Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.04.2024 | 13:36

img333

EGACHI

“O‘zbek xalq shevalari lug‘ati”da yozilishicha, ba’zi shevalarda “egachi” (“әkәji”, “egәch’”) deb akaning xotini, ya’ni yangaga nisbatan aytiladi. Ammo adabiy tilda, shuningdek, ayrim shevalarda “egachi” deganda “opa” tushuniladi: “egachi-singil” – “opa-singil”. Bu so‘z “ega” so‘zidan yasalmagan, “Devon-u lug‘otit-turk”da “ӭkā” so‘zi bor va u shunday izohlangan: “ӭkā – opa. O‘g‘uzlar ӭzā deydilar”. Ba’zi o‘zbek shevalarida bu so‘z “acha”, “eja”; qirg‘izlar ham “opa”ni – “eja” deydilar. “Boburnoma”da Bobur bu so‘zni “aka” shaklida qo‘llaydi, ammo “Mo‘g‘ullarning sirli tarixi” asarida “ākā” so‘zi “ona” ma’nosida qo‘llangan. “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”da Sh.Rahmatullayev “egachi” so‘zini: “akaning xotini, yoshi katta xotinga ayol kishining murojaat so‘zi. Bu so‘z qadimgi turkiy tildagi “opa” ma’nosidagi “ӭkā” so‘zidan e’zoz­lash ma’nosini ifodalovchi “-chi” qo‘shimcha bilan hosil qilingan”, deb izohlaydi. Ammo “Devon-u lug‘otit-turk”da “ӭkāch” shakli ham bor va u shunday izohlangan: “ӭkāch – o‘zining ortiq siyrakligi bilan odamlarga xuddi o‘z singlisidek tuyuluvchi yosh qiz; bu so‘z yosh qizlarni sevish, erkalash uchun qo‘llanadi”. Bu izohdan “-ch” qo‘shimchasining kichraytirish, erkalash ma’nosi ham borligi anglashiladi. “Mo‘g‘ullarning sirli tarixi” obidasida turkiy so‘zlarning ko‘pligi haqida avvalgi maqolalarda ham aytgan edik, asarda “opa” ma’nosida bir necha o‘rinda aynan “egachi” (āgāči) so‘zi ishlatilganini ko‘rish mumkin. Xususan, Chingizxon tatarlar ustidan g‘alaba qozonib, tatar Yeke-Cheren (Yākā Čārān)ning qizi Yesugan xotun (Yāsügān qatun)ga uylanmoqchi bo‘ladi. Shunda Yesugan Chingizxonga: “Mening Yesuy ismli opam bor (āgāči Yāsui), xon mendan oldin opamga uylansa…”, deb opasini ham xonga taklif etadi. Asarning hozirgi mo‘g‘ul tiliga qilingan tabdilida asliyatdagi: “Mening egachim Yesuy” – “miniy egch Yesuy”, deb o‘girilgan, ya’ni hozirgi mo‘g‘ul tilida ham turkiy “egachi” – “opa” ma’nosida “egch” shaklida qo‘llanadi.

Alqissa, “egachi” – “opa”ning sinonimi, “-chi” qo‘shimchasi e’zozlash, erkalash ma’nosida, ba’zi shevalarda akaning xotiniga nisbatan ham “egachi” deb aytilishini esa hurmat yuzasidan, deb tushunish mumkin.             

Abduvohid HAYIT

“Jadid” gazetasi 2024-yil 8-mart 11-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img606

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img604