Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.04.2024 | 10:40

img311

AFSONA EMAS, SABOQ

Tarix afsona emas, unda millatning asrlar qaʼridagi kechmishi, moziy sabogʻi mujassam. “Tarixiy xotira beqiyos” nomli kitobni mutolaa qilib, mustabid tuzum davrida xalqimiz boshiga tushgan ogʻir kunlardan xabar­dor boʻlamiz. 

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh proku­­ra­turasi tomonidan chop etilgan ushbu kitobda qatagʻon yillarida nohaq sudlangan, oʻlim jazosiga mahkum qilin­gan qirq nafar prokuratura xodimi haqida maʼlumotlar berilgan. Ularning hayot yoʻllari, faoliyati arxivlarda saqlanayotgan manbalar, tegishli hujjatlar orqali oʻrga­nilgan. Kitobni tayyorlashda nafaqat arxiv­lardan, balki qatagʻon qilingan proku­ratura xodim­larining avlodlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlardan ham foydalanilgan. 

Kitobni mutolaa qilar ekanmiz, qatagʻon qurbonlarining aksariyati xorijda tahsil olgan, xalq orasida hurmat-eʼtibor qozongan, yuksak bilim va iqtidorga ega insonlar ekaniga guvoh boʻlamiz. Millat oydinlari jamiyatni tanazzulga yetak­lovchi illatlar, taraqqiyotga toʻsqinlik qilayotgan muammolarga eʼtibor qaratgan. Bu muammolar orasida ayollar­ning ijtimoiy hayotdagi oʻrni, ularning taʼlim olishi, huquqlari, qozilik sudlarining notoʻgʻriligi, jinoyat kodeksining qaytadan koʻrib chiqilishi kabi masalalar bor edi.

Kitobda yozilishicha, prokuratura xo­­dim­­lari oʻzbek jadid maʼrifatpar­var­lari bilan tanish, maslakdosh boʻlishgan. Mirzo Qoʻqonboy Abduxoliqov va Mahmudxoʻja Behbudiy yaqin doʻst boʻlishgan, “Oyina” jurnalida birga faoliyat yuritgan. Maʼlumotlarga koʻra, Choʻlpon Qoʻqonboyning xonadonida bir muddat yashagan. Qoʻqonboy Abduxoliqov adabiyot ixlosmandlari ora­sida yozuvchi, tarjimon va pedagog sifatida ham tanilgan. Soha vakil­lari qatorida maʼrifatparvar jadidlar ham koʻpchilikni tashkil etgan. Ular ham mudroq qalbni uygʻotuvchi yagona kuch ilm-maʼrifatda, deb bilishgan. Masalan, Qoraboy Ermonov qoraqalpoq pedagog­lari bilan hamkorlikda koʻplab oʻquv darslik­larini tayyorlagan. Qurbonlar safida oʻz­bekning isteʼdodli farzandi, zamo­naviy huquqshunoslik maktabiga asos solgan Muhammadjon Moʻminov ham boʻlgan. Uning tashabbus va shi­joati bilan qisqa vaqt ichida koʻplab yuridik lugʻatlar, darslik kitoblar chop etilgan. 

Kitobda keltirilishicha, asos-isbotsiz chiqarilgan sud hukmlari ham talaygina ekan. Akademik Naim Karimov hujjatlarni oʻrganish jarayonini shunday taʼriflaydi: “Biz tishimizni tishimizga qoʻyib, koʻz yoshlarimizni bir-birimizdan yashirib, jinoiy ishlar yozilgan hujjatlar ustida ishlaganmiz… Tergov matnlarini oʻqiganimizda, ularga aʼzosi boʻlmagan aksilinqilobiy tashkilotlarga aʼzo boʻlgansan, qoʻl qoʻy, degan joylarda ular­ning koʻz yoshlaridan dogʻlar qolgani koʻrinib turardi”. 

Mazkur kitobdan oʻrin olgan qatagʻon qurbonlarining ayanchli taqdiri bilan yaqindan tanishar ekanmiz, qalbimiz iztirob chekadi. Taskin beradigan yagona narsa shuki, ulardan yaxshi nom, Vatan tarixida oʻchmas iz qoldi. Boshqa soha vakillari orasida ham qatagʻon qurbonlarining soni bundan kam boʻlmasa ke­rak. Nazarimizda, bu kabi kitoblar ham savob, ham ibratli xotira. Muhimi, tarix qatidagi xotiralar bizni bugungi tinch va xotirjam kunlarning qadriga yetishga undaydi. 

Muyassar IBROHIMOVA

“Jadid” gazetasi 2024-yil 23-fevral 9-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img78

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img595

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img593