13.02.2025 | 09:11
409
“TAN RANJIGʻA SHIFO” SHOIR
Butun olam va undagi jarayonlarga munosabat bildirish uchun kishining zehni o‘tkir, quvvayi hofizasi keng va ilm-u zakosi baland bo‘lishi kerak. Bilimdagi sayozlik fikriy chalkashliklarni keltirib chiqaradi. Fikr aniq bo‘lmagan joyda esa o‘z-o‘zidan xatolar yaraladi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning ilm talabi bobida ong-u shuurimizga singishib ketgan quyma misralari bor:
Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim,
Orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim.

Hazrat Navoiy ming yilda bir tug‘iladigan nodir iste’dod sohibi. Yozgan asarlaridan, necha asrki, adabiyot shaydolari hayrat tuyadi. Hazrat shaxsiyati ijodi orqali anglanib, siymosi tasavvurda gavdalanadi. Garchi alloma ijodining aksari badiiy asarlardan iborat bo‘lsa-da, ular ichida boshqa fanlarga doir mustahkam ilmiy xulosalar borligini ham kuzatamiz. Xususan, uning tib ilmiga oid fikr-mulohazalarini olib qaraylik.
Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarida “Tabib o‘z fanining mohir bilimdoni bo‘lishi; bemorlarga rahm-shafqat bilan muomala qilishi; asli tib ilmiga tabiati kelishmog‘i, donishmandlar so‘ziga rioya qilib, ularga ergashmog‘i; muloyim so‘z va bemor ko‘nglini ko‘taruvchi, andishali, xushfe’l bo‘lmog‘i kerak”, deb yozadi. Hazrat bu orqali tabibning o‘z ishiga mohir bo‘lishi shartligini bildirarkan, aksincha holda uning bemor uchun misli jalloddek bo‘lishini ta’kidlaydi: “Tabib agar kasbida mohir bo‘lsa-yu, ammo o‘zi badfe’l, beparvo va qo‘polso‘z bo‘lsa, bemorni har qancha muolaja qilganda ham, baribir, uning mijozida o‘zgarish paydo qila olmaydi. Tabobat fanidan savodsiz tabib xuddi jallodning shogirdi kabidir. U tig‘ bilan o‘ldirsa, bu zahar bilan azoblaydi”.
Shoir o‘zining “Majolis un-nafois” tazkirasida ayrim ijodkorlarning tibbiyot bilan mashg‘ul bo‘lgani to‘g‘risida ham ma’lumotlar beradi. Jumladan, Mavlono Darvesh Ali, Mavlono Bahlul, So‘fiy Piri Sesadsola, Mavlono Gʻiyosiddin kabi ijodkorlar bir vaqtning o‘zida tibbiyot bilimdoni ham bo‘lganlar. “Mavlono Darvesh Ali – tabobatqa mashg‘uldur va bu fanning hoziq va mohirlari aning tab’in ta’rif qiladurlar… Tab’i ham yaxshidur. Ammo muammog‘a ko‘prak mashg‘uldur”. So‘fiy Piri Sesadsolani “so‘fiyliqqa tabobatni zam qilibtur”, deb ta’riflaydi. Shu bilan birga, boshqa shoirlar haqida ham “tabibsheva”, “tabobat bila mashg‘ul va shuhrati tabobatqa o‘zga ishlardin ko‘prak emish” kabi fikrlarni aytadi.
Navoiy komil inson, xalq fidoyisi va insonparvarlik timsolidir. U adabiyot, ilm-fan, xalq ma’naviyati ravnaqiga beqiyos hissa qo‘shdi. Tarixchi Xondamirning yozishicha, shoir tabiblarga, tabobat va tibbiyot maskanlariga ham aslo befarq bo‘lmagan. Alisher Navoiy tomonidan Hirotda “Dorush-shifo” (Shifo uyi) quriladi. Bu maskanga zamonasining eng bilimli tabiblari jamlanadi. “Dorush-shifo”ni Navoiy davrining ulkan sihatgohi sifatida tasavvur etish mumkin. Navoiy u yerdagi bemorlarga moddiy-ma’naviy yordam beradi. U chin ma’noda tibbiyot homiysi edi. Xo‘sh, shoir nega tibbiyotga bu darajada e’tibor berdi? Chunki ul zoti sharif xalq holini, sog‘liq – bebaho ne’mat ekanini chuqur anglagan edi. Qolaversa, Navoiy umumijodida tibbiyotga, insonning ham ruhi, ham jismiga doir tushunchalar ko‘plab uchraydi.
Hoziq tabibi xushgo‘y tan ranjig‘a shifodur,
Omiy-yu tund-u badho‘y el jonig‘a balodir.
Ushbu baytda tabib qanchalik xushmuomala bo‘lsa, bemorga shifo bo‘lishi, badfe’l tabib esa el joniga balo-yu ofat ekani ta’kidlanadi. Shoir tabib zotiga xos yuksak madaniy muomala haqida fikr yuritib, bemor sog‘ayishiga shirin so‘z eng yaxshi doridir, deydi.
Kim bo‘lsa tabiati muolij,
Jismidin etar marazni xorij.
Darhaqiqat, kishining tabiati o‘z-o‘zini davolaydigan, kuchli mizojga ega. Ya’ni, inson tiynati muolij – davolovchi bo‘lsa, kasallik jismdan chiqib ketadi; tana quvvati bilan birga bemor kasallikdan tuzalishni o‘zi ham istashi va bunday ezgu tushunchani o‘z tabiatiga singdirishi lozimki, bu ham davolashning bir turidir.
Alisher Navoiy – so‘z qadrini bilgan, uning qudratini namoyish etgan buyuk alloma. U inson jismining ruhi bilan tutashgani va shu tufayli jism salomatligi uchun ruh ham sababchi ekanini chuqur anglagani holda, o‘zgalarga ham anglatish payida bo‘ladi:
Jong‘a chun dermen:
“Ne erdi o‘lmakim kayfiyati?”
Derki: “Bois bo‘ldi jism ichra marazning shiddati”.
Savol-javob shaklida yozilgan ushbu g‘azal sharhiga yuzlanar ekan, taniqli navoiyshunos olim Najmiddin Komilov “Ishqning inson a’zolari, ko‘ngli, butun vujudini qamrab olgani”ga urg‘u beradi. Gʻazalda, tabiiyki, shoirning tibbiyot hadisini olganligi yana bir bor o‘z aksini topgan. Zotan, inson ruhiyatining beqiyos bilimdoni Alisher Navoiy orzu qilgan komil inson ham ma’nan, ham jismonan yetuk bo‘lishi kerakligi hikmati ana shunda.
Sohiba KARIMOVA
“Jadid” gazetasining 2025-yil 7-fevraldagi 6-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
93
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
607
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
605



