Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


30.01.2025 | 12:24

img349

“QURG‘UR” MINAN “OTISHMA”!

Erkaklar bayramini nishonlash uchun bir gala armiya ko‘rmagan qorinboylar “anov o‘lgur” bilan “otishma” qilgani Chori shilpildoqni tapchaniga yig‘ildik. Bu yog‘i molni tuyog‘i – halpana! Boshida no‘vbat-no‘vbat degandik, gali kelganda qisir ammasi tug‘ib qoladiganlar, kuchugi bolalab, ko‘zi ochilmaguncha uydan chiqolmayman degan xotinparvarlar, yonboshi og‘rib, tabibga silatgani oqsoqlanib chopgichlar ko‘payishib qoluvdi. Eskidan qolgan gap bor: Dard kelganda tuqqaning emas, tugganing yaraydi. Bizni tuguncha “archa bayram” o‘tguncha ekan.

Chori shilpildog‘am buvam davridagi pishiqlardan. Bular o‘zi urug‘i bilan qo‘ychivon. Mana, masalan pamilyasi Norqo‘ziyev, otasi Qo‘chqor qassob, akasi To‘xliboy, o‘zi Chori, ukasi Panji! Tag‘in tupkani tagida tiklangan tapchanga “Yog‘du somsaxonasi” deb ot qo‘yvolganiga o‘laymi? Somsasiyam nomiga mos. Bir tishlasang, yog‘i duv-duv to‘kiladi. Palaxsa-palaxsa charvi! Eshigiga “Open” deb yozilgan sabzitaxta osilgan. O‘lib ketay agar, kundizi chiroq yoqasanmi, kechasimi, jarchi yollab izlaysanmi – bu yaqin atrofda ingiliz degan janivor urug‘likkayam yo‘q. “Bu nima qiliq” desang, uzun mo‘ylovini tarab-tarab (oshdan qil chiqsa, shundan ko‘ravering) “Zamon minan hamnapas!” deydi, tavbangdan ketay! Shularni o‘ylab o‘tirganimda yostiqni qo‘ltiqqa qistirgancha yonboshlab tilpon kavlayotgan Abdunabi sharaqlatib kulvorsa bo‘ladimi? Qo‘lidagi matahini olib qarasam, mundog‘ deyilgan: “Bir ochopat sho‘rtumshuq bir bechora jonzodni – ko‘lvor ilonni tiriklay yutib, hayotiga zomin bo‘ldi. Alqissa, bola-chaqasini yetim, ojizasini tul qoldirdi. Buning uchun norasidalar tuxumdan chiqib, kamol topguniga qadar marhumning yetim-yesiriga har oy 7,5 milyo‘n tovon puli, qorin puli, bosh puli to‘laydig‘on bo‘ldi!” Tavbangdan ketay! Bularga nima kasal tegdi o‘zi? Hali qarasang, biri og‘zi-burni bog‘langan, tirnog‘i “manikyur-pedikyur” qilingan ayiq bilan kurash tushadi, hali qarasang, birovi o‘psang malikaga do‘nadigan qurbaqani yorib, almisoqdan qolgan yarasiga bog‘laydi. Boshqasi esa bozorto‘rvaga yashirib, mamlakatga nil timsohidan besh-olti bosh olib kirarda, yana birovi Qizilqum cho‘llarida plyajda yotganday kakosga botirilgan naychadan sharbat so‘rib, ayshini surayotgan, umrida echki zotini ko‘rmagan echkiemarni qopga tiqib sotarda qo‘lga tushadi. Tag‘in bu millat kitob o‘qimaydi deb og‘iz yirtishadi! O‘qiyapti! Baloday o‘qiyapti! O‘qimasa, “Qizil kitob”ga kiritilgan nimaki bo‘lsa, hammasini nomma-nom urug‘ini quritarmidi? Eng avvali olarman tomon jilpanglab “Chantrimore-e” desa, o‘ljani lippaga qistirib “Kalamakatore-e” deb irg‘ishlamaslik kerak!

Shuytib, Abdunabi ikkov tilponga tikilib turgandik, Boymurod shilqim “bitta o‘pay” deb ikkovni quvib qolsa deng! Bu dumbulni odati shu. Qittay-qittay tomog‘idan o‘tib, qulog‘i qizisa, chipqoni childirma bo‘ladi: “Oh, Lizajon, voh, Lizajon, qaydasan?” Bu janivor munday bizga o‘xshab gazet-pazet o‘qisaydi, dunyoning manaman degan do‘vlatlariyam “Tamom! Mundan baqi er kishi er kishini o‘pishi taqiqlanadi! Teng-tengi minan, tezak qopi minan!” deganidan boxabar bo‘lardi! Kechga borib bu sho‘rtumshuqni darvozaga bir amallab suyab, jiringloqni bosib, xotiniga topshirdik-qochdik.

Xullas, bugunga yetar. Kamera, stop! Davomiga ashilla bervoramiz:

(Iloji bo‘lsa, “Ko‘k jiguli” ohangida tebranib kuylansun)
“Internet degan “kalmar” yosh-u qarini tutdi,
“Tik-tok”ka kirgan chollar kampirini unutdi.
Manam yengni shimorib, yengaman dedim vaqtni,
Kunlarimni “Feyzbuk”, umrimni “Yutub” yutdi.
Bir qo‘limda tilpon-u, bir qo‘limda obdasta
Tahoratga kirgandim “reyls” suvni sovutdi.
Bu dunyoni shattalab o‘tgan edi Shoh Mashrab,
Bugun “reklom” nomusning ketiga urib o‘tdi.
Yurtimning olimlari tanildi ilm izlab,
Biri o‘zni ishkofda “kola” bilan tanitdi.
Munis ayol ortidan kuzatdi el to‘qqiz oy,
Kindigini kesguncha “megabayt”ni quritdi.
Tilponi quvvati ham, umri ham bitar damda
Boboqand vaysay-vaysay, birovdan “vay-fay” kutdi.

Otaqo‘zi Dodaxo‘ja o‘g‘li BOBOQAND
Chohorshanba. Hijriy 1446-yil.
Rajab oyining 22-kunida sarxush bitdim.

“Jadid” gazetasining 2025-yil 24-yanvardagi 4-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img607

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img605