07.11.2024 | 11:24
312
Alber Kamyu hikmatlari
7-noyabr – fransuz yozuvchisi va faylasufi Alber Kamyu tavallud topgan kun.

Odamlarni yomon ko‘rishdan ko‘ra yoqtirishga asoslar ko‘proqdir.
Hayotda tushkunliksiz hayotga muhabbat ham bo‘lmaydi.
Inson — o‘zligicha qolishni istamaydigan yagona mavjudot.
Odamlar o‘zini qonunni hurmat qilmayotganday qilib ko‘rsatishadi, aslida ular faqat kuchga bo‘ysunadilar.
Men sening kelishingni bilsam, qancha bo‘lsa ham kutishga tayyorman.
Yolg‘on gapirmaslikni biladigan odam ozoddir.
Insonlar qo‘rqoqlar qurshovida qolganida o‘zini yolg‘iz his etadi.
Umidsizlikka odatlanish umidsizlikning o‘zidan ham yomon.
Boylikning asiri bo‘lgandan ko‘ra ozod kambag‘al bo‘lgan yaxshi. Tabiiyki, odamlar ham boy, ham erkin bo‘lgisi keladi, ba’zan shuning uchun kambag‘al qullarga aylanadilar.
Odamlar orasida qanday yashash kerak? Hayotning ulug‘ savoli.
Insoniy azoblarning eng yuqorisi qonunsiz sudlanishdir.
Odamda ona yagona-ku!
Qarilikning davosi yo‘q.
Odam o‘zini ba’zan bir narsada juda haqman deb o‘ylaydi, lekin boshqacha bo‘lib chiqadi.
Ijod qilish, sevish va g‘olib chiqish uchun yaratilish — dunyoda yashash uchun yaratilish demakdir. Ammo urush hammasini butkul yutqazishga o‘qitadi va biz yo‘q bo‘lgan narsaga aylanadi.
Odam xohishni jilovlab olmaguncha, hech narsani o‘ziga bo‘ysundira olmaydi.
Yozuvchi vafot etganidan keyin uning ijodini baholay boshlashadi. Xuddi shunday odam vafot etganidan so‘ng uning oramizdagi o‘rnini qayta baholay boshlashadi. Demak, o‘tmish butkul xomxayollar bilan to‘ldirilgan o‘lim tomonidan yaratilgan.
Hayotning har daqiqasida mo‘jiza va mangu yoshlik yashirilgan.
Faqat bir narsa — o‘lim muqarrar, boshqa hamma narsadan qochib qutulsa bo‘ladi.
Siyosatchilar tenglik erkinlikka naqadar dushman ekanligini anglashmaydi. Gretsiyada qullar bo‘lganligi uchun hur odamlar yashagan.
Odamlar ojizligidan yoki norozilik belgisi sifatida ichadi.
Mening dunyomning siri: Tangrini insonni mangu barhayot emasdek tasavvur etish.
Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
599
