10.02.2025 | 16:30
528
QABRISTONDA TUNAGAN QODIRIY
Toshkentda 1920-yillarning oxirigacha ham mozorot ko‘p, balki shaharda elliklab qabriston bor edi, desam mubolag‘a bo‘lmas. Masalan, bizning mahallaning ikki chetida yarim chaqirim-yarim chaqirim yiroqlikda ikkita katta-katta: Xo‘ja Nuriddin va Xo‘jaa’lambardor (bu qabriston u vaqtlarda shaharning chekkasi hisoblanib, yaqin atrofida qish kezlari xonadon yashamas edi) qabristonlari bor edi.

Bu qabristonlarning kiraverish qismida va tevaragida necha yuz yillarni ko‘rib, zo‘rayib ketgan bahaybat qayrag‘ochlar hamisha qo‘rqinch solib turardi. Shunday bo‘lsa ham bahor kezlari qabristonlar usti gullarga burkanib ketardi. Dadam ko‘pincha bahor kezlari ana shu Xo‘jaa’lambardor qabristoniga yolg‘iz borib, negadir uzoq-uzoq o‘tirib qaytardilar. Hatto bunday hollarni goho men tunlarda ham sezardim.
Unutmayman, bir gal dadam kechki payt mazkur qabristonga meni ham birga olib bordilar. Poygakdagi bir qabr ustiga o‘tirdilar-da, menga lolaqizg‘aldoq, chuchmo‘ma terishni buyurib, qo‘llaridagi bir o‘tni o‘ynab, chuqur o‘yga toldilar. Atrofda hech kimsa yo‘q, men gul terib dadam oldiga taxlayman, u kishi esa o‘z xayoli bilan band… Bora-bora asta qorong‘u ham tusha boshladi, men ham gul terishdan zerikdim. Biroq dadam hamon xayol surardilar. Nihoyat, negadir mening ko‘nglimga bir qo‘rquv tushdi-da, dadam yelkasiga suyanib yig‘lab yubordim. Shundagina turdilar…
Ana shu qabriston chekkasida dadamning hammahallasi va maktabdosh o‘rtog‘i Muhsin amaki yashardi. Muhsin aka dadamni eslab shunday hikoya qilardi:
“Abdulla, chamasi “O‘tgan kunlar”ni yozib yurardi. Boqqa ko‘chib chiqqan chog‘larimiz edi. (Muhsin akaning hozirgi uy o‘rni avval dala-bog‘lari bo‘lgan.) Bir kun mozor ro‘parasidagi eshigimiz oldida ish qilayotsam, Abdulla qayoqdandir kelib men bilan ko‘rishdi va uydan po‘stakmi, ko‘rpachami chiqarib berishni so‘radi. Men ajablanib, ko‘rpacha chiqarib berdim. U qo‘ltiqlab qabriston ichiga qarab ketdi-da, salqin bir yerga ko‘rpachani to‘shab, o‘tirib-o‘tirib, bir narsa yozdimi, yo‘qmi – bilmadim, bir vaqt qaytib chiqdi va ko‘rpachani topshirib, xayrlashib, indamay yo‘liga keta boshladi. Men uning nega bunday yurishini uncha-muncha fahmlasam ham jo‘rttaga:
– Shoshma, Abdulla! – dedim. U to‘xtadi. – Mozorda o‘tirib nima ish qilding?
Abdulla yo‘lida parvosiz ketarkan, kuldi:
– O‘liklar bilan gaplashdim!..
Qiziq… Negadir men doim bu mozorot lavhalarini uylasam, romandagi qo‘rqinchli “Xo‘jamaoz”ni va g‘amgin Kumush qabrini eslayman.
Habibulla Qodiriyning “Otam haqida” kitobidan
Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
140
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
149
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
345



