Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


15.04.2025 | 09:20

img587

EGIZ DENGIZ

Asrlar osha insoniyat dunyoga taralib, millatlar o‘z chegaralarini kengaytirib, ayrimlari o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritib, xohlagan erkinligiga qiyinchiliklar orqali erishib, o‘z taqdirini o‘zi belgilab, ulkan maqsadlar bilan oldinga intilib ketmoqda…

Shunday muhim davrlarning uzaygan fasli ba’zan yaxshilikka xizmat qilmay, ko‘z-u qoshdek yaqin ellar ham bir-biriga qarshi chiqib, adolatdan yiroqlashib, kutilmagan adovatga duch kelgan davrlar ham bo‘ldi. Shukrki, bari ortda qoldi…

Qomuzning uch burrog‘i, uch tori singari go‘zal ko‘rinishni aks ettirgan yulduzlar misoli ulkan umidlarga nazar tashlagan uch davlat rahbarlari bir stol atrofida birlashib, “men” demasdan “el” deb, “yut” demasdan “yurt” deb bir butun, oq niyat bilan maslahatlashib, ulug‘ maqsad yo‘lida birlashdilar.

Tahsinga sazovor harakatlar va tarixiy voqealar ro‘y berdi. Bu hamjihatlik safari muvaffaqiyatli va mazmunli bo‘lsin! Oldinda turgan umid yo‘llari do‘stlik bog‘lariga yorqin nur sochaversin!

Xalqlar o‘rtasidagi nizolar faqat ziyon keltirgani, biror kimga manfaat yetkazmagani barchaga ma’lum… Yaxshilikka yuz burib, quchoq ochib, belni mahkam bog‘lab, faqat rivojlanishga yuzlanish vaqti kelganini ham rahbarlarimiz, ham oqsoqollarimiz ta’kidlayotgani xalqlarimizning baxtidir asli…

Donolar aytganidek, yomon millat yo‘q, faqat yaxshi millat ichida adashgan ayrim yomon xulq egalarigina bo‘lishi mumkin. Bungacha bo‘lgan nizolarning sababi ham o‘shal ayrim qora niyatli shaxslarning siyosiy fitnasi va noto‘g‘ri yo‘nalish olib borganidandir…

Yozning munavvar kuniday kirib kelgan Navro‘z bayramini yagonalik, ulug‘ maqsad va ezgu tilaklar bilan birgalikda nishonlashimiz ham yaxshiliklarning yanada ziyodalashishiga olib kelishi muqarrar…

Devor qurmay, so‘z qurib, kelishmovchilikka emas, o‘zaro hurmatga asoslangan birodarlik kunlari ko‘paysin! Ilgari aytilgan haqiqat – “Olis qarindoshdan yaqin qo‘shning yaxshi” degan hikmatning amaliy namunasini hayotda ko‘rsatish vaqti keldi. Bu baxt va quvonch uzoqqa yo‘l olsin…

Ikki insonning do‘stligi egiz bo‘lsa, uch millatning do‘stligi ulkan dengiz bo‘la oladi. Bu do‘stlik bizni o‘rab turgan tog‘lardek mustahkam va abadiy bo‘lsin!

Bekturali ISAMIDDIN,
Qirg‘iziston Milliy yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir

“Jadid” gazetasining 2025-yil 4-apreldagi 14-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img113

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img143

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img333