07.05.2025 | 10:49
701
Sharqshunoslik universitetida Behbudiy ijodiga oid davra suhbati va kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi
6-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Mahmudxo‘ja Behbudiy ilmiy-adabiy merosini o‘rganishning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” 2024-yil 27-dekabrdagi Qarorida belgilangan chora-tadbirlar doirasida o‘tkazilgan bo‘lib, unda mamlakatimizning bir guruh yetakchi jadidshunos olimlari ishtirok etdilar.
Davra suhbatida ishtirok etgan Kinematografiya agentligi bosh direktori, professor Shuhrat Rizaev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo hamda professor-o’qituvchilar Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodiga doir yangi ilmiy ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdilar.
Shuningdek, tadbirda universitetning jadidshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi olimlari tomonidan tayyorlanib, nashr etilgan “Behbudiy dahosi” nomli kitob taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
55
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
129
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
319



