Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


25.10.2024 | 19:17

img350

O‘ZBЕKISTON MADANIY MЕROS HAFTALIGI

Poytaxtimizda ish boshlagan “Sharq Renessansi: davlatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar” madaniy meros haftaligining yakuniy yalpi majlisi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari Xayriddin Sultonov va Muzaffar Komilov, TURKSOY tashkiloti Bosh kotibi Sulton Rayev, IRSIKA tashkiloti direktori Mahmud Erol Qilich va Rossiya Fanlar akademiyasi Sharq qo‘lyozmalari instituti direktori Irina Popovaning qutlov so‘zlaridan so‘ng “O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi” nomli videofilm namoyish etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov yurtboshimiz tashabbusi bilan barcha sohalar qatori ilm-fan, ta’lim, shuningdek, madaniy merosni o‘rganish hamda targ‘ib qilish ishlariga katta ahamiyat berilayotganini ta’kidlab o‘tdi. “Davlatimiz rahbarining 2017 yil 23 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etish haqidagi farmoni ana shu ahamiyatning yana bir yorqin dalilidir”, dedi notiq.

Ushbu markaz loyihalari taqdimotida Ahmad Salim (Buyuk Britaniya), Umida Teshaboyeva (O‘zbekiston), Borina Andriye (Fransiya), Oleg Kapitov (Rossiya), Sinan Turaman (Turkiya) va Aleksandr Us (Rossiya) kabi ekspertlar fikr-mulohaza va ma’ruzalari bilan qatnashdi.

Tanaffusdan so‘ng WOSCU tahrir hay’ati a’zosi Rustam Jabborov O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati “Yo‘l xaritasi”ga kiritilishi rejalashtirilgan ilmiy loyihalar bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumot berdi. Shuningdek, Muvofiqlashtiruvchi kengash, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining kengaytirilgan ilmiy kengashi a’zolarining chiqishlari, Xalqaro ekspertlar kengashi a’zolarining taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.

“Yo‘l xaritasi”ga kiritilishi ko‘zlangan loyihalar tasdiqlandi hamda hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Ertaga “Uchinchi Renessans Yangi O‘zbekistonda madaniy-tarixiy merosni o‘rganish, saqlash va ommalashtirish fenomeni” deb nomlangan yakuniy majlis hamda haftalik tadbirlarning yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Gulchehra UMAROVA


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img31

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img119

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img311