Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


26.02.2025 | 12:45

img355

TABULGʻA VA TAVOLGA

Bir tabulg‘a yuz bo‘ldi,
Yuz tabulg‘a ming bo‘ldi,
Ming tabulg‘a tuman bo‘ldi,
Bilib qo‘ying: foydasi bor, bu yaxshi.

Yuqoridagi she’r eramizning IX asri boshlarida yaratilgan “Irq bitigi”dan keltirildi. “Qadimiy hikmatlar” kitobida berilgan izohga ko‘ra, Zahiriddin Muhammad Boburning yozishicha, tabulg‘a qizil po‘stloqli daraxt bo‘lib, Farg‘ona tog‘laridan boshqa yerda uchramaydi. Mahalliy aholi undan o‘q va tayoq yasashadi. Mahmud Koshg‘ariyda tabulg‘a so‘ziga duch kelmadim, biroq tavilqu degan so‘z bor. Bobomiz tavilqu so‘ziga qizil tol daraxti deb izoh berganlar. Bobur ham qizil po‘stloqli degan. Rus tilida bu so‘z tavolga deyiladi. “Ruscha-o‘zbekcha lug‘at”da tavolga so‘zining tarjimasi “tobulg‘i, tubulg‘a” deb ko‘rsatilgan. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da esa, TOBULG‘I, to‘bilg‘i ra’noguldoshlarga mansub, tog‘li yerlarda, jarliklarda uchraydigan buta o‘simlik, deb izohlangan.

XIV asrda tabulg‘a so‘zining tilimizda tavlug‘ach shaklida qo‘llangani haqida “Kitob at-tuhfa” lug‘atida ma’lumot bor.

Samarqandliklar, qashqadaryoliklar va boshqalardan tabulg‘a daraxti haqida so‘raganimda aniq bir gap aytisholmadi.

Andijondan Durbek Qo‘ldoshev yozadiki, “Hozirgi paytda (Bobur Mirzo hazratlari mehr bilan qalamga olgan) o‘sha “tobulg‘u yig‘ochi”dan ikki tupini Andijon davlat universitetining “Botanika o‘quv tajriba maydoni”da ko‘rishingiz mumkin”.

Eshqobil SHUKUR

“Jadid” gazetasining 2025-yil 14-fevraldagi 7-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599