26.05.2025 | 15:57
1028
ABSURD DRAMALAR TAQDIMOTI
XX asr jahon adabiyotida absurdizm hayotning ayrim tomonlari bema’ni, mutlaqo mantiqsiz ekanini tasvirlaydigan oqim sifatida shakllangan. Uzoq vaqt mobaynida absurd dramalariga quruq safsata sifatida qarab kelingan. Lekin o‘tgan asrning 70-yillaridan bu oqim vakillari davr oldiga qo‘ygan muammolar dolzarbligi ayon bo‘ldi. Absurd dramaturgiya vakillarining asarlari kishilarning teatr va sahna haqidagi tasavvurlarini yangiladi, unga zamonaviylik baxsh etdi.

Biz real hayotda ro‘y beradigan barcha voqealarda qandaydir mantiqiy bog‘lanish bo‘lishiga o‘rganib qolganmiz. Go‘yo hamma savollarga javob bo‘lishi zarurdek, odamlar yashashdan mantiq izlab charchamaydi. Yozuvchilarning asarlarida ham shunday: har birida mantiq ustuvor. Biroq absurd asarlar odatiy asarlardan keskin farq qilib, turfa falsafalarga yo‘g‘rilib, butunlay o‘zgacha usulda yaratiladi. Jumladan, absurd pyesalarning xotimasi kishini hayajonga soladi, hissiyotlarini junbishga keltiradi, tushunib bo‘lmas, ayni paytda hammasi aniqdek taassurot qoldiradi. Yaqinda poytaxtimizdagi “Renessans” kino uyida ilk bor yurtimizda chop etilgan absurd dramalari to‘plamlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
“Karkidon” nomli birinchi to‘plamdan taniqli yozuvchilar Samuyel Bekket, Jan-Pol Sartr, Ejen Ionesko, “Kaligula” nomli ikkinchi to‘plamdan Alber Kamyu, Fridrix Dyurrenmatt, Slovomir Mrojek, Fernando Arrabal, Frans Kafka hamda Kobo Abening absurd dramalari o‘rin olgan. Mazkur asarlarni o‘zbek adabiyoti va teatr san’atining taniqli namoyandalari Olimjon Salimov, Jabbor Eshonqul, Nabi Jaloliddin, Abdulaziz Rahmatov, Abdurahmon Abdunazarov, Shahnoza Nazarova, Maftuna Muhammadaminova o‘zbek tiliga o‘girishgan.
Taqdimotda so‘zga chiqqanlar absurd asarlarning adabiyot va san’atdagi o‘rni, bugungi kundagi ahamiyati, tarjimonlarning mahorati haqida so‘z yuritib, yig‘ilganlarni, barcha kitobxonlarni yurtimizda ilk bor chop etilgan absurd asarlar to‘plami bilan tabrikladilar.
Tadbir davomida O‘zbekiston davlat drama teatri ijodkorlari Fernando Arrabal asari asosida rejissyor Rasuljon Tog‘ayqulov sahnalashtirgan “Dala hovli” spektaklidan ko‘rinish namoyish etishdi.
G.UMAROVA
“Jadid” gazetasining 2025-yil 23-maydagi 21-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
114
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
143
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
333



