24.02.2025 | 09:32
199
UZOQDAGI QUYRUQDAN…
Uchta tog‘am bor. Uchalasi ham Rossiyachi edi. Ikkitasi hamon Rossiyachi. Faqat bittasi besh-olti yilcha ishladi-yu, topganiga mol-qo‘y qilib, shuni orqasidan ro‘zg‘or tebratdi. O‘ziga shu yoqadi, moldo‘xtir-da..

Ayrimlar, ayniqsa, xotini tog‘amni noshudga chiqardi, ikkita o‘g‘ling bo‘lsa, kuching borida uy-joyni harakatini qilmaysanmi, degan dashnomlar ostida yashadi. Lekin tog‘am bitta zo‘r ish qildi: bolalarini o‘qitdi. Qiynaldi, qarz bo‘ldi, kam yedi, kiymadi, lekin o‘qitdi.
Esimda, ukalari tog‘amning ko‘zini ochirishmasdi: “Bolalaringni semirganini qara, bu tengilar dalada ketmon chopyapti, non topyapti, senikilarning qo‘lidan kitob tushmaydi, boqibeg‘amlar, onasini qornidan tushgandan beri kursga boradi”, degan malomat gaplar bo‘lgan. Lekin tog‘amni hech kim bilan tortishib-bahslashganini ko‘rmaganman. Fe’li keng odam.
Hozir o‘sha qo‘lidan kitob tushmaydigan o‘g‘illarning biri Dubayda yo‘l qurilish kompaniyasida injiner, bittasi ichki ishlarda kinolog bo‘lib ishlayapti, og‘ir-bosiq, xushmuomala yigitlar.
Tog‘am haliyam chorvachilik bilan mashg‘ul. Nima qipti, ukalaridek sovuq o‘lkalarda kimlargadir qaram bo‘lib ishlayotgani, oilasini bir yilda bir ko‘rayotgani, buyragini sovuqqa oldirgani yo‘q.
Kichik tog‘alarimning esa dang‘illama uyi hanuz bitmadi. Bitmaydiyam. Bolalari ham o‘zlaridek Rossiyachi bo‘ldi. Qachonlardir akasining bolalariga namuna bo‘lgandir, lekin hozir ularga faqat havas qiladi.
Tog‘am otalik, erkaklik, insonlik vazifasini a’lo darajada yashab o‘tyapti. Dang‘illama uyiyam bor, quvonarlisi, u ota-onasining yonida bo‘lib xizmatini qildi, duo oldi. Ana shunaqa bitta tog‘am bor.
Oygul HAMIDULLAYEVA
Facebook
“Jadid” gazetasining 2025-yil 14-fevraldagi 7-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
93
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
606
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
604

