Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


10.12.2024 | 17:24

img540

ADABIYOT, DO‘STLIK, QARDOSHLIK TARANNUMI

Poytaxtimizda Turkiy tilli davlatlar ijodkorlari ishtirokidagi XVI Turkiy she’riyat festivali adabiyot, do‘stlik, hamjihatlik haftaligi sifatida baland ruhda o‘tkazildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda TURKSOY, TIKA kabi xalqaro tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan ushbu anjumanda bir qator turkiy tilli davlatlardan shoirlar ishtirok etdi.

Mamlakatimizda adabiyot ahli TURKSOY tashkiloti bilan birgalikda ko‘plab yangi asarlar taqdimotlari, she’riyat va adabiyot bayramlari, kitob ko‘rgazmalari, adabiy muloqotlar, xalqaro anjumanlar muvaffaqiyatli o‘tkazib kelinmoqda. Ayni paytda bir qator o‘zbek ijodkorlarining asarlari turk va boshqa qardosh tillarga faol tarjima qilinmoqda. Bunday muloqotlar adabiy jarayon rivojida yangi ufqlarni ochishga xizmat qilishi shubhasiz.

Qardosh tillarda ijod qilayotgan shoirlar mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Turkiy adabiyot durdonalari” 100 jildlik majmuasining nashr etilishini adabiyotga bo‘lgan yuksak e’tibor sifatida alohida e’tirof etdilar.

Anjuman davomida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Turkiya Yozarlar Birligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat o‘zbek va turk zamonaviy, mumtoz adabiyoti namunalarini ikki davlat kitobxonlariga yanada faolroq yetkazish, badiiy barkamol asarlarni tarjima qilish, ijod ahlining o‘zaro muloqoti uchun kengroq imkoniyatlar yaratishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

She’riyat festivali ishtirokchilari poytaxtimizdagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi, bir qator muzeylar, ma’rifat maskanlari, tarixiy qadamjolarga sayohat qildi.

“Bu bayramlar davom etajak”

Musa KAZIM ARIJAN,
Turkiya Yozarlar Birligi raisi, Anqara universiteti rektori, professor:

– Millatlararo do‘stlik aloqalarini rivojlantirishda adabiyot va san’at muhim ahamiyat kasb etadi. Toshkent, Samarqand va Buxoro ulug‘ mutafakkirlarni yetishtirib bergan ulkan ma’naviyat tarixiga ega shaharlardir. Shu nuqtai nazardan ushbu tadbirning O‘zbekiston poytaxti Toshkentda o‘tkazilgani adabiy maydonda juda katta voqea bo‘ldi.

O‘zbek adabiyoti o‘z davrida olamshumul ahamiyatga ega buyuk ijodiy meros yaratgan Alisher Navoiy kabi ulug‘ allomalarga ega muhtasham adabiyotdir. Shu bois bu yurtga safarga chiqqanimizdayoq turkiyalik ijodkorlarning yuzida chuqur hayajonni ko‘rdim. 

Anjumanda Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan kelgan shoirlar va o‘zbekistonlik ijodkorlar o‘zlarining go‘zal she’rlarini o‘qir ekan, biz adabiyotning kelajagi porloq ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qildik. Bu adabiy aloqalarimizni yanada mustahkamlashni rejaladik. Shuningdek, navbatdagi she’riyat bayramlarida ishtirokchilar tarkibini kengaytirib borish haqida fikrlashdik. Yangi loyihalarni yuzaga chiqarish haqida kelishib oldik.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida bo‘lib o‘tgan “Alisher Navoiy va XXI asr she’riyati” deb nomlangan mushoira kechasi, “She’riyat kelajagi va sun’iy intellekt” mavzusida davra suhbati, “Turon” kutubxonasida o‘tkazilgan  turk adabiyoti namoyandasi Mehmet Do‘g‘on, atoqli qirg‘iz shoiri Aliqul Osmonov hamda ulug‘ qozoq oqini Abay xotirasiga bag‘ishlangan adabiy kechalar qalblarimizni to‘lqinlantirdi.

Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Toshkent shahrida bunyod etilgan muhtasham Adiblar xiyoboni barchamizda juda katta taassurot qoldirdi. U yerda biz O‘zbekistonning ardoqli shoirlari bilan yaqindan tanishdik. Kelgusida ushbu xiyobonda haykallari o‘rnatilgan mangulikka daxldor adiblarning ham xotira kechalarini o‘tkazishga qaror qildik.

Altinbek ISMAILOV,
qirg‘iz shoiri:

Men yurtingizga tez-tez kelib turaman. To‘g‘risi, O‘zbekiston o‘z uyimday bo‘lib qolgan. Bu jannatmonand o‘lkaning ko‘p shoirlari bilan hamkorligim bor. Ularning uylarida qo‘noq bo‘lganman, yurtimga borganlarini esa mehmon qilganman.

She’riyat bayramlari bahona yana do‘stlarim bilan diydorlashdik. Toshkent uchrashuvi o‘zgacha bir shukuh bilan o‘tdi. Adiblar bog‘ini ko‘rib, rosti, sizlarga havas qildim. Bu galgi xalqaro she’riyat bayramida ham har qardosh xalq shoiri o‘z tilida she’r o‘qidi. Qardoshlik yakdilligi sabab bizga tarjimon kerak bo‘lmadi. Ular bir-birlarining qalb kechinmalarini bemalol angladilar.

Bunday tadbirlarni davlatlararo keng miqyosda o‘tkazish oson emas. Shu ma’noda, biz ushbu tadbirni yuksak darajada uyushtirgan TURKSOY xalqaro tashkiloti va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga tashakkur izhor qilamiz.

Biz to‘rt kun davomida o‘zbek yozuvchilarining “Do‘rmon” ijod uyida yashadik. U yerda ham bog‘ kezib dillashdik, she’rlashdik. Ulug‘ ijodkorlarning izi qolgan bu tabarruk maskanda har bir shoirning yuragi she’r deb urdi.

Kelgusi yilda ushbu bayramni Qirg‘izistonda o‘tkazish rejalashtirilgan. Nasib etsa, biz ham bayramni yuqori saviyada o‘tkazish uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz. 

Nazokat USMONOVA

“Jadid” gazetasining 2024-yil 6-dekabrdagi 50-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img83

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img324