‘i o‘quladurgon dars kitoblarimizni(ng) keraklarini olib, nokeraklarini tag‘yir bermoq (o‘zgartirmoq) uchun hurmatlik ulamoi zulehtirom, talabai kiromlarimiz bila qilg‘on mashvarat (kengash)larimizni bayon etib turur;

Ikkinchi, biz ahli Turkistonni ba’zi osori xayriya to‘g‘risinda beparvolikimiz oz emas, ko‘bg‘inadur. Jamiyat bila ish qilmoqg‘a xalqimizda ittifoq yo‘q, balki ittifoq bo‘lmoqg‘a iloj ham yo‘q, degan fahmi nosavobimiz bor, bu fahm, bu uzri behudamizni(ng) mahz (faqat) xatodan boshqa bir shiy (narsa) emaslig‘ini dalili aqliy va naqliy bila isbot etib, jamiyati xayriya mas’alasini maydona qo‘yur;

Uchinchi, biz Turkiston ahlini ko‘blari Peterburxdan, O‘runburg‘dan, Bokudan, Qazondan, Boqchasaroydan keladurgon mo‘tabar g‘azetalarni so‘yladuklari turkiy tillari shevalariga tushunmaslar. Aksar ul muhtaram g‘azetalardag‘i yozilg‘on foydalik nasihatlardan, ma’qulalardan bebahra qoladurlar. Balki fahmlamay, bir oz joni azizlari-da siqilur. Emdigi holda ul go‘zal nasihatlar, ma’qulalarni “Xurshid” g‘azetasi chig‘atoyi turkiy (o‘zbek) tili shevasinda yozib hama xaloyiqg‘a anglatur.

Beshinchi, Rusiyaning mo‘tabar g‘azetalaridan, ro‘zona (kunduzgi) telegromlaridan, xorijiya davlatlarni(ng) ham mo‘tabar g‘azetalaridan olib ul g‘azetlarni ichindag‘i har xil ibratlik hikoyalar va dilkash voqealar, ilm-fan, hunarg‘a, naf’i ommaga keraklik nasihatlarni turkcha tarjima etib, hama dindoshlarg‘a bildirur.

Oltinchi, xoh ulamo va xoh talaba va xoh eshon va xoh boydan va xoh fuqarodan shariatg‘a nomuvofiq, dindoshlarimizha ziyon bo‘ladurgon ish sodir bo‘lsa, haqiqati subutga yetsa, ikkinchi daf’a voqe’ o‘lmasun deb imkoni boricha man’i (taqiqi)ga ko‘shish qilur.

Yettinchi, millatimizni dunyoda va oxiratda davlat va saodatlariga bois bo‘ladurgon ilm va maorif targ‘ibiga haqqona, xolisona, beterafona nasihat qilmoqda, nihoyat g‘ayratda bo‘lur”. Fansurullobek gazetani milliy “chigil”larimizni, ya’ni muammolarimizni yechadigan vosita deya ta’riflaydi.

Gazeta o‘sha davrda Turkistonni mustaqillikka olib chiqish uchun ijtimoiy faoliyat sahnasiga chiqqan jadidlarning fikrlarini, g‘oyalarini xalqqa yetkazish uchun minbar vazifasini bajardi. Shu bois uning sahifalarida maktab va madrasalarni isloh qilish, mahalliy aholi turmushidan o‘rin olgan nojoiz, ortiqcha rasm-rusmlarga barham berish, milliy zulm, mustabidlikning nima ekanini anglatish kabi masalalari yoritildi. Milliy birlik, milliy uyushqoqlikni targ‘ib qildi.

Olaylik 3-sonidagi “Toshkend, 21-sentyabr” bosh maqolasini. Uning qisqacha mazmuni ushbudir: Bizni Alloh islom millatiga mansub qilib, boshqalardan mukarram va musharraf ayladi, hamma payg‘ambarlarning sarvari Muhammad alayg‘issalomga ummat qildi. Bizga Qur’oni karimni yubordi. Shunday bo‘lgach, biz nima uchun Alloh buyurgan yo‘lni kerak darajada tutmayapmiz? Nima uchun payg‘ambarimiz, uning xalifalari, sahobalari ko‘rsatganlarida sobitqadam emasmiz? Nega shariatga to‘la amal qilmay, boshqa millatlar nazarida dini sharifimizni xor va zalil suratda ko‘rsatayapmiz? Bu savollarga javobni gazetaning o‘zi izlaydi. Bularning sababi, deydi u boshqa millatlar ilmli, ma’rifatli, biz esa hamon g‘aflat uyqusida, jaholatdamiz. Nega, bizda iste’dod, qobiliyat yo‘qmi? “Bilganlar ila bilmaganlar barobar bo‘lmaslar” degan oyati karima mazmunini nazari mulohazag‘a olib turib, o‘z holimiz ila ko‘z oldimizda turgon rus hamsoyalarimizni(ng) holini muqobila qilsak, har bobda bulardan kamlig‘imiz va bular bizg‘a xo‘ja, bizlar bularg‘a qul suratda yashag‘onimizni sababi zamonag‘a muvofiq ulum (ilmlar) va maorifdan mahrumligimiz edugini har birimiz iqror va e’tirof qilurmiz… Bu istibdod bizni boshimizg‘a ne qaro kunlarni soldi”. Hol shunday ekan, biz “u kerakmas, bu kerakmas” o‘rniga nega “kerak, kerak” demaymiz? Shunday bo‘lishi uchun yuzaga kelgan hurriyatdan (17-oktyabr manifesti nazarda tutiladi.) foydalanishimiz kerak. Bizning shariatimiz bor bo‘lgani holda qozilarimiz shariat ahkomlariga emas, “Folojeniya” (Polojeniye”, chor hukumatining Turkiston o‘lkasini boshqarish yuzasidan chiqargan qonuni)ga bo‘ysunishga majbur. “Dumaxona aqchasidan ruslar uchun zo‘r-zo‘r diniy maktab va madrasalar ochildi. Ammo musulmonlar uchun hech bir diniy maktab va madrasalar ochilmas, ochilganlari ham yolg‘uz ruscha o‘qitmak uchun ochildi”. Agar ularda imtihon uyushtirilsa, faqat ruschadan bo‘ladi. Rus nozirlari musulmonchani bilishmaydi, shu bois musulmonchadan olingan imtihon imtihon sanalmas. “Vaholanki, dumahonag‘a musulmonlar ruslarg‘a ikki barobar aqcha to‘lamaklari har kimni ma’lumidir (gap duma qaror bilan maorifga taqsim qilinishi kerak bo‘lgan davlat byudjeti ustida ketyapti. Byudjet soliqlardan yuzaga keladi. Musulmonlarning soni ko‘p bo‘lgani uchun ular to‘laydigan soliq miqdori ham ikki baravar ortiq, degan ma’noda). Bas, na uchun musulmonlar ham o‘zlariga maxsus bir maktab yo madrasa ochub, boshqa mamlakatlardan ta’lim va tadris (dars berish) ishlariga lozimincha muqtadir (kuchli) muallimlar kelturub alarni vazifalarini (maoshlarini) dumaxona aqchasidan berilmaslar?.. Yoki musulmonlarni aqcha to‘lamakda haqlari o‘lub, o‘z foidai diniyya va dunyoviyyalariga sarf etmakda haqlari yo‘qmu? Xayr, afandilarim. Bu xususlarda musulmonlarni haqlari ruslar ila barobardir. Lekin bu haqlarini talab qilmoqg‘a musulmonlarni tillari yo‘qdur. Chunki bir so‘zni tilg‘a olmoqg‘a avvalan dilg‘a kelturmak kerak. Dilg‘a kelturmak esa ul ishni foyda va zararini farq qilmoqg‘a mavqufdur. Foida va zararni farq qilmoq esa, zamonag‘a muvofiq ulum va funundan xabardor o‘lmag‘uncha hosil bo‘lmasligi tabiiydur”. Maqolada modomiki, biz telegramma, temir yo‘l, pochta, lampa chiroq va kitoblar bosish kabi yangiliklarni qabul qildikmi, zamonaviy ilm va fanlarni ham qabul qilishimiz, ya’ni o‘rganishimiz lozim, deyiladi.

Gazeta zamonaviy ilm-fanni egallash lozimligini aholiga shu tariqa sodda, ayni zamonda, mantiqqa asoslangan holda tushuntiradi. Bunda din omilini ham hisobga olmaslik mumkin emasdi. Shu bois “Xurshid” deyarli har bir maqolasida ilgari surilgan masalaning islom dini nuqtai nazaridan maqbulligiga alohida to‘xtalgan.

Gazeta musulmonlarning zamonaviy ilm-fandan bexabarligi, Rossiya qonunlarini bilmasligi oqibatida turli sohalarda mustabidlarning “kaltagi”ni yeyishayotgani to‘g‘risida alam bilan yozadi. Chunonchi, gazetaning 3-sonidagi “Hajjoji muslimin” sarlavhali materialda “Russkoye obщestvo” paroxodchiligi hajga boruvchi musulmonlarning boshiga bitgan balo bo‘lganini tafsiloti bilan beradi. Paroxodchilik jamiyati musulmonlarga kema ajratishi kerak bo‘lgan kuni va’dalarining ustidan chiqmagan, oqibatda hajga boruvchilarni Yunoniston kemasiga to‘ldirib jo‘natishgan vaqtlar bo‘lgan. Kema boshlig‘ining amri bilan namoz o‘qimoqchi bo‘lgan musulmonlarga joy ajratilmagan. 5 so‘mdan pul berilmasa, pasportlariga viza belgisi qo‘yilmaydi, deb har bir hajga boruvchidan oshiqcha pul yig‘ishgan vaqtlari ham bo‘lgan. Ming hojidan pul yig‘ilib, oshiqcha besh ming so‘m paroxodchilik jamiyati rahbarlarining cho‘ntagiga tushgan. Sevastopolga borishga majbur bo‘lgan hajga boruvchilar bu yovuz jamiyatning changalidan qutulishga choralari yo‘q. Agar ular Odessa orqali jo‘nashsa, bu ko‘rgiliklar bo‘lmas. Odessadan Istanbulgacha bilet haqi 5 so‘m. Istanbuldan Jiddagacha 30 so‘m. Jami 35 so‘mdan oshmas. Agar hajga boruvchilar shu yo‘lni Sevastopol orqali bosib o‘tishsa, 100 so‘mga tushishadi… Xullas, mustabidlar musulmonlarning cho‘ntagini shilish uchun har qanday razillikdan toyishmaydi. Aslida, bular milliy zulmning ko‘rinishlari edi. Gazeta millatdoshlarini mana shunday zulmdan himoya qilishga urindi.

“Xurshid”ning 10-sonidagi “Toshkand, 12-nchi no‘yabr” sarlavhali bosh maqolada muallif Fonsurullobek 2-Davlat dumasi ochilishi yaqinlashgan munosabati bilan unga vakillar saylash muammosi haqida so‘z yuritgan. Davlat dumasi jiddiy siyosiy muassasa bo‘lgani uchun unda mulohaza, o‘ylab gapirish talab qilinishi ta’kidlangach, Turkistonda qanday kishilarni vakil saylash masalasi o‘rtaga tashlanadi. Dumaga “yuboriladigan vakillarimiz kerakki shariat ilmidan, siyosiy, ya’ni sipohigarchilikga tegishli tadbir ilmidan voqif, ahvoli zamondan boxabar, ruscha tilni yaxshi biladurgon ma’lumotlik zotlardan” bo‘lishi lozimligi eslatiladi. Bu xislatlarning hammasini o‘zida jamlagan shaxslar kam topilishi mumkinligi uchun muallif har bir shahar va uyezdda mamlakatning a’yonlari, ya’ni ulamosi, boyi va boshqa arboblari yig‘ilishib, muayyan yerda mashvaratxona ochishib, oralaridan bir kishini rais saylashib, so‘zlovchilar navbatma-navbat, tartib bilan gapirishib, savol-javoblar vositasida din va shariatimiz, podsholik boj va xirojlari, “Polojeniye”ning qaysi boblari fasxini (bekor qilinishini) tilab arz etish, masjid, maktab va madrasalarimizning vaqflari, qonunlar bo‘yicha isloh talab qilinishi mumkin bo‘lgan masalalar, boshqa kam-ko‘stlarimiz aniqlanib, ularning majmui bir kitobcha holida jamlansa, deydi. So‘ng ikkinchi bor Toshkentda yig‘ilishib, bu yerda ham maslahatlar qilishib, muammolar majmui moddama-modda muhokama etilsa, xato fikrlar isloh etilib, Davlat dumasiga olib chiqilishi mumkin bo‘lgan muammo va masalalarning ro‘yxati yana bir karra ko‘zdan kechirilsa. So‘ng “himmatlik, g‘ayratlik, diyonatlik, insoflik, millat foydasini o‘z foydasidan afzal ko‘radurgon, millat uchun mol-jonin darig‘ tutmaydurgon va ruscha tilni yaxshi biladurg‘on zotlardan vakil saylab va ul tartib berilmish kitoblardan vakillarg‘a topshirub, lozim bo‘lsa, ahd etdurub, lozim bo‘lmasaahd etdurmay, hama xaloyiq ta’kid ila aytsalarku, bu daftarg‘a yozilmish moddalarni imkoni boricha harakat qilib, mumkin bo‘lsa, o‘rung‘a kelturub kelsangiz” deb, so‘ngra ular Peterburgga yuborilsa… degan taklif kiritiladi. Darvoqe, mahalliy xalqda mamlakatning ichki va tashqi siyosati yuzasidan, xalqaro ahvol bo‘yicha savod yetarli emasdi. Shu bois gazeta bu borada muntazam materiallar berib borishni mo‘ljallagani seziladi.

Gazetaning 9-sonidagi bosh maqola “Kred jazirasining Yunona taslimi” deb atalgan. Unda mazkur orolning Turkiya ixtiyoridan chiqib Gretsiyaga qo‘shilishi masalasini mushtariylarga tushuntirish maqsad qilib qo‘yilgan: Qohirada chiqadigan “Turk” gazetasining ushbu masalaga oid maqolasi tabdil qilib bosiladi. Bu mahalliy aholining siyosiy savodxonligiga gazeta katta e’tibor berishni muhim vazifa deb bilganligidan dalolat beradi. Shu bois undagi xalqaro hayotga oid materiallar “TVG”da bosilgan xabarlardan mohiyatan tubdan qiladi.

Mahmudxo‘ja Behbudiy “Xurshid”ning 11-oktyabrda chiqqan 6-sonida “Xayrul umuru avsatuho” sarlavhali maqolasini e’lon qilib, unda mahalliy aholiga 17-oktyabr manifestidan keyin paydo bo‘lgan (yoxud oshkora holatga chiqqan) partiyalar to‘g‘risida tushuncha berishga uringan.

“Xurshid” gazetasi mahalliy xalqning soddaligi, aksarisi ilmsizligidan foydalanib, shaxsiy boylik ortirish yo‘lida hech narsadan toymay, hatto din nomidan ham foydalanayotgan kimsalarni fosh qilishga jasorat etdi. Gazetaning 3-sonida “mulla Gustox Buxoriy” imzosi ostida “Yig‘arlar poraye bo‘yni yo‘g‘onni, solurlar o‘rtag‘a qizu juvonni” sarlavhali tanqidiy material bosilgan. Unda toshkentlik bir bangi eshonning o‘zini johil ayollar nazarida Bahovuddini soniy (ikkinchi Bahovuddin) ko‘rsatib, ularning hojatlari ijobati uchun riyokorona “kuf-suf” qilishi, shu “xizmati” evaziga pul, qimmatbaho ashyolar olishi yozilgan. Eng qabih tomoni shundaki, eshonning hovlisi atrofi va ichida barzangidek bangi erkaklar ayollarga behayo gap tashlab ularni yo‘ldan urishga harakat qilishadi. Bu holni ko‘rib turib hech kim “g‘in” demaydi.

Gazeta mahalliy xalq turmushidagi dolzarb, og‘riq muammolarni dadil ko‘targani uchun tezda ommalashdi. Turkistonning turli burchaklaridan tahririyatga maktublar kela boshladi. Mushtariylar o‘zini o‘ylantirgan, qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan bildirishga intilishardi. “Xurshid” asta-sekin fikrlar bildirish maydoniga aylana bordi. Mushtariylar biron-bir masala yuzasidan bahslashishga kirishadigan bo‘ldilar. Gazetaning 9-sonida Qo‘qondan Ahlilla bin Xayrulla tahririyatga maktub yo‘llab, Turkistonda gado va tilanchilarning ko‘payib ketishining sabablarini va bu milliy illatni yo‘qotish yo‘llari yuzasidan mulohazalarini bildiradi. Bu maktubga gazetaning 10-sonida “Toshkend kishisi”ning javobi bosilib, u Ahlilla bin Xayrullaning ayrim fikrlariga qo‘shilganini, ayrimlariga esa qo‘shilmaganini yozib o‘z mulohazalarini bayon etgan, u bilan bahslashgan.

“Xurshid” gazetasida ijtimoiy mavzudagi maqolalardan tashqari “xorijiya xabarlari”, “axbori doxiliya”, “telegraf xabarlari” ruknlari ostida materiallar, sheningdek, tahririyatga maktublar, idoradan javoblar bosilgan. Gazeta Rossiya va xorijda chiqayotgan gazetalardan olib xabarlar, maqolalar ham chop etgan.

Mazkur nashr mahalliy aholining ko‘zini ochishga, ularga o‘zligini anglatishga, mustabidlikning mohiyatini ochib tashlashga harakat qildi. Bu, tabiiyki, kolonizatorlar nazaridan chetda qolmadi. Yana shu “TVG” muharririning “tashabbusi” tufayli “Xurshid” 10 soni chiqqach, 1906-yilning 16-noyabrida hukumat tomonidan to‘xtatildi.

Boybo‘ta DO‘STQORAYEV
“O‘zbekiston jurnalistikasi tarixi” kitobidan

“TARAQQIY” GAZETASI


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596