Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.04.2024 | 11:03

img353

LA’NATGA QOLGAN MAYMUN

Dunyoda nomini aytishga odam hayiqadigan kasalliklar bor. OITS va OIVga chalingan bemorlar dardini yashirib, oramizda jimgina yurishibdi. Bu kasallikni shunchaki isnod deb bilishadi. Chunki bu, odamlar nazdida, egri yo‘lga kirganlar yoki giyohvand­lar kasalligi hisob­lanadi. Darhaqiqat, savol tug‘iladi: OITS kasallikmi yo isnod? Bu kasallik chindan ham faqat noto‘g‘ri jinsiy aloqadan paydo bo‘ladimi? Tibbiyot tizimida bu kabi kasalliklarni yuqtirishning yuz foiz oldi olinganmi?

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda dunyoda OIV kasalligiga chalingan­larning soni jami 39 million kishini tashkil etgan. Shundan 1,7 million nafari bolalardir. Ularning orasida chaqaloqlardan tortib, o‘smirlargacha bor. O‘zbekistonda ular­­­­­­ning soni 48 mingdan oshgan, kasal bolalar esa 600 nafarga yaqinni tashkil etadi. 

Xo‘sh, mamlakatimizda OITS va OIV kasalligi bilan og‘riyotganlar shuncha ekan, ularning davola­nishi­da, odamlar orasida yurishida, ijtimoiy xizmatlardan foydalanishida, umumiy jamoat joylarida muammolar tug‘ilmayaptimi? Tug‘ilyapti. 

Biz Yevropada emas, O‘zbekistonda yashaymiz. Hali-hanuz shifokor yoki tibbiyot xodimlarining e’tiborsizligi va loqaydligi tufayli kasallik yuqti­rib olganlarni ham yengiltaklar safiga qo‘shib gapiramiz. Holbuki, chaqaloq­lar, go‘dak, o‘smirlar bu kasallikni bola­ligida ko‘taradi, katta bo‘lganda-chi, uni faqat noto‘g‘ri jinsiy yo‘l orqali yuqtirgan, degan shubha bilan ta’qib qilmaymizmi?.. 

Har yili 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan sinfxonalarda ma’ruzalar o‘qiladi. Ularda kamida kasallikning beshafqat oqibatlari haqida gap-so‘z yuritiladi. Asosan, noto‘g‘ri jinsiy aloqa bu kasal yuqishiga bosh omil ekani ta’kidlanadi, e’tiborsizlik va loqaydlikdan yuqtirilganini esa aytishmaydi. Qolaversa, o‘sha sinf­xonalarda OIVga chalingan bolalar borligi nazarda tutilmaydi. Axir, kimlarningdir xatosi uchun bolalar umri bilan tovon to‘la­yotganini nega e’tibordan soqit qilamiz? Nega bu kasallik haqida ochiq-oshkora gapirmaymiz?

Odamlarning OIV bilan kasallanganligi to‘g‘risida dastlabki tasdiqlangan fakt Kongo Demokratik Respublikasi poytaxti Kinshasada topilgan. Virus 1959-yilda omon qolgan to‘qima namu­nalarida aniqlangan. Shuningdek, Afrikaning 15 foiz aholisi OIV va OITS bilan og‘riyotgani ham ma’lum. Butun dunyoda OIV bilan zararlanganlarning 67 foizi Afrikaning Sahroi Kabirida istiqomat qiladi.

O‘zbekistonda esa OIV bilan og‘rigan ilk bemor 1989-yilda aniqlangani aytiladi. Angoladan kelgan talaba bu kasallikni olib kelgan. Bundan yuz yil muqaddam Afrikada shimpanze maymunidan kasallikni yuqtirib olgan ilk bemorni, qon quyish uskunalari va qonlarni yaxshi tekshirmayotgan tibbiyot xodimlarini qoralashdan va la’natlashdan oldin bu kasallik tug‘dirayotgan xavf, uning yuqish omillari, ushbu yo‘nalishda bemorlarni davolash yoki umrini uzaytirish yo‘lida olib borilayotgan harakatlarni jiddiy tartibga solish lozim.

Respublika OITSga qarshi kurash markazi qoshidagi maxsuslashtirilgan shifoxona shifokori Nafisa Rahimova biz bilan suhbatda bu haqda shunday dedi:

– O‘zbekistonda OIV infek­siya­si­ning aniqlanish darajasi yildan-yilga kama­yib borayotgan bo‘lsa-da, dunyodagi ayrim davlatlarda bu ko‘r­satkich ha­mon yuqoriligicha qol­moq­da. Hozirgi kunda Yer yuzida OIV infeksiyasi qayd etilmagan hudud qolmagani ma’lum. Ayanchlisi shundaki, JSST ma’lumotlarida dunyo bo‘yicha har daqiqada 7 nafar odam OIVni yuqtirib oladi va 3 nafar odam OITS oqibatida vafot etadi deb ko‘rsatiladi.

Ha, OIV surunkali kasallik, uni butunlay davolash imkoni hali topilgani yo‘q. Shu sababli bemorlar umri davomida tibbiy yordamga muh­toj bo‘ladilar. Shu­ning­dek, OITS yoki OIVga chalingan bemor shu millatning bir fuqarosi o‘laroq oramizda bemalol yura oladimi? Ular­ning huquqlari himoya qilinadimi? Bu haqda suhbatdoshimiz shunday dedi:

– Qonun hujjatlarida OIVni yuq­tirib olganlarni va ularning oila a’zo­lari­ni ijtimoiy muhofaza qilishning chora-tadbirlari ham belgilangan.

OIVni yuqtirib olganlarda OIV infeksiyasi mavjudligini asos qilib, ular bilan mehnat shartnomasini bekor qi­lishga, ularni ishga qabul qilishni rad etishga (bundan O‘zbekis­ton Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan ro‘yxatda nazarda tutilgan ayrim kasbiy faoliyat turlari mustasno), ta’lim muassasalariga (bundan ta’lim muassasalarining qonun hujjatlarida belgilangan ayrim turlari mustas­no) va tibbiy yordam ko‘rsatuvchi muassasalarga qabul qi­lishni rad etishga, shuningdek, ular­ning boshqa huquq va qonuniy manfaatla­ri­ni cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tabiiyki, jarrohlik amaliyotida yoki undan so‘ng bemorlarga qon quyiladi, quyilayotgan qon qay darajada ishonarli? Axir, bir necha yil OITS qonda yashirin davrni yashashini inobatga olsak, bu kasallik bolalar organizmiga bildirmaygina kirib olishi mumkin-ku! Tibbiy uskunalar buni o‘z vaqtida aniqlay oladimi? Bu haqda Toshkent shahar OITSga qarshi kurash markazi bosh shifokori Vinera Barotova quyida­gilarni gapirib berdi:

– Oldinlari bu kasallik yomon yo‘lda yuradigan odamlarga xos, deb hisob­langan. Keyin qaralsa, hatto yo‘ldoshi filtr vazifasini o‘tovchi homi­lador ayol­larda ham kasallik onadan bolaga yuqqan. Shuningdek, OIV aniqlanmagan onalarning farzandlarida tibbiyot maskanlari­dan OIV yuqishi bolalarda 2003-yildan boshlab aniqlana boshlagan. Davlat bosh sani­tariya vrachining 2004-yil 22-dekabrdagi 42-sonli qaro­riga ko‘ra, qon quyish markazlarida donor­lardan olingan qonlar tekshirilmaguncha qon quyishga berilmaydi. Olingan qon OIV infeksiyasi, virusli gepatit V va Sga, brusellyoz, zaxm kabi qon orqali yuqishi mumkin bo‘l­gan ka­sal­liklar bo‘yicha tekshirilib, yaroqliligi aniqlangach, foydalanishga ruxsat beri­ladi.

Bir paytlar gepatit Sning davosi yo‘q, deb qaralardi. Bugun uning davosi topildi. Hozirgi kunda dunyo­ning 5 ta mamlakatida, jumladan, Birlashgan Arab Amirliklarida ham OITSga davo topish bo‘yicha ilmiy izlanish­lar olib borilyapti. Umid qilamizki, bu, albatta, o‘z natijasini beradi.

OIVning onadan bolaga yuqishi xav­fi 2011-yildan 2023-yilgacha uch marta­ga qisqardi. 2023-yilda butun dunyo bo‘ylab OIV bilan kasallangan taxminan 1,3 million homilador ayol­ning 85 foiziga OIV bolalariga yuqishi­ning oldi­ni olish uchun antiretrovirus preparatlari berilgan.

So‘nggi paytlarda OITSning davosi topilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Aslida bu xabarlar ertakka o‘xshaydi. Timoti Braunning hikoyasi, ayniqsa, quvonchli: u o‘n yildan ortiq vaqt davomida OIV bilan kasallangan. Shifokorlar unga suyak iligi transplan­tatsiyasini o‘tkazib, uning o‘rnini OITSga qarshi kurashishga imkon beradigan mutatsiyaga ega donor bilan almashtirdilar. Braun bugungi kunda suyak iligi ko‘chi­rib o‘tkazish orqali OIVdan tuzalgan birinchi bemordir. Uning sog‘lig‘i tahdiddan xoli, biroq afsuski, suyak ili­gini almashtirish jarayoni juda xavfli, bunda o‘lim xavfi 40 foiz. Kasallikni erta aniqlash OIV infeksiyasi bilan ham uzoq umr ko‘rishning omilidir.

Poytaxtimizning Chilonzor, Yunusobod va Shayxontohur tumanlarida bu kasallikka qarshi muolaja qilinadigan shifoxona va markazlar mavjud. Bemorlar esa aynan shu markazlarga qatnab, antiretrovirusga qarshi vositalarni olishadi.

Bugun OITS markazlariga onalari bilan birga qatnab, muolaja olayotgan bolalar ertaga voyaga yetishadi. OIV bilan tili chiqqan, tishi chiqqan bolalar, o‘zlarini majruh kelajak kutayotganini, ehtimol, anglar, ehtimol yo‘q. Ehtimol, OITSga shifo topadigan ilk tadqiqotchi ularning orasidadir. OIVga chalingan farzandla­rini bir siqimgina bo‘lib katta qilayotgan ota-onalar esa, balki bolalari­ga qo‘shilib, Afrikadagi o‘sha qop-qora maymunni la’natlayotgandir. Musulmon olamida Taqdir Allohning o‘lchovi ekanligi aytiladi. Zotan, taqdir – Allohning siridir. 

Go‘zal BEGIM

“Jadid” gazetasi 2024-yil 23-fevral 9-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599