Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


11.04.2024 | 16:03

img1217

ORZU VA HARAKAT – KELAJAKKA YO‘LDIR

Bugungi kunda dunyoning eng nufuzli universitetlarida va kompaniyalarida o‘zbekistonlik yoshlar borligi, ular o‘z bilimi, salohiyati bilan boshqa tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgani kishini quvontiradi.

Ana shunday insonlardan biri Baxtiyor Komilov. U ta’minot zanjiri va logistika bo‘yicha katta mutaxassis. Qahramonimizni suhbatga tortdik.

– Baxtiyor aka. Muvaffaqiyatlaringizni eshitgan yurtdoshlarimizning ko‘ksi g‘ururga to‘lmoqda. Avvalo, o‘zingiz haqingizda qisqacha…

– Men Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida tug‘ilganman. Bugungi kunda AQShda ta’minot zanjiri va logistika mutaxassisligida faoliyat yuritaman. Bolaligimdan til o‘rganishga qiziqqanman. Odam bekorga orzu qilmas ekan, mana, niyatlarim ro‘yobini ko‘rib turibman.

– Bugungi natijalar bolalik orzulari hosilasi deysiz-da?!

– Albatta, bolaligimiz hamma qatori o‘tgan. Teng-to‘shlar turli rejalar, niyatlar qilardik. “Katta bo‘lsam…”, deya, turli orzularga berilardik. Men doimo nufuzli kompaniyalarda ishlashni orzu qilardim. Tengdoshlarim bilan niyatlarimiz ijobati yo‘lida ko‘p intilardik. Maktabda a’lo baho olishga qiziqardik. Hatto o‘zaro raqobat qilardik. Albatta, yaxshi ma’noda. Kim ko‘p kitob o‘qish, a’lo baho olish va hokazo. Eng sevimli kitoblarim sarguzasht asarlar bo‘lardi.

– Sevimli asarlaringiz qahramonlarining biror sarguzashti hayotingizda ham aks etganini his qilganmisiz?

– Qaysidir ma’noda shunday desa ham bo‘ladi. Litseyda o‘qib yurgan kezlarim ingliz tilini o‘rganishga qiziqdim. Ancha mehnat-u mashaqqat bilan uni o‘zlashtirdim. Harakat qilgan odam rohatini ham ko‘rarkan. Shu sabab bo‘lib, Janubiy Koreyadagi nufuzli oliygoh, ya’ni Chonnam milliy universitetida iqtisodiyot bo‘yicha biznes boshqaruvi yo‘nalishida kichik ixtisoslik bilan to‘liq stipendiya asosida o‘qishga qabul qilindim. U yerda bilimlarimni oshirdim. Bakalavrda o‘qish davomida iqtisod, ta’minot zanjiri va logistika yo‘nalishida ish tajribamni orttirib bordim. Bakalavr tugagach, o‘zim o‘qigan universitetda MBA darajasini olish uchun o‘qishga kirdim. Bu davrda ham imtiyoz asosida tahsil oldim. O‘qish davomida turli xil katta kompaniyalarda tajriba orttirish uchun amaliy tashriflar qilib, ta’minot zanjiri va logistika sohasida Janubiy Koreya tajribasini o‘rgandim. Shuningdek, Harvard va boshqa nufuzli universitetlarda tahsil olgan professorlardan zarur bilimlar oldim. 2022-yilda AQShning Missuri-sent-luis universitetida ikkinchi MBA dasturiga qabul qilinib, “Supply Chain Management” bo‘yicha sertifikatga ega bo‘ldim. U 50 foiz stipendiya bilan qoplandi. Aytganingizdek, ilm ortidan dunyoning rivojlangan davlatlarida yashadim, yashayapman. Shu ma’noda sevimli asarlarim qahramonlari va dunyoning yetuk insonlari kabi ko‘zlagan maqsad sari dadil odimlab, yo‘lda duch kelgan muammo va to‘siqlarni qat’iyat ila yengib o‘tayotirman. Shularning o‘zi ajoyib sarguzasht, men sizga aytsam…

– Ayrim odamlar o‘zi yashayotgan hududdan boshqasiga borishga hayiqadi. Sababi turli. Moliyaviy masalalar, muhit va hokazo. Siz dunyoning rivojlangan davlatlarida o‘z o‘rningizni topish haqida o‘ylaysiz, shu maqsadda harakat qilasiz. Tabiiyki, bu oson bo‘lmagan. Qiyinchiliklar ham shunga yarasha bo‘lsa kerak…

– Qiziq savol. Menimcha, hech qaysi muvaffaqiyat qiyinchilik va mashaqqatsiz bo‘lmaydi. Men ham o‘qib, ham ishlaganman. Universitetning Xalqaro ofisida ishlab o‘zimni moliyaviy ta’minlardim. O‘zim ko‘p qiynalganim uchun ish jarayonida xalqaro talabalarni qo‘llab-quvvatlashga intilardim, ularga yordam berardim. Volontyorlik qilardim. Ishlashning bir tomoni yaxshi, ham pul topasan, ham yaxshi-yomonni ko‘rasan. Ehtimol, o‘sha qiyinchiliklar bo‘lmasa, men ham bu darajaga erisholmasmidim.

– To‘g‘ri, ish insonni har jihatdan chiniqtiradi. Sizni bugungi darajaga olib chiqqan muvaffaqiyatli ish faoliyatingiz ko‘pchilikka qiziq.

– Bakalavrni tugatgach magistraturada o‘qish jarayonida onlayn ravishda ish tajribamni oshirib bordim. Qolaversa, Janubiy Koreyada MBA bosqichini tugallash oldidan, mahalliy stomatologiya asbob-uskunalari ishlab chiqaruvchi kompaniyada global savdo va logistika bo‘yicha mutaxassis lavozimida ishlay boshladim. Ushbu vazifada ishlash jarayonida xalqaro strategik hamkorliklarni rivojlantirishga va mahsulotlarning Yevropa, Osiyo va Rossiyaga eksportini ta’minlashga hissam qo‘shildi. AQShdagi o‘qishni tamomlashdan oldin Missuri shtatidagi eng tez rivojlanayotgan logistika kompaniyalaridan biri bo‘lgan ITF Groupning HaulerHub loyihasida “Onboarding va Compliance menejeri” lavozimiga ishga qabul qilindim. Bu lavozimda Haulerhub platformasiga o‘z hissamni qo‘shib, 2000 dan ortiq transport kompaniyalarini HaulerHub tizimiga integratsiyalashda yetakchi rol o‘ynadim. Logistika operatsiyalarini sezilarli darajada soddalashtirishda ishtirok etdim. Bundan tashqari, yuk tashish bilan shug‘ullanadigan kompaniyada konsalting faoliyati bilan shug‘ullandim.

– Yirik kompaniyalarda to‘plangan tajriba keyingi faoliyat davomida ham, albatta, qo‘l keladi. Sizning omadli karyerangizga ko‘pchilikning havasi keladi. Keyingi rejalar qanday?

– Hozirda o‘z yuk tashish kompaniyamni va yangi platformani ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘ryapman. Bu tizimni 2025-yilning ikkinchi choragidan ishga tushirishni rejalashtirganmiz. Tag‘in, omborlarda talabni prognozlash va inventarizatsiyani boshqarishni yaxshilash uchun sun’iy intellektdan foydalanadigan innovatsion platformani ishlab chiqish niyatidaman.

– Bunday natijalar poydevori…

– Albatta, bilim, intilish, harakat. Maqsad yo‘lidan qaytmaslik kabi omillarni sanashim mumkin.

– Ayting-chi, kelajak kasblari sifatida qaysi sohalarni ko‘rasiz?

– Hamma zamonning taraqqiy etgan kasb-u hunari bo‘ladi. Bugun, bizning asr – texnika asri. Sun’iy intellekt ham jadallik bilan rivojlanmoqda. Bunga moslashishga majburmiz. Zamonaviy kasblarni o‘rganish insonga imkoniyatlar eshigini ochadi. Uning jamiyatda muhim o‘rin topishiga xizmat qiladi. Zamonaviy kasblar bugunimiz va kelajagimiz. Shu ma’noda, zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellekt asosida avtomatlashgan kasb-hunarlarni puxta o‘zlashtiravergan ma’qul, deb o‘ylayman.

– Bugungi yoshlarga qarab, nimalarni tavsiya qilishni va qanday maslahatlar berishni istardingiz?

– Inson qaysi sohani sevib, unga borini bersagina natijaga, muvaffaqiyatga erishadi. Yoshlarga orzu qilishdan to‘xtamang, bu yo‘lda mehnatdan tolmang, bir kuni, albatta, natijasini ko‘rasiz, degim keladi.

– Qimmatli vaqtingizni ayamaganingiz va mazmunli suhbat uchun rahmat.

“Jadid” gazetasi muxbiri
Zikrilla MAMATOV suhbatlashdi.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img119

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img145

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img336