Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


22.08.2024 | 14:57

img291

QADAMING QUTLUGʻ BO‘LSIN, “TARAQQIYOT”

Matbuot – jamiyatning yuzidir. Hamma davrlarda ham odamzod sifatli axborotga muhtoj bo‘lgan. Ana shu ehtiyojni aynan mutolaa qondiradi. XX asr boshlarida jadidlar millatni uyg‘otish, odamlar dunyoqarashini kengaytirish maqsadida gazeta-jurnallar ochishdi. Ilk jurnal “Oyina”ning 1-soni 1913-yil 20-avgustda nashr etilgandi. Bu katta qadam edi.

Bizning taraqqiy etgan asrimizda ham matbuotning o‘rni beqiyos. Matbuotdagi materiallar tahliliy bo‘lgani uchun ham uning ahamiyati katta. “Oyina”ning 111 yilligi arafasida – 2024-yilda Vatanimizda “Taraqqiyot” jur­nalining ilk soni chiqa boshladi. Birinchi son poydevor demakdir. Poydevor mustahkammi, demak, bino baquvvat bo‘ladi. Nega bunday ishonch bilan gapir­yapmiz, chunki maqolalar o‘ta dolzarb va tahliliy. Kirish qismida Prezidentimizning yoshlarga oid fikrlari keltirilgan. Jurnal akademik Oqil Salimovning “Iste’dodlar – davlat qudrati, millat shon-shuhrati” nomli maqolasi bilan boshlangan. Unda “Yangilanayotgan O‘zbekiston – bu yangilanayotgan tafakkur, yangilanayotgan ong, butunlay yangi taraqqiyot yo‘lidagi fan-texnika maydonidir. Yangilanayotgan tafakkur, yangi tarixiy sharoitlarda yuzaga kelayotgan butunlay yangi milliy Uyg‘onish davri, tabiiy ravishda, yangi Renessans davri boshlanadi, deyishga asos bo‘ladi”, degan hayotiy xulosalar bor. Maqolani o‘quvchilarga yo‘riqnoma, yo‘lchi yulduz desak ham bo‘ladi. Dunyoda bo‘layotgan fik­riy kurashlar haqida so‘z borar ekan, unda ilm-u tafakkurga suyanib bahsga kirgan odam muzaffar bo‘lmog‘i aniqligi haqida so‘z boradi. Keyingi sahifadan Hamid Olimjonning “O‘zbekis­ton” she’ri o‘rin olgan.

Shuningdek, akademik Shuhrat Sirojiddinovning “Shiddatli islohotlar”, akademik Sadriddin Turobjonovning “Texnika va taraqqiyot uyg‘unligi yetuk kadrlarga bog‘liq”, Res­publika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanovning “Millatni uyg‘otish – uyg‘onganlarning vazifasi”, pedagogika fanlari nomzodi Dadajon Sayfurovning “Data Sciense” – ma’lumotlar ilmi mutaxassisi”, professor Xurshid Do‘stmuhammadning “Axbo­rot (madaniyati) asri va shaxs taqdiri”, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayevning “Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari”, professor Qiyom Nazarovning “Umum­bashariy muammolar, ma’naviy taraqqiyot va barkamol avlod tarbiyasi”, yozuvchi Shoyim Bo‘tayevning “Raqamli texnologiyalar genetik salohiyatni yuzaga chiqaruvchi zamo­naviy qulay imkoniyatning sirli tilsimidir”, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiy­si Bahodir Karimning “Behbudiy va yoshlar” maqolalari, No­dar Dumbadzening “Hellados” hikoyasi va boshqa maqolalar o‘rin olgan. Yuqorida sanalgan mualliflar­ning salohiyati, mavzular ko‘lamining kengligi, o‘quvchini o‘yga, mushohadaga, tafakkurga chorlaydigan salmoqli fikrlarning ko‘pligi jurnalning bugungi taraqqiy zamonida naqadar muhim ekanini anglatadi.

Ushbu nashrni mutolaa qilarkanmiz, “Taraqqiyot” o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarni ichdan his qilamiz. Uning maqsadi – mamlakatning ma’naviy taraqqiyotiga xizmat qilish. Yangi asrning yangi jurnali – “Taraqqiyot”ning poyqadami qutlug‘ bo‘lsin!

Zikrilla MAMATOV


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img78

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img595

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img593