31.07.2024 | 14:41
842
Osiyo chempionlar Ligasi o‘rniga 2 ta liga tashkil etiladi
Bu mavsumdan boshlab Osiyo chempionlar Ligasi boshqa oʻtkazilmaydi. Bu musobaqa oʻrniga ikkita turnir tashkil etiladi:
Bular:
1. Osiyo Elit chempionlar ligasi.
2. Osiyo chempionlar Ligasi

OFK musobaqa nufuzini oshirish hamda yanada koʻproq muxlislarni jalb etish maqsadida yangicha format ishlab chiqdi. Osiyo chempionlar Ligasi 21 mavsum faoliyat olib bordi. Musobaqa ilk bor 2002/03-yil yoʻlga qoʻyilganida dastlabki gʻolib BAAning “Al Ayn” klubi boʻlgandi. 2024-yil oʻtkazilgan oxirgi finalda ham gʻoliblik “Al Ayn”ga nasib etdi.
OCHLning barcha gʻoliblari:
2024.“Al Ayn”
2022.“Urava Reds”
2021.“Al Hilol”
2020.“Ulsan Xyunday”
2019.“Al Hilol”
2018.“Kashima Antlers”
2017.“Urava Reds”
2016.“Chonbuk Motors”
2015.“Guangjou Evergrand”
2014.“Vestern Sidney”
2013.“Guangjou Evergrand”
2012.“Ulsan Xyunday”
2011.“Al Sadd”
2010.“Seongnam Ilva Chunma”
2009.“Poxang Stilers”
2008.“Gamba Osaka”
2007.“Urava Reds”
2006.“Chonbuk Motors”
2005.“Al Ittihod”
2004.“Al Ittihod”
2003.“Al Ayn”
OCHL Elit nima?
Osiyo chempionlar Ligasi avvalgi Osiyo chempionlar Ligasining takomillashgan varianti boʻlib, qitʼaning eng kuchli 24 ta jamoasi ishtirok etadi. Musobaqa bosh homiylari – NEOM, Qatar Airways, Visit Saudi.
Har bir mintaqadan (Sharq va Gʻarb) 12 ta klub qatnashishini hisobga olinganda, hozirgi paytga kelib Gʻarb mintaqasining 11ta ishtirokchisi maʼlum boʻlib ulgurgan. Bu musobaqada Oʻzbekiston sharafini mamlakat chempioni sifatida “Paxtakor” himoya qiladi.
Dastlab 6-avgust kuni “Sepaxon” va “Shabab Al Ahli” bitta oʻyindan iborat pley-off uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu bahs gʻolibi 13-avgust kuni Qatarga safar qilib, “Al Garafa” bilan oʻynaydi va kim gʻalaba qozonsa, 12-jamoa sifatida boʻsh oʻrinni toʻldiradi. OFK kuchli homiylarni jalb qilgan holda klublarga beriladigan pul mukofotlarini aniqlab oldi. Birgina guruhda ishtirok etish evaziga har bir klub oʻz gʻaznasini 800 ming dollarga boyitib oladi.
Nimchorak final – 200 ming dollar
Chorak final – 400 ming dollar
Yarim final – 600 ming dollar
Finalchi – 4 million dollar
Gʻolib – 10 million dollar
Bu degani OCHL Elitda gʻolib chiqqan jamoa bir mavsumning oʻzida jami 12 mln dollar ishlab oladi. Maʼlumot uchun, avvalgi OCHLda gʻolibga beriladigan pul 3 million dollarni tashkil qilardi.
Jamoalar savatchalarga boʻlindi
Har bir mintaqada jamoalar 6 tadan ikki savatchaga ajratiladi. Gʻarb mintaqasida “Paxtakor” 1-savatchadan oʻrin olgan.
1-savatcha: “Al Ayn”, “Al Hilol”, “Al Sadd”, “Persepolis”, “Paxtakor”, “Al Shorta”
2-savatcha: “Al Nasr”, “Al Rayan”, “Istiqlol”, “Al Vasl”, “Al Ahli”, Pley-off gʻolibi
Musobaqa formatiga koʻra, Gʻarb mintaqasida kurash olib boradigan 12 ta jamoadan 8 tasi keyingi bosqichga yoʻl oladi. Bunda har bir klub 8 ta har xil jamoaga qarshi 4 ta uy va 4 ta safar oʻyinini oʻtkazadi. Guruh bosqichi yakuniga yetgach, nimchorak final oʻyinlari ham uy-mehmon tarzida oʻtkaziladi.
Faqat chorak finaldan boshlab musobaqa markazlashgan tartibda Saudiya Arabistonida davom ettiriladi. Bu 2025-yil 25-apreldan 4-mayga qadar davom etadi. Yangi OCHL Elit musobaqasiga qurʼa tashlash marosimi 16-avgust kuni boʻlib oʻtadi.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
167
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
157
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
361



