Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


15.04.2025 | 16:47

img535

MAQOLLAR HIKMATI

Men poytaxtning haqiqiy o‘zbekona mahallalaridan birida tug‘ilib, voyaga yetganman. Bizning mahallada turli millat bolalari bor edi. Ular bilan “Bekinmachoq”, “Oq terakmi, ko‘k terak?” kabi o‘zbek milliy o‘yinlarini o‘ynab katta bo‘lganman. O‘sha paytlardayoq o‘zbek tilidagi men ma’nosini tushunmagan so‘zlarni o‘zbek do‘stlarim bolalarcha soddalik bilan tushuntirishardi.

Bolalikning samimiyati meni hamisha o‘ziga maftun etib kelgan. Balki shu sababdan bo‘lsa kerak, men boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi kasbini tanladim. Bu kasbning yaxshi tomonlari juda ko‘p. Ayniqsa, beg‘ubor bolalarning ajoyib savollari meni har safar o‘sha olis bolaligimga qaytaraverishi yuragimni ajib hislarga to‘ldiradi…

Men ishlayotgan 19-maktab jamoasi juda ahil. Bilmaganlarimni hamkasblarimdan so‘rab o‘rganaman. Ta’lim sohasiga katta e’tibor berilayotgan Yangi O‘zbekistonda o‘qituvchi bo‘lib ishlayotganimdan faxrlanaman. Shu mamlakatning bir farzandi – pedagog sifatida o‘quvchilarning har tomonlama yetuk kadr, bilimli va yuksak salohiyatli inson bo‘lib yetishishida o‘z hissamni qo‘shishdan xursandman.

Yaqinda maktabimizda Navro‘zni katta bayram sifatida nishonladik. O‘quvchilarimiz o‘zbek milliy kiyimlarida xalqning urf-odatlari, qadriyatlari aks etgan ko‘rgazmali va badiiy dasturlar tayyorlashdi. Milliy o‘yinlar, taomlar beixtiyor yana bolalik xotiralarimni qayta jonlantirgandek bo‘ldi…

O‘zbekistonning ziyoli bir fuqarosi sifatida davlat tilini o‘rganib, xalqning turmush tarzini puxta o‘zlashtirganim menga hayotda juda ko‘p muvaffaqiyatlar olib kelgan. Fursatdan foydalanib, mamlakatda yashayotgan boshqa millat vakillariga ham davlat tili – o‘zbekchani puxta o‘zlashtirishlarini tavsiya qilaman. “Til bilgan – el biladi”, degan o‘zbek maqoli ayni haqiqat ekanini o‘z hayotim misolida yana bir bor anglab yetyapman.

Aleksandra VASILYEVA,
Toshkent shahridagi 19-maktab o‘qituvchisi

Dilmurod DO‘STBEKOV yozib oldi.

“Jadid” gazetasining 2025-yil 4-apreldagi 14-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img97

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img610

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img607