Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


24.10.2024 | 14:22

img3024

TOMOSHABIN TEATRGA NIMA UCHUN BORADI?

So‘nggi o‘n yillikda yurtimizning barcha jabhalarida katta o‘zgarishlar yuz berdi. Jumladan, teatr namoyandalariga, tanqidga munosabat, teatrlardagi ichki vaziyatlar ham o‘zgarishga yuz tutdi. Teatrlar mafkuradan xoli bo‘ldi, taqiqlar yo‘q, ijodiy xodimlarga erkinlik berildi, pyesalar tanlash va sahnaviy ifodalikni belgilashda erkinlik vujudga keldi.

Biroq vaqt o‘tib ma’lum bo‘ldiki, uzoq yillar davomida qaysi muallifning asarlari qo‘yilishi kerakligi belgilangan repertuar asosida ishlab kelgan teatrlarning hammasi ham bunday yangiliklarga tayyor emas ekan. Chunki ijodiy jihatdan mus­taqil bo‘lgan aksariyat teatrlarning rahbariyati tanqidchilarni “dushman” sifatida ko‘rib, ularning fikrlariga bepisand munosabatda bo‘la boshladi.

Keyingi paytda tez-tez quloqqa chalinayotgan “Teatr tanqidchilari, ularning fikr­lari, tanqidiy mulohazalari nega kerak?” degan savol javobsiz qolmoqda. Sababi, bugun teatr­lar pul ishlashi, kas­sabop mahsulot ishlab chiqarishi kerak. Vaholanki, bu spektakl­larning aksariyatining umri bir kunlik (yo bir pullik)mikan? Ba’zi tomoshabinlarga esa baribir, sahnaga nima chiqsa ko‘raverishadi (buyam bir ko‘rgilik). Xo‘sh, teatr­ga bundan boshqa yana nima ­kerak? Bunday munosabatdan ko‘ngil­da g‘ashlik tug‘iladi. Teatr­ga professional tanqidni qanday qaytarish mumkin? Muayyan spektakl­ning zaif tomon­larini ko‘ra-bila turib, maqtov so‘zlarni aytishga vij­don yo‘l qo‘ymaydi. Unda teatr­lar ishini faollashtirishning qanday yo‘li bor?

Tanlovlar, festivallar, ko‘riklar teatrlar faoliyatini jonlantirishi, aynan shular ijodiy jarayon­ni faollashtirishi mumkin, albatta. Shuning uchun ham keyingi vaqtda ko‘plab teatr festivallari tashkil etilmoqda.

Biroq aksariyat hollarda festivallar dasturidan anchayin bo‘sh, sayoz spektakllar joy olmoqda. Ular orasida teatr jarayonining yangi yo‘nalishini belgilab beruvchi ikki-uch spektakl topiladi, xolos. Fikrimizcha, festivallarni tashkil etish amaliyotini yanada jonlantirish lozim. Yaqin o‘tmishda sobiq “O‘zbekteatr” birlashmasi “Debyut” fes­tivalini tashkil qilib, yosh rejissyorlarni kashf etish yo‘lini topgan edi. Bu mamlakat teatrlari hayotida muhim voqeaga aylangandi. Biroq unda g‘oliblarga qanday vakolatlar berilishi masalasi ochiq qolgan. To‘g‘ri, yosh rejissyorlarga turli teatrlarda ishlash uchun yo‘llanma berilardi. Lekin hammasi shu bilan yakunlanardi.

Bizningcha, yosh rejissyorlarga tanlash imkoniyatini berish zarur. Ularning ko‘pchiligida sahnalashtirmoqchi bo‘lgan spektakl­larining loyihasi bor. Biroq kundalik yugur-yugurlar orasida ular nima qilishni, yordam so‘rab kimga murojaat etishni bilishmaydi. Yordam berish­ning esa iloji bor. Taklifimiz shuki, qirqqa yaqin teatr jamoalariga ega bo‘lgan Madaniyat vazirligida yosh rejissyorlarga ijodiy ­sharoit yaratish bilan muntazam shug‘ullanadigan tanlov ekspert komissiyasini tuzish kerak. Yosh rejissyorlarning talabnomalari, loyihala­rini uch-to‘rt kishidan iborat komissiya ko‘rib chiqib, sahnalashtirishga taklif berganidan so‘ng g‘oliblarning ijodiy ishi moliyalashtirilishi lozim. Shu tariqa davlat buyurtmasi haqidagi qarorni kutib o‘tirmay, yosh kuchlarni faollashtirish mumkin.

Ayni vaqtda yosh rejissyorlarning ishini tashkil qilish uchun malakali ustozlar rahbarligida yosh tanqidchilar, teatrshunoslar bilan birga seminarlar o‘tkazish darkor. Mada­niyat vazirligi qoshida ijodiy sek­siyalar tashkil etish va shu orqali kelgusida sahnalashtiriladigan spektakllar loyihasiga buyurtma berishda yoshlarga yordamlashish zarur. Shu ma’noda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat ins­titutining o‘quv markazi muntazam faoliyat yuritib turishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu markaz yosh rejissyorlar spektakl qo‘yadigan, yurtimizning boshqa hududlarida sahnalashtirilgan eng yaxshi sahna asarlari namoyish etiladigan tajriba markaziga ayla­nishi kerak. Shunday qilish lozimki, yoshlar nafaqat teatrimizga, balki yurtimizga kerakli ekanligini his qilishsin va tushunishsin.

Bugungi kunda homiylik institutlari shakl­lanmoqda. Bundan bir necha yil burun “Do‘stlar klubi” doirasida teatrlarga homiylar biriktirilishi amalda yaxshi natija berayotgan edi. Biroq keyingi paytlarda shu narsa ham susa­yib qoldi. Hozir teatr sohasida ijodiy jarayonni tashkil etishda, spektakllar topshiri­lishida homiylarning bevosita ishtiroki deyarli sezilmayotir. Xo‘sh, buning sababi nimada? Nima uchun poytaxt teatrlarining rahbarlari o‘z rejissyorlarining ijodiy faoliyatini ta’minlash uchun homiy qidirishmaydi? Nima uchun Milliy teatrning bosh rejissyori Asqar Xolmo‘minov chetdan ish qidirib, viloyat teatr­larida spektakllar sahnalashtirib yuribdi?! Vaholanki, uning o‘z teatridan chetda sahna­lashtirayotgan spektakllari nufuzli xalqaro fes­tivallarning mukofotiga sazovor bo‘lyapti. Nima uchun Asqar Xolmo‘minov o‘z ish joyida, yurtimizning asosiy teatrida ish bilan band emas? Bu rejissyorning faoliyati ro‘yxatida viloyat teatrlarida qo‘yilgan o‘nlab turli sahna asarlari bor. Uning amalga oshirilmay qolib ketayotgan loyihalari qancha? Bu loyihalar orasida Shekspir, Chexov asarlari, bir qator zamonaviy chet el mualliflarining dramalari bor. Shunisi achinarliki, vaqt nihoyatda tezkor, kutib turmaydi.

Shu yil bahorda Samarqand musiqali drama teatrida Asqar Xolmo‘minov Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” (Sh.Fayzullayev inssenirovkasi, sahna bezakchisi va libos­lar bo‘yicha rassom M.Xoliqov, kompozitor A.O‘tagenov) dostoni motivlari asosida spektakl yaratdi. Ushbu asar Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan xalqaro festivalning mukofotiga sazovor bo‘ldi. Afsuski, mazkur spektakl Toshkentda namoyish etilmadi! Milliy an’ana deyarli hamma vaqt milliy shakl bilan bog‘liq bo‘lib kelgan. “Layli va Majnun” spektaklining yaratuvchilari aynan shu bog‘lamni topganlar. Asqar Xolmo‘minov to‘liq romantik talqinga, metaforali obrazlilikka, tasavvufiy ramzga ega bo‘lgan ajo­yib spektakl yaratgan. Postanovka aniq-ravshan rejissyorlik uslubiga yo‘g‘rilgan. Ya’ni rejissyorning maqsadi ilohiy, sof, g‘olib, lekin g‘ofillik, jaholat, shafqatsizlik qarshisida ojiz qolgan sevgining tug‘ilishini ko‘rsatish bo‘lgan. Muhimi, rejissyor asosiy maqsadni ochib berish yo‘lida bir jon-bir tan bo‘lib ishlagan ajoyib aktyorlar ansamb­lini tuzolgan.

Kezi kelganda, bir savolga javob izlashga to‘g‘ri keladi: nima uchun San’at va madaniyat institutining ko‘pchilik bitiruvchilari kino sanoatiga o‘tib ketishadi? Madaniyat vazirligi nima uchun bunday holatga e’tibor bermaydi? Ehtimol, yosh, tajribasiz rejissyorga spektaklni ishonib topshirish qaltis ish, deyishlari mumkin. Unda bu yosh rejissyor qayerda tajriba ort­tiradi? Faqat bir maqsad bilan – ­yaxshi, sifatli, badiiy jihatdan qiziqarli sahna asari yaratish uchun yosh ijodkorga yordam berish kerak. Bu borada Jizzax viloyati teatri rahbariyatining faoliyati namunali misol bo‘la oladi. Yosh bosh rejissyor Shohrux Yo‘ldoshev o‘z kasbini chuqur egallashi, mahoratini charxlashi uchun rahbariyat yordamini ayamay kelyapti. A.Chexovning “Oqqush qo‘shig‘i” bir aktli pyesasi asosida u yaratgan “Monolog” nomli spektakl favqulodda o‘ziga xos talqini bilan ajralib turadi. Barcha ko‘rinishlar sahnada yashashga o‘rgangan, rollardagi murakkab matnlarni bemalol yodlash qobiliyatini yo‘qotmagan insonning kayfiyati, hissiyoti va ehtiros­larini namoyon etishga yo‘naltirilgan. Aktyor Hamroz Mahmudov keksa aktyor­ning tarixi­ni ishonarli talqin qilishga muvaffaq bo‘lgan. Spektakl musiqasi mashhur klassik ohang­lar asosida tanlangan bo‘lib, asar mavzusiga hamohang tarzda ushalmagan orzular haqidagi sog‘inchni ifodalashga xizmat qilgan.

Teatr jonli san’at bo‘lgani uchun ham unda ijodiy yutuqlar va inqirozlar uchrab turishi tabiiy. Hammasi hayotdagidek. Ana shu hayot­ning davom etishi uchun hamkasb­lar va jamoatchilik astoydil yordam berishi, yoshi ulug‘ ijodkorlar yosh aktyorlar bilan taj­riba alma­shishi, muhimi, yoshlarga ishonishi ­kerak. Xo‘sh bugun zamonaviylik va an’ana­lar o‘rtasidagi aloqa qanday bo‘lishi lozim? Bunday muvozanatga erishish qiyin, ammo hal qilsa bo‘ladigan masala. Bahodir Yo‘ldoshev nomidagi “Diydor” teatr-studiyasi aynan shu masalani hal etish yo‘lida yaxshi izlanishlar olib boryapti.

Har doimgidek, teatr o‘zining nav­batdagi mavsumini ulug‘ rejissyor tavallud topgan sana – 7-sentyabrda taniqli qirg‘iz dramaturgi M.Bayjiyevning “Duel” pyesasi motivlari asosida sahnalashtirilgan spektakl bilan ochdi. Teatr rahbari Bobur Yo‘ldoshev, taniqli rassom Bobur Ismoilov va iste’dodli kompozitor ­Dmitriy Yanovskiy hamkorligida sahnaga qo‘yilgan mazkur spektakl voqea­lari bosh qahramonning xotiralari asosiga qurilgan. Spektakl ijodkorlari yangicha kompyuter texnologiyalari­ga tayangan holda sahnada ishonarli jonli muhit yaratganlar. Tomoshabin ko‘z o‘ngida Issiqko‘lning shovqinli to‘lqinlari, uchayotgan turnalar, baliqchi qushlar jonlanadi. Bularning bari musiqa fonida xavotirli muhitdan, ayni paytda insonning lirika va og‘riqli sog‘inch bilan yo‘g‘rilgan baxtli bo‘lish haqidagi ushalmagan orzusidan hikoya qiladi.

So‘nggi yillarda teatrlarimiz amaliyotida chet mamlakatlardan rejissyor taklif qilish an’anasi paydo bo‘ldi. Bu juda yaxshi, albatta. Lekin, afsuski, taklif etilayotgan rejissyorlar­ning hammasi ham bizning mentalitetimizga xos bo‘lgan tafakkur, dunyoqarash, dunyoni tushunish kabi muhim xislatlarning fahmiga boravermaydi, tushunib yetmaydi. Sevgi, yaxshilik, axloqiy qadriyatlar haqida turlicha o‘ylash, ularni turli nuqta-i nazardan talqin qilish mumkin, biroq bir narsa – tomoshabin bularning barini qanday qabul qilishi alohida masala. Va buni unutish mumkin emas.

Odamlar teatrga nima uchun boradi? Hech kimni befarq qoldirmaydigan, murakkab, qarama-qarshiliklarga boy taqdirlar ko‘rsati­luv­chi, insonning ichki olamini boyituvchi, uning axloq-­odobini tarbiyalashga hissa qo‘shuvchi, o‘zi va olamni tushunishiga yordam beruvchi teatr deb atalmish dargohda xizmat qilayotgan har bir odam o‘ziga shu savolni berishi kerak. Va bu, fikrimcha, o‘zgarmas qoida bo‘lib qolishi shart.

Muhabbat TO‘LAXO‘JAYEVA,
san’atshunoslik fanlari doktori,
professor

“Jadid” gazetasining 2024-yil 18-oktyabrdagi 43-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596