27.04.2026 | 10:24
2757
SAHNADAGI HAYOT NAFASI
Tomoshabin munosabati, ayniqsa, mutaxassis fikri har qanday ijodkor uchun nihoyatda muhim. Xo‘sh, O‘zbekistonda adabiyot, tasviriy san’at va me’morchilik sohalarida tanqid qay darajada rivojlangan? Yangi kitoblar haqidagi xabarlar, ularning sharhi va tahlillarini bosma va internet nashrlarida ko‘p uchratish mumkin. Xo‘sh, musiqa sohasida vaziyat qanday?

Professional tanqid tomoshabinga ijodkorni chuqurroq tushunishga, uning san’atdagi o‘rnini belgilash hamda kelajakdagi yo‘nalishlari haqida asosli xulosa chiqarishga yordam berishi kerak.
Jurnalist va jamoat arbobi Boris Babayevning “Kultura.Uz” sayti faoliyatini alohida e’tirof etish joiz. Mazkur internet nashr nafaqat professional musiqashunoslar, balki ijod yo‘liga qadam qo‘yayotgan talabalarga ham minbar yaratadi. Shu orqali u Toshkentdagi deyarli barcha musiqiy voqealarni qamrab olishga muvaffaq bo‘lmoqda. Yaqinda ushbu saytda musiqashunos Antonina Budarinaning O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining Katta zalida 16-aprel kuni bo‘lib o‘tgan “Kompozitor Akmal Safarov ijodida musiqa, ma’no va vaqt” nomli konsertga bag‘ishlangan tahliliy maqolasi e’lon qilindi. Bir kompozitor ijodiga bag‘ishlangan “konsert-dialog” formati muhokama va konsert qismlarini uyg‘unlashtirgani, jumladan, muallifning o‘zi ijroda ishtirok etgani bilan alohida qiziqish uyg‘otdi.
Ertasi kuni, 17-aprel sanasida Konservatoriyaning Organ zalida yana bir yirik madaniy tadbir – O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 90 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston kompozitorlari musiqasi” konserti bo‘lib o‘tdi. “Turkiston” kamer orkestri va uning badiiy rahbari Muborak Lutfullayeva ushbu kechaga puxta tayyorgarlik ko‘rgan edi. Toshkent sahnalarida mahalliy kompozitorlar asarlari kam yangrashi inobatga olinsa, bu tashabbus ana shu kamchilikni bartaraf etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Ikki soat davom etgan dasturda 14 nafar muallifning mazmun va uslub jihatidan turfa asarlari ijro etildi.
Konsert marhum kompozitor Bahrullo Lutfullayevning mashhur “Yor-yor” xori bilan ochildi (dirijyor Gulnora Malikova). Shundan so‘ng dasturda turli uslub va kayfiyatdagi asarlar yangradi: Viktor Xandamyanning “Jasurlar makoni” asarida arman musiqasiga xos ohanglar aks etdi, Jahongir Shukurning “Charxpalak” asari torli orkestr uchun moslashtirilgan talqinda ijro etildi. Anatoliy Varelasning “Koncherto grosso”sida esa solo skripkalar (Yelena Matveyeva va Asene Ovchinnikova) alohida joziba kasb etdi.
Orol dengizi fojiasi – barchamizning umumiy dardimiz. Musiqa esa bu haqda barcha xalqlarga tushunarli tilda so‘zlay oladi. Konsertda kompozitor Oydin Abdullayeva “Qoraqalpoq fantaziyasi” asarini taqdim etdi. Kamer orkestri bilan uyg‘unlikka kirishgan nay va chanqovuz ovozlari (Botir Do‘simbetov va Qahramon Rashidov ijrosida) tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Konsert Mustafo Bafoyevning “Shodiyona” va Rustam Abdullayevning “Lazgi” asarlari bilan yakunlandi. Milliy ruhdagi bu musiqalar ko‘plab mamlakatda mashhur.
Konservatoriyaning Organ zalida o‘tkaziladigan konsertlarda doimo poytaxt mehmonlari ham ishtirok etadi. Ulardan biri Moskvadan kelgan kinoshunos, Rossiya Kinematografchilar uyushmasi a’zosi, kino tarixi o‘qituvchisi Anatoliy Sinitsin o‘z taassurotlarini quyidagicha ifodaladi: “Men odatda konsertlarda akademik kanonlarga muvofiq qurilgan, juda uzun, kuchli va qat’iy rejalashtirilgan asarlarni tinglashga o‘rganganman. Bugun esa menga har bir asarda o‘ziga xos, bir-biridan keskin farq qiladigan musiqa to‘lqini yog‘ildi. O‘zbekistondagi kabi sahnadagi hayot ham jonli va qat’iy ijobiy ruhda kechmoqda!”
Musavvir chizgan rasmni devorga osib qo‘yish mumkin, ammo kompozitor yaratgan musiqa asari munosib sharoitlarda yangrashi kerak. Asarning tug‘ilishi esa faqat tinglovchilar bilan o‘zaro muloqotda sodir bo‘ladi. Kompozitorlarimiz asarlari ko‘proq ijro etilishiga, bir martalik asarlar bo‘lib qolmasligiga erishish zarur. Eng muhimi, zallar va kompozitorlarimizning ko‘ngillari to‘lsin.
Angelina ODNOLKO,
jurnalist
“Jadid” gazetasining 2026-yil 24-apreldagi 17-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
99
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
136
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
328



