13.04.2024 | 12:41
328
FORS DIYORIDAGI NAFIS MAJLISLAR

– Eron Islom Respublikasining ko‘plab shaharlari Navoiy taqdiri bilan tutash. Navoiy Mashhaddan Samarqandga safar qilish arafasida Sayyid Hasan Ardasherga yozgan maktubida o‘zida ulkan bir kuchni tuyayotganini, katta bir asar yozish istagini aytib, shunday deydi:
Bu maydonda Firdavsiy ul gurd erur
Ki, gar kelsa Rustam javobin berur.
Ani derga bo‘lsa qachon rag‘batim,
Erur oncha haq lutfidin quvvatim,
Ki, har necha nutq o‘lsa kohilsaroy,
Bitigaymen o‘ttuz yilin o‘ttuz oy.
Shoirga kuch-u ilhom bergan “Shohnoma” muallifi Firdavsiyning yurti – Mashhadning yonginasidagi Tus shahridir. Mashhaddan Navoiyning “Xamsa” yozish istagidagi bu o‘ylarini yodga olib Tus shahriga bordik. Firdavsiydan qolgan bu ulkan adabiy yodgorlikning (“Shohnoma”) eronliklar jon-u ruhiga singib ketganiga guvoh bo‘ldik. Ularning she’rga munosabati va aynan “Shohnoma” qahramonlari orqali o‘z kuchiga ishonch ruhi e’tiborni tortdi. Tus shahridagi hujjat ul-islom Muhammad ibn Muhammad al-Gʻazzoliy qabri ziyoratidan ruhimiz poklanib yo‘lda davom etarkanmiz, u zotning xizmatlari, asarlari haqida so‘zlay boshladik. Bugun butun dunyoda uning asarlari turli rakurslarda amaliyotga tatbiq etilayotgani, dunyoviy, diniy-tasavvufiy ilmlarni uyg‘unlashtirgan bu olimning “Nasoyim ul-muhabbat”dagi ta’rif va tavsiflarini esladik. Nishopurgacha bo‘lgan yo‘limiz avvalida tog‘lar poyida joylashgan Sabzavor shahrida barchamizni Navoiyning bolaligi haqidagi xayollar chulg‘adi nazarimda. Shoirning otasi hokimlik qilgan bu shaharda hazrat Navoiyning qadamjolarini o‘rganish bahonasida ko‘plab joylarni ziyorat qildik. Hakim Sabzavoriy nomidagi universitet bilan yaqindan tanishdik, shoir ijodiy merosiga oid anjumanlar o‘tkazildi. Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasida xurosonlik ko‘plab shoirlar tilga olingan. Ular orasida sabzavorlik, nishopurlik, mashhadlik, tuslik, sherozlik, isfahonlik shoirlar nomi keltirilgan. Ehtimol, keyinchalik ularning faoliyatini tiklashda “Majolis” muhim ahamiyat kasb etgan. Mashhaddagi Imom Ali Rizo majmuasi kutubxonasidagi qo‘lyozmalar, Mashhad universiteti professor-o‘qituvchilaridan birining Erondagi Alisher Navoiy qo‘lyozmalari tavsifi va tasnifiga bag‘ishlangan ma’ruzasi, nazarimda, safarimizning maqsad kalitini qo‘lga kiritganimizga chiroyli ishora bo‘ldi. O‘zaro munosabatlarni mustahkamlash va davom ettirish istagida memorandumlar – kelishuvlar tuzildi…
Eron olimlari Alisher Navoiy shaxsiga, uning ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga va, albatta, ijodiga, o‘zbek tiliga bo‘lgan e’tiborini, mehrini namoyon etdi. Bunday safarlarning bardavom bo‘lishi ilm-fanimiz uchun faqat foyda keltiradi.
Karomat MULLAXO‘JAYEVA, filologiya fanlari nomzodi.
“Jadid” gazetasi 2024-yil 1-mart 10-son
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
599


