09.04.2025 | 15:19
283
Rossiya kompaniyasi tomonidan shou tashkil etiladi
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Rossiyaning “Sila sveta” kompaniyasi va hamkor tashkilotlar, olimlar hamda mutaxassislar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov yig‘ilganlarga markazning “Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans” bo‘limini yaratishda jiddiy e’tibor qaratish lozimligi haqida gapirdi:
– “Yangi O‘zbekiston –Yangi Renessans” bo‘limi markazning tashrif qog‘ozi bo‘ladi. Shuning uchun ham mahalliy mutaxassislardan sohalariga sidqidildan yondoshishlari so‘ralib, hamkor tashkilot vakillariga o‘zlarining loyihalarini puxta va mukammal shaklda taqdim etilishida e’tibor qaratishlari lozim.

Shuningdek, uchrashuvda “Sila sveta” kompaniyasi asoschisi Aleksandr Us, kompaniya ijodiy direktori Boris Kislisin yig‘ilganlarga o‘z taqdimotlarini namoyish etdi. Nufuzli kompaniya vakillari ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javob berdi.

Markaz katta ilmiy xodimi Obidjon Tangirov har bir eksponatni muzeylashtirish va bu jarayonlarni hujjatlashtirish bo‘yicha texnik topshiriqlar, loyihalarni moliyalashtirish tartiblari haqida ma’lumot berib o‘tdi.
“Sila sveta” kompaniyasi “Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans” ekspozisiyasi uchun immersiv shou loyihasini taklif qilmoqda. Ushbu shou orqali Yangi O‘zbekistondagi ilmiy va madaniy taraqqiyot, zamonaviy islohotlar va bunyodkorlik ishlari innovasion usullarda namoyish etiladi. Shou orqali O‘zbekistonning ilmiy yutuqlari va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar aks ettirilishi ko‘zda tutilgan.

Uchrashuv davomida loyihalarning bajarilish tartiblari, unda ahamiyat qaratilishi kerak bo‘lgan mazmun, mohiyat va texnik yechimlar muhokama qilindi. Markazni mazmunan boyitish bo‘yicha zarur taklif va mulohazalar bildirildi.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
113
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
143
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
333



