Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


12.03.2025 | 12:50

img517

KORRUPSIYA – KELAJAKKA TAHDID

Xabar berilganidek, 5–mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda davlatimiz rahbari tomonidan tilga olingan muhim masalalar korrupsiyaga toqatsiz bo‘lgan har bir yurtdoshimizni befarq qoldirmasligi tabiiy.

Qamrov

Prezident ma’ruzasining korrupsiya bilan bog‘liq qamrovi shu qadar kengki, hatto, amaldagi qonunchiligimizda korruptsiyaviy jinoyatlarning aniq ro‘yxati yo‘qligini ham bilib oldik.

Korrupsiya nima?

Ochig‘ini aytganda, bugun hamma ham bu haqda aniq-tiniq tasavvurga ega, deb hisoblash juda qiyin. Chunki…

Bir ota torroq davrada: “O‘g‘lim yog‘li joyda ishlaydi”, debdi. “Qayerda ekan?”   so‘rashibdi davradoshlari qiziqib. Shunda u: “Korrupsiyada!” deb javob beribdi ko‘kragini kerib.

Tushunmaganlar: “O‘v!!!” debdi, tushunganlar: “Astag‘firulloh”. Tushunmaganlar tasavvurida: “Qo‘lga tushmagan o‘g‘ri – o‘g‘ri emas. Kim qayerda, qanday qilib pul topsa, qandini ursin!” degan mafkura hukmron bo‘lib ulgurgan. Tushunganlar esa davlatda “korrupsiya” degan “yog‘li” tashkilot bo‘lishi aslo mumkin emasligini, bu “o‘g‘il” davlatning korrupsiyaga qarshi kurash organida ishlashini yaxshi biladi.

Demak, yaqin-yaqinlargacha korrupsiyaga qarshi kurash olib borishi kerak bo‘lgan organlar ayrim vakillarining o‘zi aynan korrupsiya bilan shug‘ullanganidan dalolat beradi. Agar shunday bo‘lmasa edi, so‘nggi 8 yildan oshiqroq davr mobaynida qanchadan qancha sobiq mansabdorlar jinoiy javobgarlikka tortilib, qamoq jazosiga mahkum etilarmidi?

O‘z xizmat lavozimini suiiste’mol qilib, pora berish yoki olish,  vakolatlaridan foydalanib, o‘z manfaati, ya’ni pul topish, qimmatbaho buyumlar, moddiy mulkning boshqa turlarini qo‘lga kiritish yo‘lida jamiyat va davlat manfaatlariga zarar keltiradigan noqonuniy faoliyat olib borishga “korrupsiya” deyiladi.

Prezident ma’ruzasida korrupsiyaning oldini olish, uning omillari bilan ishlash uchun 117 ta vazirlik va idoradagi “korrupsiyaga qarshi ichki nazorat” tuzilmalarida 1 ming 285 xodim ishlayotgani aytildi. Lekin korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishda ularning o‘rni ham, mas’uliyati ham sezilmayotgani qayd etildi.

Shu bois yig‘ilishda mazkur vazirlik va idoralardagi “korrupsiyaga qarshi ichki nazorat” tuzilmalari rahbarlarini ishdan olish va ularning o‘rniga halol, fidoyi va professional kadrlardan qo‘yish, ularni oldiga aniq vazifalarni belgilab berish topshirildi.

Korrupsiyaga toqatsiz avlod tarbiyasi

Prezidentimiz jamoatchilik vakillari va nodavlat tashkilotlariga murojaat qilib: “Korrupsiyaga qarshi kurash – umummilliy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishidir. Umuman, bu jarayondan hech kim chetda turmasligi kerak”, deb ta’kidlaganlari bejiz emas. Jamiyat oldiga muhim vazifa ham qo‘yildi: “Islohotlarimiz natijadorligi avvalo, sadoqatli, fidoyi va korrupsiyaga toqatsiz yangi avlodga bevosita bog‘liq. Bu ishda fikri toza yosh avlodni tarbiyalash ustuvor vazifaga aylanishi shart”.

“Tarbiya” fani

Maktablarimizda ilgari o‘qitib kelingan “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” hamda “Dinshunoslik asoslari” fanlari birlashtirilib, “Tarbiya” fani joriy qilingan. Davlatimiz rahbari shu fan doirasida o‘g‘il-qizlarimizga halollik, birovning haqiga xiyonat qilmaslik kabi ezgu g‘oyalarni sodda tilda tushuntirib borish kerakligini ham alohida ta’kidladi.

Demak, davlat rahbari ilm-ma’rifatni korrupsiyaga qarshi eng asosiy yechim  sifatida ko‘ryapti.

Ongni o‘zgartirish  payti keldi

Ko‘rinib turibdiki, korrupsiyaning, katta yoki kichik bo‘lsin, har qanday ko‘rinishi amalda shaxs manfaatining jamiyat manfaatidan ustun kelishini bildiradi.

Biz, avvalo, odamlarning ong-tafakkuridagi korrupsiyaga moyillikni siqib chiqarishimiz, Prezidentimiz da’vat etayotganidek,  hammamiz shu g‘oya atrofida birlashib, yakdillik bilan kurash olib borishimiz  lozim.

Korrupsiyaning  o‘q ildizlari

“Korrupsiyani yengish uchun birinchi navbatda uning ortiqcha hashamat va dabdaba degan “o‘q ildizlarini” quritishimiz shart”, dedi Prezident.

Holbuki, muqaddas islom  ta’limotida ham, boy milliy merosimizda ham, demokratik jamiyat qonunlarida ham hech kimga boyligini dabdababozlik va hashamat tarzida pesh qilishiga izn berilmaydi.

“Eng achinarlisi, bunga taniqli shaxslar bosh-qosh bo‘lyapti, odamlar ularga tenglashaman deb o‘zini “o‘qqa-cho‘qqa” uryapti. Bu borada ayrim rahbarlar o‘zining kamtarona turmush tarzi bilan barchaga namuna bo‘lish o‘rniga, bunday soxta qadriyatlar asiriga aylanib, noqonuniy daromad topishga intilayotgani ham bor gap”, dedi yana Prezident.

Shu bois davlatimiz rahbari parlament palatalari, mahalliy kengashlar, jamoatchilik vakillari, mahalla raislari, nuroniylarni bu masalaga bosh-qosh bo‘lib, aholi orasida tushuntirish ishlarini kuchaytirishga chaqirdi.

Chindan ham, to‘y-hashamlarimizdagi dabdabalar jamiyatimizda nosog‘lom musobaqaga aylanib ketyapti. Bu bunga qurbi yetmaydigan or-nomusli kishilarni ruhan og‘ir ahvolga solib  qo‘yyapti. Hatto, ko‘pchilik buni ongli hayotining asl mazmuni darajasida bilib, topgan-tutganining katta qismini shunga sarf etishi isrofdan boshqa narsa emas. Ayni shu maqsadlar uchun korrupsiyaga qo‘l urayotganlar ham topiladi.

Davlat rahbari bir yilda xalqimiz qo‘lidagi 43 milliard so‘m mablag‘ shu dabdabalarga sarflanganini aytdi. Bir qalamkash sifatida: “Bunga nechta kitob sotib olsa bo‘ladi? Nechta kitob chiqarish mumkin?  Qancha uy-joy quriladi? Boringki, qancha texnika, ishlab chiqarish qurollari sotib olish imkoni bor?” deb o‘ylab qoldim.

35 ming dollarlik tort

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda bir to‘y uchun 3 hafta mobaynida tayyorlangan balandligi 4 metr keladigan 35 ming AQSh dollarlik tort ko‘rsatildi.

Bir tomoni – demokratiya: har kimning ixtiyori o‘zida. Ikkinchisi – bozor iqtisodiyoti: topgan pulini nimaga sarflash – har kimning o‘z xohishi. Shuning uchun qonunan bunga qarshi hech qanday chora ko‘rish imkoni bo‘lmasligi mumkin. Lekin “jamoatchilik fikri” degan tushuncha ham bor-ku. 

Birinchidan, bu dabdaba bilan to‘y egasi nimani isbotlamoqchi? Nimani ko‘z-ko‘z qilmoqchi? Ikkinchidan, bir to‘yda uydan ham  katta tort iste’mol qilinarmikan? Uchinchidan, tort qurg‘urni bir kundan keyin yesangiz, zaharlanishingiz mumkin. 21 kun mobaynida tayyorlangan tortning salomatlikka zarari yo‘qligiga kim kafolat beradi? Hech bir davlat idorasining to‘yxonalarda tortilayotgan noz-ne’matning sanitariya-gigiyena talablari mos kelish-kelmasligini nazorat qilish huquqi  yo‘qmi?  Axir, to‘yga shu davlat fuqarolari keladi-ku.

Savollar ketidan savollar yog‘ilaveradi.

Nega yana orqaga qaytdik?

Kovid pandemiyasi bashariyat boshida og‘ir sinov edi. “Har yomonning bir yaxshi tarafi bo‘ladi”, deganlaridek, o‘sha davrda to‘y-ma’rakalar binoyidek ixchamlashib qolgan edi. Bir og‘aynim o‘sha kunlari o‘g‘lini kam kishi bilan  to‘y qilib, uylantirib, shu maqsadda oldindan yig‘gan mablag‘iga kelin-kuyov uchun kreditga ikki xonali yangi uy olib berganini aytib, quvongan edi.

Afsuski, kovidni unuta borganimiz sari to‘y-ma’rakalardagi tejamkorlikni ham yana esdan chiqardik. Hashamdorlik va dabdababozlik qaytadan katta illatga aylanib ulgurdi. Bugun taraqqiyotimizga to‘siq bo‘lib turibdi.

To‘y-ma’rakalarni ixchamlashtirish borasida bir asrdan buyon kurashiladi. Buxoro amirligining so‘nggi hukmdori Said Olimxon bu borada qattiq farmon chiqargan, jadid bobolarimiz qancha meros qoldirgan edi. Keyin ham bu bo‘yicha ko‘p qonunosti hujjatlari qabul qilindi, komissiyalar tuzildi. Ammo bu illatdan qutulganimiz yo‘q.

Yurtboshimizning ayni da’vati bizni xalq sifatida yana bu o‘ta muhim masalaga munosabatimizni bozor iqtisodiyoti va demokratiya talablari asosida tubdan o‘zgartirishga undaydi.

Yaqin o‘tmishni qo‘ya turaylik, buyuk Navoiy bobomiz soxta shon-shuhrat qozonish uchun hovuchlab gavhar sochmoqdan xasislik yaxshiroq, deb hisoblaydi. Shoir och qolib, boylarga dasturxon yozadiganlarni ham qattiq qoralaydi:

       Yoyar anga supraki, ul och emas,
       Berur anga to‘nki, yalang‘och emas.
       Ot anga tortarki, yuz ilqisi bor.

Elga to‘y-tomosha qilib berish uchun nuqul tamagirlik payidan bo‘lib, xalq boyligiga ko‘z olaytirgan kimsalarni ham qoralaydi:

Bergali olmoq ishidin bo‘l yiroq,
Bermak uchun olmag‘aning yaxshiroq, –

deydi. Bu bayt quloqlarimizda xuddi bugun aytilgandek jaranglayotganiga qoyil qolmay iloj yo‘q.

Ilm-ma’rifatga yuksak e’tibor berilayotgan hozirgi zamonda biz peshona teri bilan topgan mablag‘imizni to‘y-tomoshaga emas, farzandlarimizning kelajagi, ilm olishi, zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rganishiga sarflaylik. To‘y-hasham dabdababozligi musobaqasini ilm-ma’rifat musobaqasiga aylantiraylik.

Ehtimol, aytish noqulayroqdir, lekin rahmatli ota-onamizning zurriyod-u kelin-kuyovlari orasidan 19 ta dissertatsiya yoqlandi. Shuning 16 tasi 2018-yildan keyin, ya’ni O‘zbekistonimizda ilmiy darajalar olish uchun dissertatsiyalar yoqlashning oqilona tizimi yaratilganidan keyin himoya qilindi. Axir, shungacha amalda mamlakatimizda dissertatsiya yoqlash boshi berk ko‘chaga kirib qolgan, ilmiy darajasi bor kadrlar defitsiti avjiga chiqib ulgurgan edi.

Prezidentimiz  qayta-qayta uqtirib kelayotganidek, jamiyatni ilm-ma’rifatgina olg‘a yetaklaydi. Boshqa najot yo‘li yo‘q.

Mamlakatimizda ilm-ma’rifat musobaqasi boshlangan. 2024-yili maktablarimiz bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasasiga kirish reytingi o‘tkazildi. Dastlabki 20 ta o‘rinni egallagan maktablar e’lon qilindi. Masalan, Qiziltepa tumanidagi 25-maktab bitiruvchilarining 90 foizi, Navbahor tumanidagi 30-maktab bitiruvchilarining 87 foizi, Oqdaryo tumanidagi 52-,  Asakadagi 11-,  Chustdagi 52-, Gʻijduvondagi 63- hamda   Paxtaoboddagi 21-maktab bitiruvchilarining 85 foizi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirgan.

Bu qanday go‘zal statistika!

Bizningcha, shu maktablar, shunday ilg‘or tuman va shaharlar tajribalarini mamlakat bo‘ylab ommalashtirish, har yili shunday maktablar, tuman va shaharlarni rag‘batlantirish lozim.

Eshikdan quvsang, teshikdan…

Korrupsiya – shunday shaytoniy illatki, uni eshikdan quvsang, teshikdan kiradi. Ya’ni, unga qarshi kurashni bir kun ham to‘xtatib bo‘lmaydi. Davlat korrupsiyaning tomirini qirqishi kerak. Aniqrog‘i, oqibatni emas, sababni yo‘qotish lozim. Bu xuddi kasalni davolash emas, uning oldini olishga o‘xshaydi.

Shuning uchun davlatimiz rahbari: “Barchamiz yaxshi tushunamiz, korrupsiyaga qarshi kurash jarayoni hech qachon aniq muddat bilan cheklanmaydi”, dedi. 

Tozalanayotgan oliy ta’lim

Xalq sifatida korrupsiyaga qarshi kurashning dastlabki shirin mevalarini totyapmiz.

Bir haqiqat shuki, jamiyatda nima kamchil, ya’ni defitsit bo‘lsa, korrupsiyaga keng yo‘l ochiladi. Yaqin yillarda bitiruvchilarning 9 foizigina oliy ta’lim muassasasiga kirish imkoniga ega edi. Bu, tabiiyki, o‘qishga kirish jarayonidagi korrupsiyaga keng yo‘l ochdi. Keyin “supershartnoma” nomi bilan poraxo‘rlikning ikkinchi “bosqichi” avj oldirildi. O‘qish jarayonida yana kichik poraxo‘rliklar ham to‘xtamadi.

Keyingi yillarda oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurash yo‘lida bir necha muhim qadamlar tashlandi. Birinchisi – kirish uchun yetarli ball to‘plolmagan abituriyentlarga birinchi o‘quv yili uchun nisbatan kattaroq shartnoma miqdori belgilandi. Bu ham ball qancha yetmaganiga qarab oshib yoki kamayib boradigan qilindi. Ikkinchisi – kvotalar oshirildi. Davlat oliy ta’lim muassasalari soni ham ko‘paydi. Xorijiy oliy ta’lim muassalari filiallari ochildi. Uchinchisi – abituriyent kirish testini topshirganidan keyin amalda bir emas, bir yo‘la beshta oliy ta’lim muassasasiga kirish imkoniga ega bo‘ldi. Ya’ni, to‘plagan bali bittasiga yetmagan bo‘lsa, boshqasiga kiradi. To‘rtinchisi – nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga keng yo‘l berildi. Xususiy sarmoya oliy ta’lim tizimiga ham kirib keldi.  Kechagina mamlakatdagi jami oliy ta’lim muassasalari  soni 65–70 tani tashkil etar edi. Bugun nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining o‘zi 65 ta! Beshinchisi – 2019-yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1030-sonli qarori bilan oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarda mehnat qilayotgan ilmiy darajasi bor mutaxassislarga bir yillik ilmiy-metodik faoliyati uchun qo‘shimcha haq to‘lash joriy etildi. Fan nomzodi yoki falsafa doktori ilmiy darajasi borlarga 30, fan doktorlariga esa 60 foizgacha keyingi yil davomida haq to‘lanyapti.

Yaqin kelajakda bitiruvchilarning 50 foizi oliy ta’lim muassasasi yoki tashkilotiga o‘qishga kiradigan bo‘ladi.

Bularning bari poraxo‘rlikning tomirini qirqishga xizmat qilyapti.

Yashirin iqtisodiyotga barham berish zarurati

Imtiyozli sohalarni soqit qilganda, qonuniy daromad topgan har qanday fuqarodan belgilangan tartibda daromad solig‘i undiriladi. Davlat byudjeti shu asosda shakllanadi.

Ma’ruzada tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib, ishlab chiqarishi yoki xizmatlarni tashkil etishda bir necha ishchi kuchidan foydalanib kelayotgani ehtimoli bo‘la turib, minglab korxonada biror nafar xodim ham ishlamasligini, yana minglab korxona 2 yoki 1 nafar ishchiga maosh to‘layotganini ko‘rsatganidan kelib chiqib, bu soliq idoralari yashirin iqtisodiyot bilan sust ishlayotganidan dalolat berishi ta’kidlab o‘tildi.

Investitsiya va korrupsiya

Taraqqiyotdan orqada qolgan hech bir davlat investitsiyasiz rivojlana olmaydi. Korrupsiya esa mamlakatga investitsiya kirib kelishining ham yo‘lini to‘sadi. Shuning uchun ham: “…Jinoyatchilik jilovi mahkam bo‘lgan, xavfsiz joyga investor ko‘proq mablag‘ kiritadi, odamlarimizning ishonchi yanada ortadi”,  dedi Prezident.

Davlat rahbari bu boradagi muammolar va ularning yechimlarini tahlil qilar ekan, adolatli fikrni bayon etdi: “Oldingi 25 yil davomida bu tushunchalar bizga yot edi. Ko‘rib ko‘rmaslikka olinardi. Bularni hech biri o‘zidan o‘zi bo‘lgani yo‘q. Hammasiga mashaqqatli mehnatimiz bilan erishdik. Eng muhimi, bularning hisobiga aholi, tadbirkorlar, xorijiy hamkorlarimiz, xalqaro tashkilotlar va investorlarning islohotlarimizga ishonchi mustahkamlandi. So‘nggi yetti yilda 120 milliard dollardan ortiq investitsiya kirgani, iqtisodiyotimiz 2 karra o‘sib, o‘tgan yili 115 milliard dollarga yetgani buning yaqqol isboti emasmi?”

Oqibat emas, sabab bilan kurashish ustunligi

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, yo‘l harakati xavfsizligi inspektorlari “bodi-kamera” bilan xizmat o‘tayotgani, avtoraqamlar auksionda sotilayotgani, “qo‘l radari” va qog‘oz bayonnoma tuzish bekor qilingani uchun korrupsiya omillari keskin kamaydi.

Bugungi kunning farqiga boraylik!

Dunyoda eng yomon narsalardan biri – davrdan orqada qolish. Bu amalda o‘zgargan zamonda ham eski, ya’ni qoloq tushunchalar bilan yashashni anglatadi.

Prezident aynan shu muammoni ko‘tardi. U kishi mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlikni qadrlash, kechagi kun bilan bugungi kunning farqini yaxshi tushunish, mahallada, to‘y-ma’rakada ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, halollik va shukronalik bilan hayot kechirishni tushuntirish ishlari bo‘yicha jamiyatimizda yaxshi tajribalar yetishmasligini afsus bilan qayd etdi.

Yangilangan ish usuli

Bundan buyon sektorlar faoliyati bilan prokuror, ichki ishlar va soliq shug‘ullanmaydigan, ularning o‘rniga endilikda Bosh vazir o‘rinbosarlari o‘ziga tegishli sohalar  kuchi va tizimi bilan shug‘ullanadigan bo‘ldi.

Og‘riqli yerimiz

Ma’ruzada korrupsiyaviy jinoyatlarning 75 foizi tuman va mahallada maishiy korrupsiya shaklida sodir bo‘layotgani qayd etildi. Masalan, infratuzilmaga ulanish, litsenziya olish, imtiyozli kredit ajratish, ishga qabul qilish, malaka oshirish kabi yo‘nalishlarda korrupsiya omillari ko‘p.

To‘g‘ri proporsionallik

Mamlakat taraqqiyoti va korrupsiyaga qarshi kurash – bir-biriga chambarchas bog‘liq, ya’ni  to‘g‘ri proporsional. Korrupsiya yo‘q yoki kam davlatdagina yuksak taraqqiyotga erishiladi. Bu – oddiy haqiqat.

Shavkat Mirziyoyev Prezident sifatida O‘zbekistonni kelajagimizga og‘ir tahdid hisoblanadigan korrupsiyadan xoli mamlakatga aylantirish borasida izchil kurashning tashabbuskori bo‘lib kelyapti. Bu tarixiy va muqaddas vazifa hisoblanadi. Chunki davlat korrupsiyaga qarshi kurashning tashabbuskori ham, buyurtmachisi ham, ijrochisi ham, nazoratchisi ham bo‘lishi zarur. Biroq: “Ushbu masalada faqat davlatning sa’y-harakati bilan kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi. Bu – butun jamiyatimizning ishi”,  dedi davlatimiz rahbari.

Yangi davr har birimizning Vatan va xalq taqdiri uchun hayot-mamot masalasi bo‘lmish shu ezgu ishga kamarbasta bo‘lishimizni taqozo etadi.

Sultonmurod OLIM,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi

“Jadid” gazetasining 2025-yil 7-martdagi 10-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img68

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img587

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img584