Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


26.11.2024 | 15:13

img665

“MAQOM KUYLAB, MAQOMIM OSHDI”

O‘zbek tili yuragimga shunchalar yaqinki, buni so‘z bilan ta’riflay olmayman. Milliy, mumtoz qo‘shiqlarni kuylaganimda o‘zbek tilining sehrini, hayotbaxshligini, nafisligini yanada teranroq his qilib boraman va bundan ko‘nglim yayraydi, ich-ichimdan quvonaman.

Ayni kunda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining 2-bosqich magistriman. Bu dargohda ustozlarimdan har bir qo‘shiq so‘zlarining ma’nosiga jiddiy e’tibor berib kuylashni o‘rgandim.

Qachondir o‘zbek tilini sof gapiraman va maqom yo‘nalishida qo‘shiqlar aytaman, deb hecham o‘ylamaganman. Bugun meni koreys qizi deyishmaydi, “anavu o‘zbek qizi, qo‘shiqni juda zo‘r aytarkan-da”, deyishadi, koreysligimga ko‘pchilik ishonmaydi ham. Men esa bu gaplardan xursand bo‘laman. O‘zbekistonimizni, o‘zbek tilini juda sevaman va qadrlayman. O‘zbek tilim – o‘z tilim. Maqomni kuylab, maqomim oshdi, deyman faxrga to‘lib.

Ba’zi bir o‘zbek yoshlarining o‘z ona tilini qadrlamayotganiga, to‘g‘risi, achinaman. Men atoqli o‘zbek yozuvchilari va shoirlarining asarlarini, g‘azallarini, she’rlarini ko‘p o‘qiyman, yod bilaman.

Abdulla Qodiriyning, “O‘zbek tili kambag‘al emas, balki o‘zbek tilini kambag‘al deguvchilarning o‘zi kambag‘al. Ular o‘z nodonliklarini o‘zbek tiliga to‘nkamasinlar”, degan so‘zlarida bir olam ma’no borligini koreys qizi bo‘la turib ham yaxshigina anglayman. Mumtoz adabiyotlarni ko‘p mutolaa qilaman. Ustozlarim ham bu yo‘lda ko‘mak berishadi, qo‘llashadi, bilmaganimni o‘rgatishadi. Ba’zida har bir so‘z ohangi ustida soatlab ishlaymiz, izlanamiz.

Tan olib aytadigan bo‘lsam, shu til, shu millat, shu yurt odamlari meni o‘zbek milliy kuy va qo‘shiqlariga bo‘lgan mehrimni yanada kuchaytiryapti. Maqom yo‘nalishida aytgan har bir qo‘shiqlarimni muxlislarim sevib tinglayapti, olqishlayapti. Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimda yaxshi tilaklar bildirishyapti. Aslida, baxt shu emasmi?

Bugungi kunda juda ko‘p xorijlik yoshlar, o‘zbekcha qo‘shiqlarni kuylayapti, o‘zbek tilida she’rlar yozyapti. Shular qatorida o‘zim ham maqom qo‘shiqlarini aytib, el ichida sekin-asta tanilib boryapman va bundan faxrlanaman.

Asli millatim koreys bo‘lsa-da, maqtanishga yo‘ymang-u, o‘zbek tilida yaxshi gapiraman. Bolaligimda onamdan o‘zbekcha gapirishni o‘rganganman. Boshida o‘n uch yoshimga qadar estrada yo‘nalishida o‘zbekcha qo‘shiqlar aytdim. Keyinchalik mumtoz qo‘shiqlarga mehrim uyg‘onib, o‘zbek tilini chuqurroq o‘rganishga jiddiy ahd qildim. Chunki mumtoz qo‘shiqlarning so‘zlarini tushunish ijrochidan alohida tayyorgarlik talab etadi. Ulg‘ayganim sari angladimki, bu til juda nafis, jarangdor va go‘zal ekan.

O‘zbekistonday tinch, osuda bir mamlakatda tug‘ilib, kamolga yetganim, shu obod o‘lkada yashayotganimga har doim shukronalar keltiraman. O‘zbekona urf-odatlarni, qadriyatlarni qadrlayman. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan yuksak mukofot – “Shuhrat” medali bilan taqdirlanganim ham mening baxtim!

Orzularim ko‘p. Kelgusida o‘zbek milliy maqomi mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqchiman. Eng asosiysi, o‘zim kamolga yetgan shu jannatmonand yurtimizga munosib farzand bo‘lmoqchiman, o‘z ijodim bilan shu muqaddas ona Vatanimizga chin dildan xizmat qilmoqchiman.

YASMINA OMAR-MUN
Z.Ibragimova yozib oldi.

“Jadid” gazetasining 2024-yil 22-noyabrdagi 48-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img107

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img618

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img614