Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


03.06.2025 | 08:58

img355

MUDOFAA SANOATIDA INNOVATSIYA

Innovatsion loyihalar har qanday sohaning taraqqiyoti va barqaror rivojlanishida muhim kalit vazifasini o‘taydi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda mudofaa sohasini isloh qilish, milliy armiyamizning jangovar salohiyatini mustahkamlash, uni zamonaviy texnologiyalar asosida qayta shakllantirish bo‘yicha ulkan loyihalar amalga oshirilmoqda.

Natijada qo‘shinlarimiz zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnikalar bilan butlanib, Yangi O‘zbekistonning mustaqilligi va suvereniteti, xalqimiz xavfsizligi va farovonligini ta’minlashga qodir bo‘lgan professional armiya yaratildi. Qurolli Kuchlar tarkibidagi harbiy qism va muassasalarda zamonaviy qurol-yarog‘, maxsus texnika va axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlash ishlari tizimli va muntazam amalga oshirilmoqda. Shuningdek, harbiy kadrlar tayyorlash tizimida ilmiy va amaliy yondashuvlarga alohida e’tibor berilayotir.

Harbiy-texnik sohada 50 ga yaqin davlatlar bilan hamkorlik o‘rnatilib, 30 dan ortiq ilg‘or xorijiy kompaniyalar bilan shartnomalar imzolandi. 40 ta mahalliy korxona bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari 155 taga yetkazilib, xizmat ko‘rsatish 2,5 barobarga oshirildi.

Dunyodagi eng so‘nggi va zamonaviy texnologiyalar, avvalo, harbiy sohadagi izlanish va tadqiqotlar natijasida yaratilgan. Shu bois, innovatsion g‘oyalarni sinash, yoshlar o‘rtasida texnologiyalarga qiziqishni oshirish va muhandislik sohasiga yo‘naltirish hamda mahalliy korxonalarni mudofaa sanoatiga jalb qilish maqsadida “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali o‘z faoliyatini boshladi.

Pavilonda tashkil etilgan ko‘rgazmada davlat va xususiy sektor vakillari, mudofaa sanoati korxonalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va muhandislik markazlari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion loyihalar, yangi modeldagi harbiy texnikalar, qurol-yarog‘ tizimlari, intellektual boshqaruv mexanizmlari va yuqori aniqlikdagi qurollar namoyish etiladi. Shuningdek, milliy mudofaa salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotgan mahalliylashtirilgan ishlab chiqarish texnologiyalari, eksportbop mahsulotlar ham alohida diqqat markazida bo‘ladi.

Shuningdek, ko‘rgazma doirasida ishtirokchi kompaniyalar o‘rtasida “B2B” formatidagi biznes uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu tadbirlar yangi loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Festival doirasida yoshlar o‘rtasida “Kibersport”, “Xakerlik ustasi”, “Dasturlash”, “3D modellashtirish texnologiyalari”, “Robotlar jangi”, uchuvchisiz uchish apparatlarini loyihalashtirish, “Raketamodel”, “Dron reysing” hamda “Kelajak transport texnologiyalari va robototexnikasi” kabi yo‘nalishlarda musobaqalar ham qizg‘in ruhda kechishi kutilmoqda.

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan mazkur hududda bolalar uchun ko‘rgazmali namoyishlar, amaliy mashg‘ulotlar, ko‘ngilochar dasturlar hamda turli sport musobaqalari bo‘lib o‘tadi.

Festival yosh avlodni ilmiy-texnik ijodkorlikka keng jalb etish, ularning salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va kelajak mutaxassislarini tarbiyalashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Bobur ELMURODOV,
kapitan

“Jadid” gazetasining 2025-yil 30-maydagi 22-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img99

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img136

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img328