Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


27.02.2025 | 11:53

img629

“EH, SENING YOSHLIGING MENDA BO‘LSAYDI!”

Yaqinda Prezidentimizning yoshlar bilan uchrashuvini oynayi jahon orqali katta qiziqish bilan kuzatdim. Bugungi yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqiqatan ham tahsinga sazovor. Ilm-fan, texnologiya, tadbirkorlik, sport va san’at sohalarida yoshlarning qo‘llab-quvvatlanayotgani, ularning tashabbuslari davlat darajasida eshitilayotgani – bu Uchinchi Renessans avlodiga berilayotgan oliy e’tibor namunasidir.

Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida azm-u shijoatli, navqiron yoshlar timsolida Yangi O‘zbekistonning bugungi va ertangi bunyodkorlarini ko‘rayotganini ta’kidlab, otalarcha samimiy suhbatlashgani barchani g‘ururlantirdi.

Bizning yoshligimizda bunday imkoniyatlar qayoqda edi, deysiz. Urush davri: kunda-kunora mahallada “falonchidan qoraxat kepti”, degan shumxabar, tengdoshlarimning yarmidan ko‘pi yetim, ustiga ustak mahalliy rahbarlarning qattol siyosati, paxta deysizmi, bug‘doy o‘rimimi, bosh ustida qamchi aylangan zamonlar… Ocharchilik…

Eslasam, yuragim orqaga tortib ketadi… Hatto xat-savod chiqarish ham o‘lda-jo‘lda davrlar edi. Hozirgidek “qaysi sohaga qiziqasan, mana bu joyda o‘qi yoki bu joyda o‘zingni sinab ko‘r” degan gaplarni eshitmaganmiz.

Ilmga, yangilikka ishtiyoqimiz kuchli bo‘lsa-da, “osmon yiroq, yer qattiq” zamonlar edi – yuzini Xudo teskari qilsin. Sharoitlar cheklangan, tahdidlar kuchli edi. Jadid bobolar ham ana shunday mahdudlik qurboni bo‘lgan. Dunyoning yetakchi mamlakatlariga borib, ilg‘or ta’lim tizimlarini o‘rganib, Turkistonda yangi usul maktablarini ochgan, matbuotda milliy uyg‘onish harakatini boshlab bergan millat oydinlarining taqdiri tahlikada kechgan – ko‘pchiligi “millatchilik”da ayblanib, qatag‘onga uchragan, qatl etilgan.

Ilm-fan yo‘lida bevosita o‘zimiz duch kelgan qiyinchiliklar haqida so‘zlasam, bugungi kunda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar qadri, qamrovi yanayam yorqinroq bilinsa kerak.

Bizning payti tadqiqotlar olib borish, g‘oyalarni hayotga tatbiq etish uchun bugungidek ochiq platformalar, xalqaro grantlar yoki davlat tomonidan moliyaviy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash mavjud emasdi. Sovet davrida ilm-fan qat’iy markazlashgan holda boshqarilar, tadqiqotlar yuz foiz davlat manfaatlariga moslashtirilardi. Ilmiy ishlanmalar uchun zarur bo‘lgan texnologik asbob-uskunalar yetarli emas yoki ularning aksariyati Moskva va Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) kabi yirik ilmiy markazlarda jamlangan edi. Bu esa O‘zbekistonda mustaqil texnik tadqiqotlar olib borish sur’atini ham, olimlarning jur’atini ham qiyardi.

Qolaversa, yuksak malakali mutaxassislar yetishtirishda muammolar yetarlicha edi. Texnika va muhandislik yo‘nalishlarida o‘qigan yoshlar ko‘pincha markaziy shaharlar yoki boshqa respublikalarga ishga yuborilgan. O‘zbekistonda kuchli ilmiy kadrlar bazasini shakllantirish o‘ta murakkab kechgan.

Shu o‘rinda yoshlar bilan uchrashuvda alohida ta’kidlab o‘tilgan “Yorqin kelajak” loyihasi e’tiborimni tortdi. Bu loyiha orqali har yili ming nafar iqtidorli o‘g‘il-qiz dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lajak. Loyiha doirasida dastlab har bir mahalladan ijtimoiy himoyaga muhtoj, bilimga chanqoq yoshlar saralab olinib, ularning salohiyati aniqlanib, mos xorijiy o‘quv yurtlari tanlab berilishini eshitib, juda xursand bo‘ldim. Ishonaman, ushbu loyiha mamlakatning ijtimoiy barqarorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Eng avvalo, u ta’limdagi tengsizlikni qisqartirishga xizmat qiladi. Chunki iqtidorli, ammo og‘ir sharoitda yashayotgan yoshlar uchun bunday imkoniyat yaratilishi ularning ijtimoiy harakatchanligini oshiradi. Yoshlarni “oltin fond”imiz deb bu darajada qadrlash, har biri o‘z yo‘lini topib, iste’dodini namoyon qilishiga ko‘maklashish bo‘lsa shuncha bo‘lar.

Shularni o‘ylay turib, bugungi yoshlarga tom ma’noda havas qilsa arziydi. Ular haqiqiy imkoniyatlar davrida yashayapti, ishtiyoqi qo‘llab-quvvatlanmoqda, ovozi eshitilmoqda. Bunday imkoniyatlarni bevosita ko‘rib-kuzata turib odamda yoshlik g‘ayrati jo‘sh urib ketarkanki, shoir aytganidek “Oh, sening yoshliging menda bo‘lsaydi!” deb xitob qivorarkansan kishi.

Men ilm-fan va ta’lim sohasida uzoq yillar faoliyat yuritgan inson sifatida shuni ishonch bilan ayta olamanki, bu imkoniyatlarning qadriga yetish, ulardan unumli foydalanish har bir yoshning o‘z qo‘lida. Chunki bugungi yoshlarning muvaffaqiyati – ertangi taraqqiyot garovidir. Endi yoshlar ixtiyorida bu imkoniyatlardan unumli foydalanish qolyapti. Shu sababli, ilm o‘rganing, izlaning, yangilik yarating va kelajak sizning qo‘lingizda ekanini aslo unutmang!

Oqil SALIMOV,
akademik

“Jadid” gazetasining 2025-yil 21-fevraldagi 8-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img88

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600