Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


10.04.2025 | 09:12

img11190

Oʻzbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun

Abdulla Qodiriy 1894-yil 10-aprelda Toshkentda bog‘bon oilasida tavallud topgan. Adib va shoir sifatida 1912-yillarda faoliyatini boshlagan. “To‘y” “Ahvolimiz”, “Millatimga”, “Fikr aylagil” kabi she’rlari “Baxtsiz kuyov” dramasi, “Juvonboz” hikoyasi uning ilk asarlaridir.

Uning 1916-yilda yozilgan “Uloqda” hikoyasi o‘zbek realistik hikoyasining eng yaxshi namunalaridan biri hisoblanadi. Bundan so‘ng adib birin-ketin “Kalvak Mahzumning xotira daftaridan”, “Toshpo‘lat tajang nima deydi”, “Obid ketmon” kabi nasriy asarlarini yaratadi.

Abdulla Qodiriy qalamiga mansub “O‘tkan kunlar” romani o‘zbek adabiyotining roman janridagi ilk asardir. Shu bilan yozuvchi o‘zbek romanchiligiga asos solgan. 1922-yil “Inqilob” jurnalida romandan boblar e’lon qilinadi. 1924-1926-yillarda har bir bo‘limi alohida kitob holida nashr etiladi.

O‘zbek adabiyotining ikkinchi yirik romani ham Abdulla Qodiriy qalamiga mansub. “Mehrobdan chayon” romani 1928-yili fevralda yozib tugatilgan. 1929-yil Samarqand shahrida bosilib chiqqan.

Abdulla Qodiriy 1937-yilning 31-dekabrida “xalq dushmani” sifatida hibsga olinadi. 1938-yilning 4-oktyabrida yozuvchi 9 oylik xo‘rliklardan so‘ng Cho‘lpon, Fitrat kabi maslakdoshlari bilan birgalikda otib tashlanadi. Toshkentdagi Xo‘ja Alambardor (Kamolon) qabristoniga dafn etiladi.

➡️ HAQIQAT YO‘LIDA
➡️ SUDDAGI NUTQDAN PARCHA
➡️ TUSHIMGA KIRADI QODIRIY BOBOM
➡️ SALOM
➡️ TUSHIMGA KIRADI QODIRIY BOBOM…
➡️ QODIRIY NIMA SABABDAN ASARLARINI UZOQ VAQT YOZGAN?
➡️ QODIRIYNI YIGʻLATGAN KUMUSH
➡️ O‘TGA TASHLANGAN “O‘TKAN KUNLAR”
➡️ QODIRIYNING O‘G‘IRLANGAN SHE’RI


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img160

ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img117

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img154