07.11.2024 | 12:06
1019
ABSTRAKSIONIZM
Abstraksionizm – tasviriy san’atdagi ushbu yo‘nalish vakillari real voqelikni aks ettirishdan voz kechadi. «Abstraksionizm» atamasi lotincha «abstractio» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «chetlashish, diqqatni bo‘lish» ma’nosini anglatadi.

Atrofdagi voqelik hodisalari o‘rniga shakllar, chiziqlar va ranglar tasvirlarning obyektiga aylanadi, kompozitsiyalarning ifodaliligini esa bu elementlar o‘rtasidagi munosabatlar tashkil etadi.
Rassomlar ular yordamida voqelikning subyektiv ekanligini ko‘rsatishga intiladi. Bunday yondashuv abstraksionizmning muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi.
Abstrakt san’atning paydo bo‘lish vaqtini aniq aytish qiyin. Ko‘pchilik mutaxassislar uning 1910-yilda, Vasiliy Kandinskiy o‘zining «San’atdagi ma’naviyat haqida» nazariy asariga illyustratsiya sifatida birinchi mavhum rasmlarni yaratganda vujudga kelganini ta’kidlaydi.

Abstraksionizmning asoschilari sifatida Kazimir Malevich, niderlandiyalik rassom Pit Mondrian, chexiyalik Frantishek Kupka va fransuz Rober Delone nomlari tilga olinadi. Ba’zi san’atshunoslar abstrakt san’at ildizlarini XIX asrda – amerikalik rassom Jeyms Uistler va fransuz rassomi Klod Monening asarlarida ko‘rish mumkinligini ta’kidlaydilar. Ularning fikricha, bu rassomlar obyektni tasvirlashdan ko‘ra vizual his-tuyg‘ularga ko‘proq e’tibor qaratgan.

XX asr boshidan abstrakt san’at ko‘plab rassomlarni o‘ziga jalb etdi, uning rivojlanish cho‘qqisi 1950-1970-yillarga to‘g‘ri keldi. Abstrakt ekspressionizm maktabining eng mashhur vakillari Jekson Pollok, Li Krasner, Mark Rotko, Frans Klayn va Arshil Gorki hisoblanadi.
Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596



