21.04.2025 | 17:24
713
ENERGETIK ICHIMLIKLAR: KUCH BERADIMI, OLADIMI?
So‘nggi paytlarda g‘alati bir holatning ko‘p guvohi bo‘lyapmiz: aksar odamlar o‘zini sal behol, bemajol seza boshlasa, energetik ichimlik izlab qolyapti. Simirsa, go‘yoki kuch olib tetik-bardamlashadi. Aslida ham shundaymi? Mavzu yuzasidan oliy toifali kardiolog Odina Malikovaga yuzlandik.

– Bu ichimlik ilk bor 1960-yili Yaponiyada dori vositasi sifatida yaratilgan. Keyinchalik ustomon tadbirkorlar mahsulotni ommalashtirish, pul qilish uchun tarkibiga bir qancha kimyoviy moddalar qo‘shib hozirgi ta’mni hosil qilishgan.
Tibbiyot energetik ichimliklarni sog‘liq uchun xavfli hisoblaydi. 2017-yili AQShda 16 yoshli o‘smir o‘limiga aynan ko‘p miqdorda iste’mol qilingan energetik ichimlik sabab bo‘lgani to‘g‘risida xabarlar ommada sarosimani keltirib chiqargan. Eng yomoni, yoshlar o‘rtasida bu kabi o‘limlar soni tabiiy ravishda ortib bormoqda.
Energetik ichimliklar me’yordan ortiq va surunkali iste’mol qilinsa, yurak tez urib, arterial qon bosimi oshib ketishi yoki buyrak zo‘riqishi kuzatiladi. Shu bilan birga, bosh miya, markaziy asab tizimi, bo‘g‘imlar va boshqa a’zolarga jiddiy ziyon yetadi. Qolaversa, ko‘rish qobiliyatini ham susaytiradi. Ruhiy kasalliklarga chalinish xavfi ortadi, odamlarda tajovuzkorlik kuchayadi. Bolalarning zehni o‘tmaslashib, darslarni o‘zlashtirishi pasayib ketishi, nogiron, aqli zaif farzandlar tug‘ilishi ham bilvosita noto‘g‘ri iste’mol tartibi asorati bo‘lmoqda. O‘rni kelganda, aytish joiz, homilador ayollar ham undan tiyilmagani ortidan salbiy oqibatlar kelib chiqmoqda.
Ichimlik tarkibidagi kofein vaqtincha tetiklik bag‘ishlab, charchoqni aritsa ham, ma’lum vaqtdan so‘ng (deylik 1–1,5 soat o‘tgach) organizmda horg‘inlik battar kuchayadi, bosh og‘rib, nafaqat aqliy, jismoniy faoliyat ham susayadi.
Bunday ichimliklar organizmga juda qisqa muddatda zarar yetkazadi. Tarkibida ortofosfat kislotasi borligi uchun buni vaqtida sezmaymiz. Masalan, 45 daqiqadan so‘ng dofamin ishlab chiqarilishi ortib, ichimlik bosh miyada rohatlanish, qoniqish markazini qo‘zg‘atadi. Bir yarim soatlarda aks ta’sir yo‘liga o‘tib, organizmda lohaslik boshlanadi. Bu esa og‘ir oqibatlarga ulanib ketishi mumkin.
Vasila HABIBULLAYEVA tayyorladi.
“Jadid” gazetasining 2025-yil 11-apreldagi 15-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
93
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
607
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
605



