12.02.2025 | 09:39
709
SHOIR HAYOTI VA FAOLIYATI DARIY TILIDA
Afg‘onistonda dariy tilida “Zindagoniy va ofaridahoyi Alisher Navoiy” (“Alisher Navoiy hayoti va faoliyati”) monografiyasi nashr etildi. Monografiya AQSh fuqarosi, hozirgi paytda Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati institutida faoliyat ko‘rsatayotgan Azizulloh Aral hamda afg‘onistonlik olim Sayid Muhammad Olim Labib tomonidan yozilgan. Kitob qisqa kirish so‘zi bilan boshlanib, unda ushbu tadqiqotning bugungi kundagi ahamiyati va dolzarbligi xususida so‘z boradi. Afg‘onistonda Navoiy ijodini keng targ‘ib etish, mutafakkir shoir siymosiga bo‘lgan ehtirom ramzi sifatida ushbu tadqiqotning qiymati benazirdir.

Kitobning birinchi bobida XIV asrning ikkinchi yarmi – XVI asrning birinchi yarmida Xuroson va Movarounnahrda ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-adabiy jarayonlar haqida atroflicha fikr yuritiladi. Alisher Navoiydek zotning dunyoga kelishi, uning yuksak shoirlik iqtidori hamda bu iqtidorning yuzaga chiqishida davr va muhitning roli tadqiq etiladi.
Keyingi boblardan Navoiy hazratlarining tarjimayi holi, navoiyshunoslik sohasining qisqacha tarixi borasida ma’lumotlar o‘rin olgan. Navoiyning lirik merosi, uning ijodiyotida kichik janrlar kabi masalalar ham o‘zbek navoiyshunosligida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida keng yoritilgan. Yana bir bob Alisher Navoiy lirik merosida ijtimoiy-axloqiy va falsafiy qarashlar mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, shoirning o‘z davri axloqiy qadriyatlariga ta’sirini, so‘zining ruhoniy kuchini alohida e’tirof etadi. “Buyuk “Xamsa”ning yaratilishi” bobida Navoiyning 1483–1485-yillarda, eng qisqa muddatda “Xamsa”ni yozib tugatishi, Sharq adabiyotidagi bu ulug‘ an’anani davom ettirishga qanday omillar turtki bergani kabi masalalar bo‘yicha fikr va mulohazalar berilgan.
Navbatdagi bob “Hayrat ul-abror” dostoni ijtimoiy-axloqiy qarashlarning ifodasi xususida bo‘lib, har bir maqolatda fikr yuritilgan mavzu hikmatlar durdonasi sifatida millat ma’naviyati uchun qimmatli ekani ta’kidlangan. Keyingi 4 ta bob “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy” dostonlari tahliliga bag‘ishlangan. Mualliflar “Farhod va Shirin”ga “qahramonlik dostoni” deb ta’rif berishadi, undagi har bir obrazning asardagi o‘rni, qanday timsol ekaniga to‘xtalib o‘tishadi. “Layli va Majnun” dostoni “muhabbat qissasi” deb atalgan, undagi ilohiy ishq motivining badiiy talqini tahlil qilingan. “Sab’ai sayyor” dostonida esa “oshiqlik va podshohlik masalasi” o‘rganilgan. “Saddi Iskandariy” dostonida odil podshoh vasfiga alohida diqqat qaratilgan. Keyingi bobda “Lison ut-tayr” tahlil qilingan bo‘lib, mualliflar ushbu dostonni “majoziy-falsafiy doston”, deb tavsiflashgan. Monografiyaning so‘nggi bobi Navoiyning ilmiy asarlari tadqiqiga bag‘ishlangan.
Mazkur kitobning asosan O‘zbekistondagi navoiyshunoslik sohasi yutuqlari asosida yozilgani ham alohida ahamiyatga ega. V.V.Bartoldning “Alisher Navoiyning siyosiy hayoti” maqolasi tarjimasi hamda ayrim maqolalarni hisobga olmaganda, Afg‘onistonda bugungi kungacha Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida yaxlit tasavvur beruvchi manba yo‘q edi. Shu nuqtayi nazardan, ushbu monografiyaning nashr etilishi ko‘pmillatli Afg‘oniston xalqi uchun muhim ilmiy manba vazifasini o‘tashi shubhasiz.
Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi mablag‘lari hisobidan Kobul shahridagi “Voja” nashriyotida 500 nusxada chop etilgan. Ushbu asarni Afg‘onistonda faoliyat ko‘rsatayotgan adabiyotshunoslar va Alisher Navoiy ijodi bilan qiziquvchilarga beg‘araz taqdim qilish mo‘ljallangan.
Gulzoda SAFAROVA
“Jadid” gazetasining 2025-yil 7-fevraldagi 6-sonida
KEÇA VA BUGUN
YAQIN ÖTMIŞDAN “ERTAK”LAR Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, ayniqsa, inson qadrini e’zozlaşga qaratilgan ezgu va oliyjanob işlar hammaning tilida, dilida. Kuni keça ham şunday böldi – bir davrada bugungi özgariş va yangilanişlar xususida söz ketdi. Har kuni bir yangilik, har kuni bir yengillik bölayotgani suhbat mavzusiga aylandi. Gurungda yoş döstlarimiz ham bor edi. Biz börttirmay, […]
17.11.2026 | 16:01
104
TADQIQOT-ROMAN
“Yaldo keçasi” asarini tadqiqot-roman sifatida baholaş mumkin. Çunki bu asar juda katta badiiy xomaşyoni qamrab olgan. Romanga asos bölgan material şu qadar keng qamrovliki, uni qamrab oliş va bemalol yayrab badiiy asar yozişni tasavvur qiliş qiyin. Ana şu çek-çegarasiz materialni ipidan ignasigaça diqqat-e’tibor bilan örganib çiqiş, saralaş, muhimlarini nomuhimlaridan ajratiş, har birini badiiy asar matniga […]
17.11.2026 | 12:37
101
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
325



