05.04.2025 | 15:07
385
O‘zbekistonda “Manara” markazining filiali faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
4-aprel kuni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Abu-Dabidagi “Manara” Hamjihatlikda yashash va mintaqaviy muloqot markazi bilan hamkorlikda “Muloqot, hamjihatlik va istiqbol” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov ochdi. Davra suhbatida «Manara» markazi rahbari doktor Ali Roshid al-Nuaymiy ham so‘zga chiqib, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholadi.

“Ikki davlat o‘rtasidagi istiqbolli rejalar amalga oshirilmoqda. Bu mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, hamjihatlik va hamkorlik aloqalari ravnaq topishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan barpo etilayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi islom olami uchun juda katta voqelik bo‘ldi. Bu muhim tashabbus O‘zbekistonni yanada dunyoga tanitadi, ko‘plab olimlar, mehmonlar va ilm ahlini bir yerga to‘playdi. Markazning ochilishi mamlakat taraqqiyoti va yanada barqaror rivojlanishi uchun tamal tosh vazifasini o‘taydi, deb o‘ylayman.
Hurmatli Prezidentimiz bugungi kunda markazimizning ikkinchi qavatiga xorijiy hamkorlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar ofislarini joylashtirish bo‘yicha alohida topshiriq berdilar. Markaz binosida xorijiy tashkilotlar vakillari mahalliy olimlar bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishlari mumkin.
Bugungi tadbir doirasida biz Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida joylashgan “Manara” markazi bilan hamkorlik memorandumi imzolayapmiz. Memorandumga asosan, yaqin kelajakda “Manara” markazi filiali O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi binosida o‘z faoliyatini boshlaydi”, dedi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning sentyabr oyida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. Muzeyga tashrif buyuradigan mehmonlarga yuqori saviyada xizmat ko‘rsatish maqsadida markazning bir guruh ilmiy xodimlari BAAda malaka oshirish uchun yuboriladi. Bu jarayon “Manara” markazi rahbariyati taklifi asosida amalga oshiriladi.

Tadbir yakunida Islom sivilizatsiyasi markazi Birlashgan Arab Amirliklari Abu Dabi shahrida joylashgan “Manara” markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra, O‘zbekistondagi markaz binosida “Manara” markazining filiali faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, tomonlar o‘rtasida esdalik sovg‘alari almashindi.
Ushbu hamkorlik ikki davlat o‘rtasidagi madaniy va ilmiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan birga O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro mavqeini yanada oshirishga hissa qo‘shadi.

“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
42
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
123
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
313



