14.10.2024 | 09:27
214
BIYENNALE – MULOQOTLAR JARAYONI
Bugun zamonaviy tasviriy san’atga yangi yo‘nalishlar, yangicha ifoda usullari shitob bilan kirib kelmoqda. Bunday o‘zgarishlar ortida, avvalo, tezkor zamon ruhi, qolaversa, sohaga dadil qadam qo‘yayotgan yosh ijodkorlarning o‘ziga xos fikrlashi, tasvirda rang-baranglikka, muhimi, mustaqil ijodiy yo‘lini yaratishga bo‘lgan intilishi turibdi.

Ayni paytda tajribali rassomlar va haykaltaroshlar ijodida ham zamon bilan hamnafaslikka intilish kuzatilayotir.
14–18-oktyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan, “San’at va dunyo” deb nomlangan X Xalqaro zamonaviy san’at biyennalesida namoyish etiladigan turli mavzudagi asarlar rassomlik san’atida yuz berayotgan yangilanishlar xususida yanada kengroq va aniq fikr-mulohazalar uyg‘otishiga shubha yo‘q.
Kuni kecha poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan anjuman mazkur Xalqaro biyennalega bag‘ishlandi. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, xalq rassomi Akmal Nuriddinov biyennalening ahamiyati haqida so‘zlar ekan, jumladan, shunday dedi:
– Butun dunyoda, O‘zbekistonda ham barcha sohalarda rivojlanish davom etmoqda, Yurtimizda bugun boshqa sohalar qatori tasviriy san’at va haykaltaroshlikda ham jiddiy o‘zgarishlar yuz beryapti. Ayniqsa, bu sohada iste’dodli yoshlarning ko‘payayotgani bizni quvontiradi, bizga umid bag‘ishlaydi. Shuning uchun ham navbatdagi biyennaleda katta yoshdagi ijodkorlarimiz bilan birga yurtimizda ijod qilayotgan, endi san’atga kirib kelayotgan yoshlar ijodini ham ko‘rsatishga jur’at qildik. Biyennale – avvalo, muloqot jarayoni. Chunki chet ellik hamkasblarimiz bilan hamma vaqt ham muloqot qilish imkoniyati bo‘lavermaydi. Ijodkorlarga shunday muhim muloqot jarayonini yaratib berayotgan Prezidentimizga minnatdorlik bildiramiz. Chunki davlatimiz tomonidan biyennale har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib, ijod va o‘zaro muloqot uchun zarur sharoit yaratib berilyapti.
Xalqaro biyennale hay’ati a’zolari chet ellik beshta mutaxassisdan iborat. Mazkur anjumanda yurtimizdan ellikdan ortiq ijodkor, chet eldan esa o‘ttiz nafar rassom, shuningdek, onlayn tarzda 28 ta musavvir qatnashish istagini bildirgan.
Biyennaleda dunyoning Fransiya, Bahrayn, Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Qirg‘iziston, Yaponiya, Vengriya, Gruziya, Turkiya, Italiya, Meksika, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston kabi ellikdan ortiq mamlakatdan rassomlar va mutasaddi ijodkorlar qatnashishi kutilmoqda. Asosiy tadbirlar O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zalida, Ikuo Xiroyama xalqaro madaniyat karvonsaroyi, Toshkent foto uyi, Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi, “Akademiya” galereyasi, shuningdek, O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida bo‘lib o‘tadi.
Gulchehra UMAROVA
“Jadid” gazetasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 42-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
97
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
135
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
328


