Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


21.07.2024 | 15:54

img541

ADABIY DO‘STLIGIMIZ RAMZI EDI

Bir yigit qirq yilda bino bo‘ladi, deyishadi. Chin olim kamoloti uchun ham shuncha vaqt zarur. Olimning martabasini uning yozgan kitoblari, xolis dunyoqara­shi, haqqoniy talqinlari, hamkasblarining e’tirofi belgilab beradi. Nazarimda, ozarbayjonlik atoqli adabiyotshunos va tarjimon Ramiz Asqar turkiyshunos olimlar orasida ana shunday yuksak martaba qozona olgan zahmatkash tadqiqotchi edi. Uning ozarbayjon va boshqa qardosh xalqlar adabiyoti sohasidagi ilmiy faoliya­tining qamrovi nihoyatda kengligidan xabarim bor.

Ramiz Asqar barcha turkiy xalqlar adabiyoti namoyandalari xususida muqoyasali-e’tiborli so‘z ayta oladigan noyob adabiyotshunoslar sirasiga kirardi.

Bugun rasm zamoni, rasm urfda. Ijod ahli­ning so‘zi qadrli bo‘lgan mumtoz za­mon­larda ular dastavval bir-birini asarlari orqali tanishar edi. Shu xayolda men Ramiz Asqarni dastlab yozgan asarlari, umumturkiy adabiyot tadqiqotchisi, mumtoz asarla­rimizning mohir tarjimoni, o‘zbek adabiyoti­ning Ozarbayjondagi do‘sti sifatida tanidim. Keyin Ashxobod shahridagi ulkan bir xalqaro anjumanda o‘zini uchratdim. Dildan muloqot qilib, birga rasmga ham tushdik…

Ramiz Asqar O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan navoiyxonlik, boburxonlik xalqaro anjumanlarining doimiy ishtirokchisi edi. Tarjimon-olim uch-to‘rt yil oldingi bir anjumanda ozarbayjon tilida to‘rt jildda nashr etilgan “Devoni lug‘otit turk”ni taqdim etdi. Tanaffus paytida yurtimizdagi turli oliy ta’lim muassasalaridan malaka oshirish uchun kelgan filolog-adabiyotshunos muallimlarga Ra­miz Asqarni tanishtirdim. Suhbatimiz qizg‘in kechdi. Tinglovchilar havas qilishdi. O‘sha kezlarda u kishi “Qutadg‘u bilig”ni ozar tiliga tarjima qilayotgan ekan. Ilm qudrati, adabiy do‘stlik qadri haqida, Bobur xususida, ayriliq, diydor va sog‘inch to‘g‘risida hayajon bilan so‘zladi. O‘n-o‘n besh daqiqalik ayni gurungimiz auditoriyadagi mashg‘ulotlardan ko‘ra samaraliroq kechgan edi.

Har bir asar – ijodkor umr kitobining bir sahifasidir. Ramiz Asqar ijodida bunday zarrin sahifalar ko‘p. U o‘z adabiy-ilmiy faoliyati davomida juda sermahsul ishladi. O‘ndan ortiq kitob, yuzlab maqola yozdi. Turk dunyosi adiblarining qirqdan ortiq asarlarini ozarbayjon tiliga o‘girdi. Tarjimalar orasida o‘zbek adabiyoti alohida o‘rin tutadi. Dastlab u “XX asr o‘zbek she’riyati antologiyasi”ni tuzib, ozarbayjon o‘quvchilariga taqdim etgan edi. Shundan keyin Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib asarlari, Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”, “Xamsa” kitoblari, “Boburnoma”, Bobur va Husayniy “Devon”larini, zamonaviy adabiyotimizning bir qancha sara namunalarini qardosh ozar tiliga mahorat bilan tarjima qildi. O‘zbek-ozarbayjon adabiy aloqalari, turk, turkman, qozoq, tatar, qirg‘iz adabiyoti bo‘­yicha qator tadqiqotlar olib bordi. Shu e’ti­bordan bu nom nafaqat o‘zbek-ozarbayjon, balki umumturkiy adabiy aloqalari tarixi­da ham alohida o‘ringa ega.

Ramiz Asqar bir suhbatida “Bobur­no­ma”ni shoh asar o‘laroq ta’riflar ekan, shunday fikrni aytadi: “Dunyoning ko‘pgina, hatto, g‘arb tillariga tarjima qilingan bu asarni ozarbayjon kitobxoni ham o‘z tilida o‘qib, bahramand bo‘lishi zamon talabi edi”. Darhaqiqat, “Boburnoma”ni ozarbayjon o‘quv­chisi Ramiz Asqar tarjimasida o‘qish baxtiga erishdi.

Olim o‘zbek adabiyotini Ozarbayjon va umuman, turkiy xalqlar orasida targ‘ib qilish borasidagi ulkan xizmatlari uchun mam­lakatimizning Bobur nomidagi xalq­aro mukofoti bilan taqdirlangan, Navoiy davlat pedagogika instituti faxriy professori etib saylangan, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining faxriy a’zoligiga qabul qilingan edi. U kishi Navoiy shahrining faxriy fuqarosi sifatida har yili u yerda o‘tkaziladigan xalqaro navoiyxonlik anjumanlarida muntazam ishtirok etardi.

Ayniqsa, bundan bir necha yil burun muh­taram Prezidentimiz Farmoniga binoan Ramiz og‘a mamlakatimizning “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlanganida barchamiz chin dildan quvongan edik. Zotan, uzoq yillardan buyon o‘zga ellarda milliy adabiyotimizni beg‘araz, beta’ma targ‘ib etib kelayotgan kamtarin va kamsuqum insonning bunday yuksak mukofotga loyiq ko‘rilishi madaniy hayotimizda o‘ziga xos voqea bo‘lgan edi.

Ramiz Asqarning ozarbayjon madaniyati va adabiyotini rivojlantirish yo‘lidagi fidokorona faoliyati o‘z yurtida ham munosib bahosini olgan, xususan, u kishi tavalludi­ning 70 yilligi munosabati bilan Ozarbayjon Respublikasining “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeniga sazovor bo‘lgan edi. O‘rni kelganda taniqli turkolog olim qardosh respublikalar hamda bir qator xalqaro tashkilotlarning nufuzli mukofotlariga loyiq ko‘rilganini ham e’tirof etish lozim.    

Odam odamga g‘animat ekan. Bir yil oldin yozda Bokuda “O‘zbek-ozarbayjon adabiyoti va san’ati kunlari”da Ramiz og‘a bilan yana uchrashdik. Aniq esimda, Ozar­bay­jon Milliy kutubxonasida bo‘lib o‘t­gan anjumanda so‘zlagan ma’ruzasida u kishi gapini “vazir” va “nozir” so‘zlari muhokamasidan boshlagan edi. Ramiz Asqar dillarni, ko‘ngillarni o‘zaro bog‘laydigan, turkiylarning olis tarixdagi adabiy manbala­ri­ni zamonamizga yaqinlashtiradigan so‘z zahmatkashi – mahoratli tarjimon, bilimdon olim edi. Uning e’tiroficha, “ilm dunyosi – bepoyon dengiz”. Ramiz Asqar ana shu dengizning tolmas g‘avvosi edi. Dur-javharlar izladi, topdi, terdi…

Odatda adabiy anjumanlarda o‘tgan ulug‘­larning buyuk ishlari faxr bilan tilga oli­nadi, taqqoslanadi. Alisher Navoiy va uning xamsachilikdagi ijodi xususida gap borgani­da, albatta, Nizomiy Ganjaviy esga keladi. Vaqtida Alisher Navoiy hazratlari “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida turkiy tilning beqiyos imkoniyatini ko‘rsatib bergan bo‘lsa, shu yo‘lda ozarbayjonlik bir olim “Muqoyasat ul-lug‘atayn” kitobini yozgan ekan. Bu asar o‘zbek tiliga o‘girilishi lozim. Ramiz Asqar qatnashgan anjumanlarda shu kabi yangi va muhim ma’lumot hamda takliflar aytilar edi. Jadidlar zamonidan Abdurauf Fitrat asarlarini tarjima qilish taraddudida yurgan edi…

Bugun Ramiz Asqarni yodlab, u haqdagi fikrlarni o‘tgan zamon kesimida bayon qilmoqdamiz. Bundan bir oycha burun u kishi bu dunyoni tark etdi. Bu noxush xabar yurtimizda ham ko‘plab adabiyot muxlislarini, Ramiz Asqarni yaqindan taniydigan olim-u ijodkorlarni chuqur qayg‘uga soldi. Zotan, o‘zbek adabiyotining ozar eli, va umuman, turkiy dunyodagi tolmas targ‘ibotchisi bo‘lgan bu inson biz uchun nihoyatda qadr­don siymoga aylanib qolgan edi.

Ramiz Asqar… Mudom chehrasida nim­ta­bas­sum akslanib, suhbatdoshiga mu­lo­­yim, savolchan va o‘tkir boqadigan bu insonni aslo unutib bo‘lmaydi. Hali katta-­katta ilmiy-adabiy yig‘inlarda, do‘st-u qadrdonlar davrasida uning o‘rni bilinadi, amalga oshirgan ezgu ishlari va yuksak insoniy fazilatlari ko‘p bor tilga olinadi. Taskin shuki, u kishining ruhiga rost yozganlaridan to qiyomatgacha savob yetib boradi. Shoir aytmoq­chi, “Umrlar bo‘ladiki, o‘lgan odam tirikdir”.

Biz sizdan mingdan ming rozimiz, siz ham bizdan rozi bo‘ling, Ramiz og‘a! 

Bahodir NURMUHAMMAD


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596