01.04.2025 | 15:30
1245
Abdulla Qodiriy asarlari bo‘yicha tanlov
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi Abdulla Qodiriy tavalludi munosabati bilan ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:
🔹 “Qodiriy asarlari qahramonlariga maktub” – bu yo‘nalishda ishtirokchilar Abdulla Qodiriy asarlaridagi har qanday qahramonga xayoliy maktub yo‘llashlari mumkin. Maktubda o‘sha davr voqealari, qahramonning taqdiri, bugungi zamon bilan qiyosiy tahlil va shaxsiy mulohazalarga o‘rin berilishi maqsadga muvofiq.
🔹 “Qodiriy asarlarida milliylik ifodasi» – bu yo‘nalishda ishtirokchilar maqola yoki badiiy-publitsistik esse shaklida Qodiriy asarlaridagi milliy ruh, urf-odatlar, xalqona tafakkur, tarixiy obrazlar va ularning bugungi kundagi ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bayon etishlari mumkin.
🔹 “Teatr – ibratxona: Qodiriy qahramonlari jonlanganda” – bu yo‘nalish sahna ko‘rinishlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ishtirokchilar Qodiriy asarlaridan sahna asari tayyorlashi talab etiladi. (Video davomiyligi 3-4 daqiqadan oshmasligi, hajmi esa 250 MBdan katta bo‘lmasligi lozim.)
📅 Tanlov uchun ijodiy ishlar 6-aprelgacha qabul qilinadi, natijalar 10-aprel kuni e’lon qilinadi.
🏆 G‘olib va sovrindorlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
📞 Qo‘shimcha ma’lumot olish va ijodiy ishlarni topshirish uchun:
📲 Telefon: +998977443731
📩 Telegram: @Laziza_Naz
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
86
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
325



