14.03.2025 | 17:37
443
OLMAZORDAN FAZOGA
Toshkent shahri Olmazor tumanida muhandislik va texnologiyalar yo‘nalishidagi innovatsion loyihalar bo‘yicha press-tur tashkil etildi.

Olmazor tuman hokimligi bilan hamkorlikda ”NazarX Research and Development Center” tomonidan yoshlarni ilm-fan va muhandislik sohalariga jalb etish maqsadida ”DreamSat” va ”TechnoCamp” loyihalari amalga oshirilmoqda. ”DreamSat” loyihasi 2023-yil fevral oyida start olgan bo‘lib, maktab bitiruvchilariga robototexnika, 3D modellashtirish, elektronika va kosmik tadqiqotlar bo‘yicha ta’lim beriladi. Avvalroq mazkur loyihaning yakuniy bosqichida ishtirokchilar kichik sun’iy yo‘ldoshlar yasab, ularni Navoiy shahridan geliy-shar yordamida 45-47 km balandlikka uchirishga muvaffaq bo‘lishgan.
278-maktab o‘quvchisi Javhar Bahodirov ushbu loyiha doirasida yaratgan sun’iy yo‘ldosh loyihasi bilan Turkiyada o‘tgan ”VI Turk Dunyosi Bolalari Ilm-Fan” festivalida 1-o‘rinni egallagan.
”TechnoCamp” loyihasi 2024-yil yanvar oyida Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 412 nafar iqtidorli o‘quvchi saralab olingan. Ishtirokchilar raketalar yaratish, avtomobilsozlik, aviatsiya modellashtirish, kiberxavfsizlik kabi yo‘nalishlarda tahsil olishmoqda.
Bugun bu loyihalar orqali yuzlab yoshlar xalqaro va mahalliy universitetlarda muhandislik bo‘yicha tahsil olmoqda. Olmazor tumani yoshlari kelajak muhandislariga aylanmoqda!
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
110
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
142
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
333



