11.02.2025 | 14:04
479
SAHNADAGI MALIKUL KALOM: FAZILAT VA KAMCHILIKLAR
O‘zbek dramaturgiyasida Alisher Navoiy obrazining ilk badiiy talqini yaratilganiga 85 yil bo‘ldi. Shu oraliqda Navoiy obrazining o‘ndan ziyod talqinlari paydo bo‘ldi: Vosit Sa’dullaning “Xuroson yulduzi”, Boborahim Omonning “Navoiy birla Husayniy”, Inoyat Maxsumovning “Navoiy Astrobodda”, Shuhrat Rizayevning “Iskandar”, Muhammad Alining “Navoiy va Boyqaro”, Abdulla A’zamning “Dugohi Husayniy”, Omon Muxtorning “Amir Alisherning dardi”, Komil Avazning “Shoh bo‘ldi ishq ichinda”, Naim Karimovning “Guli va Navoiy”, Iqbol Mirzoning “Samarqand sayqali” hamda “Alisherbek va Husayn” kabi yosh tomoshabinlar uchun mo‘ljallangan tarixiy dramalari shular jumlasidan.

Afsuski, sanalganlar ichida biror sahna asarini Izzat Sulton va Uyg‘unning “Alisher Navoiy” dramasiga tenglasha oladi, deb aytish mushkul. Buning sabablarini quyida izohlashga harakat qilamiz. Sovet davrida yaratilgan Navoiy haqidagi tarixiy dramalarda Navoiyga xos gumanizm xususiyatlariga kengroq urg‘u berilgan. Mazkur davr dramalarida tarixiy haqiqatning yoritilishida ikki xil muammo mavjud edi. Birinchidan, mualliflar tarixiy haqiqatga ham davrning mafkuraviy prizmasidan qarashga majbur bo‘lishgan. Ikkinchidan, tarixiy qo‘lyozmalar, manbalarning hali to‘la tadqiq etilmagani, materiallar kamligi, tarixiy shaxslar faoliyati bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarning kamyobligi qiyinchilik tug‘dirgan.
Izzat Sulton va Uyg‘un qalamiga mansub drama Alisher Navoiyning shoirlik, oshiqlik, saxovatpeshalik, metsenatlik, amaldorlik va gumanistik qirralarini namoyon etadi. Dramada feodal hukmdor va gumanist shoirning konflikti asosiy planga olib chiqilib, Boyqaro va Navoiyning munosabatlari asarda biroz keskinroq va bo‘rttirib tasvirlangan. Navoiy obrazi ishonarli, hayotiy mantiqdan uzilmagan obraz o‘laroq gavdalantirilgan, xarakterga xos xususiyatlar konfliktlar orqali yaqqol namoyon bo‘lgan, donishmand shoir tabiatidagi halimlik va rahmdillik xislatlari bilan birga davlat arbobiga xos keskirlik, qattiqqo‘llik va jahldorlik xarakteri ham ishonarli tarzda ko‘rsatilgan.
Sovet mafkurasiga ko‘ra, o‘rta asrlarda progressiv va reaksion kuchlar kurashi jadal kechgan. “Alisher Navoiy” dramasida Navoiy va uning safdoshlari – progressiv, Boyqaro, Majdiddin kabi obrazlar – reaksion kuchlar sifatida taqdim etilgan. Navoiyning vazir bo‘la turib, progressiv kuchga aylanishi, Boyqaroning murakkab xarakteri ko‘rsatilishi qaysidir ma’noda vulgar sotsrealizm metodiga qarshi qat’iy zarba edi. Sovet davrida yaratilgan yana bir asar – Vosit Sa’dullaning “Xuroson yulduzi” dramatik dostonida lirik kayfiyat ustunlik qiladi, qahramonlarning lirik kechinmalari va tuyg‘ulari yaxshi aks ettirilgan, biroq dramatik ziddiyatlar maromiga yetmagan, natijada na Navoiy obrazining, na boshqa personajlarning xarakterlari ochilgan. Boborahim Omonning “Navoiy birla Husayniy” dramasida muallif yangi tarixiy materiallardan foydalangan. Navoiy hayoti davomida sezilarli rol o‘ynagan Bobo Afzal, Soniy kabi obrazlarga badiiy bo‘yoq berishga harakat qilgan, Navoiy – shunchaki vaziyat qurboni. Birovlarning gapiga ko‘ra, u – ulug‘. Lekin asarda biror ulug‘vor ishni qoyillatmaydi.
Dramalarda Navoiy hayotining turli – bolalik (“Alisherbek va Husayn”), yoshlik, talabalik (“Xuroson yulduzi”, “Samarqand sayqali”, “Dugohi Husayniy”), vazirlik (“Alisher Navoiy”, “Amir Alisherning dardi”, “Navoiy va Boyqaro”, “Navoiy birla Husayniy”), oshiqlik (“Guli va Navoiy”, “Amir Alisherning dardi”, “Xuroson yulduzi”, “Dugohi Husayniy”), qarilik (“Alisher Navoiy”, “Amir Alisherning dardi”, “Navoiy va Boyqaro”) davrlari aks ettirilgan.
Mustaqillik davrida yaratilgan o‘zbek dramalarida Husayn Boyqaro obrazi ijobiy obraz sifatida ko‘rsatilgani, mualliflarning Navoiy hayoti va ijodiga oid ko‘plab manbalardan xabardorligi, yangicha yondashuvga urinishi diqqatga sazovor. Xususan, “Amir Alisherning dardi” dramasi o‘ziga xos “eksperimental drama” ekanligi, ko‘proq Navoiyning ruhoniyati, ichki olami ko‘rsatilgani, “Navoiy va Boyqaro” dramasi Navoiy obrazining ham she’riyatda, ham davlat boshqaruvidagi o‘rni, tarixiy davr sharoitidagi shaxs pozitsiyasining namoyon bo‘lishi turli epizodlar va vaziyatlar orqali dramada yetarlicha asoslangani, “Samarqand sayqali” dramasi Navoiy hayotining o‘zbek dramaturgiyasida yoritilmagan davri – Samarqanddagi hayoti ilk bor tasvirlangani va boshdan oxir she’riy yo‘lda yozilgani bilan ahamiyatli.
Shuningdek, istiqlol davri dramalarida Navoiyning ulug‘vorligiga ortiqcha ta’kidlar, madhiyago‘ylik kayfiyati yetakchilik qiladi. Navoiy o‘quvchidan nihoyatda uzoq, “Yerdan osmonga ko‘tarilgan ilohiy inson” o‘laroq ko‘rsatiladi. Dramalardagi umumiy kamchiliklar: obrazlarda xarakter to‘laligicha ochilmagan, personajlarning bir-biridan ajralib turuvchi jihatlari ko‘rinmagan (“Amir Alisherning dardi”), pafos haddan ortiq ko‘p, personajlar tilidan Navoiyning ulug‘vorligi me’yordan ko‘p ta’kidlangan, dramadagi tarixiy shaxslarning o‘ylari, fikrlari, nutqlari bir xil, yaqqol xarakter sifatida ko‘zga tashlanmagan (“Navoiy va Boyqaro”), yoshlik yillari tasvirlanganda ham Navoiy obrazi yoshiga nisbatan keksaroq mo‘ysafidni eslatadi, navqiron Alisherda yoshlik shijoati ko‘rinmaydi (“Samarqand sayqali”), obrazlarning o‘zaro munosabati tadrijga ega emasligi kuzatiladi, Abu Said bilan Navoiy konflikti tasvirlanganda intriga zaifligi ko‘zga tashlanadi (“Dugohi Husayniy”), ba’zi o‘rinlarda mualliflarda haqiqiy dramaturgga xos badiiy mahorat yetishmaydi.
Ko‘pgina talqinlar biroz ko‘rgazmalilik, sun’iylik va qoliplashgan bir obraz darajasida qolib ketganday tasavvur uyg‘otadi. Aksar hollarda dramaturgiya mezonlari chetda qolib, Navoiy siymosini ulug‘lashtirish, har bir detalni ushbu maqsadga bo‘ysundirish holatlari uchraydiki, bu hol asarning badiiy saviyasini tushiradi. Badiiy asarni ko‘tarib turadigan birlamchi jihatlardan biri – tabiiylik, ya’ni yasamalikdan xolilik ekanini unutmaslik lozim. O‘zbek dramalarida Navoiy obrazi kamchilik va nuqsondan xoli siymo o‘laroq taqdim qilinadi. Muallif asarda o‘z qahramonini to‘laligicha himoyaga olib, qahramoniga xato qilishga imkon bermaydi. Superqahramon – Navoiy barcha to‘siqlarni yengib o‘tadi, yuksak zakovat va chuqur mushohada egasi ekani qayta-qayta ta’kidlanadi, atrofdagi personajlar bosh qahramonning nufuzini o‘quvchiga eslatib turish uchun “qurbon qilinadi”. Ba’zi o‘rinlarda, mualliflar nozik nuktadonlik va so‘zlarni saralab ishlatish mahorati evaziga o‘quvchini ushbu ishtibohdan chalg‘itib turadi.
Aslida Navoiy shaxsini ortiqcha pafos orqali sun’iy tarzda ulug‘lash emas, uning ichki olamini o‘quvchiga ko‘proq tanitish asosiy maqsad bo‘lmog‘i lozim, deb hisoblaymiz. Ayni shu holat ham kelgusida Alisher Navoiyning yangicha badiiy talqinlariga zarurat borligini ko‘rsatadi.
Xurshid ABDURASHID,
mustaqil tadqiqotchi
“Jadid” gazetasining 2025-yil 7-fevraldagi 6-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
93
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
607
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
605



