Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


07.01.2025 | 13:27

img700

Alisher Navoiy zamonida qanday xalq tomoshalari mavjud bo‘lgan?

Alisher Navoiy zamonida tomoshalar xilma-xil bo‘lgan. Shulardan katta maydonlarda (saylgoh, shoxko‘cha, zo‘rxona, registon kabi) o‘tadigan uloq, poyga, chavgon, dor o‘yin, kurash, qo‘lda o‘rgatilgan hayvonlarni o‘ynatish singari tomoshalar alohida bir turkumni tashkil etadi. Hozirgi atamalarni ishlatadigan bo‘lsak, bular sport va sirkka mansub tomoshalardir. Bulardan tashqari yana ikki turkum tomoshalar bo‘lgan: bir kishi tomonidan ko‘rsatiladigan tomoshalar (taqlid, latifataroshlik, qissago‘ylik, voizlik, shu’bada), uyushma tomondan ijro etiladigan tomoshalar (masxara, raqs, qovurchoq o‘yin, zarofat, go‘yandalik). Aynan mana shu tomoshalar teatr san’atiga taalluqlidir.

Alisher Navoiy mana shu turfa tomoshalar haqida bevosita va bilvosita ko‘pgina qiziqlari ma’lumotlar, fikr-mulohazalar yozib qoldirgan. Ularni mantiq ipiga chizish va boshqa manbalardagi ma’lumotlar bilan boyitish, muqoyasa qilish orqali XV asrning ikkinchi yarmida Xuroson va Movarounnahrda tomosha san’ati rang-barang ko‘rinishlarda yaxshi rivojlangan, ulardan barcha tabaqalar, urug‘lar va elatlar bahramand bo‘lganlar, degan xulosaga keldim.

O‘z ma’nolari va tomoshabinlarga ta’siriga ko‘ra Navoiy davridagi tomoshalar asosan ikkita katta turkumga bo‘lingan: kulgili tomoshalar va jiddiy tomoshalar. Shundan kulgili tomoshalar ko‘p va mo‘l bo‘lib, aholi madaniy hayotida katta o‘rin tutgan. Alisher Navoiy ularni bitta so‘z bilan “kulgu” deb ataydi. Ya’ni ushbu atama o‘z ma’nosi, shakli, tasvir vositalariga ko‘ra, hayotdagi kishilarning fe’l-atvorlari, o‘zaro munosabatlaridagi jamiyatning an’anaviy axloqiy qadriyatlariga zid kelgan yoki shunchaki kulgili bo‘lgan jihatlarni bo‘rttirib tasvirlashi bilan tomoshabinlarda kulgi qo‘zg‘ovchi barcha tomoshalarni qamrab olgan. Zero, u davrlar hazilomuz, hajviy she’rlar bituvchi shoirlar, ularni ifodali qilib o‘quvchi suxanpardozlar, tarabxona, maydon va saylgohlarda ma’raka tutib, o‘z tomoshalari bilan xaloyiqni qah-qah urdirib kuldiruvchi masxaralar, muqallidlar, mu’shabidlar, qush va hayvon o‘ynatuvchilar, qovuchoqchilar juda ko‘p bo‘lgan. Shuningdek, badiha yo‘li bilan hazil-mutoyiba (bu zarofat deyilgan) qilib, o‘zaro yoxud majlis va ma’rakalarda bellashuvchi zariflar ham kulgi bobida peshqadam edilar.

Fojiali tarixiy voqealarni, payg‘ambarlar va mashoyixlar haqidagi afsona va rivoyatlarni, yozma dostonlarni kuchli ehtiroslar, his-tuyg‘ular vositasida jiddiy yo‘sinda hikoya qiluvchi (gavdalantiruvchi) qissago‘ylar, go‘yandalar, voizlar, maddohlar va boshqalar tomoshabinlarga kuchli ruhiy ta’sir ko‘rsatib, ularni yig‘latganlar, jazavaga solganlar. Ko‘proq chorvadorlar bilan bog‘liq hayot kechirgan dostonnavoz baxshilar o‘z ijodlarida tomosha san’atining mana shu ikki qirrasini – ham kulgili, ham jiddiy tomonini omuxta qilib kelgan bo‘lsa kerak.

Raqs san’ati ikki turkum tomoshalarning o‘rtasini ishg‘ol etgan. Zero, raqqos va raqqosalar o‘zlarining tana harakatlari, raftorlari, jilvalari, imo-ishoralari bilan tiyra insoniy tuyg‘ulardan hikoya qilib, tomoshabinlarda shirin va nafis kayfiyat va hissiyotlar uyg‘otganlar.

Alisher Navoiy o‘z ijodida yo‘l-yo‘lakay bo‘lsa-da, kulgi va uning mohiyatini chuqur tahlil qiladi. Bu to‘g‘rida maxsus tadqiqot olib borgan A.Abdug‘afurov bunday deb yozadi: “Navoiy talabicha, kulgi obyektiv va tabiiy bo‘lishi kerak. U chindan ham kulgili holatlar ustidan qo‘zg‘olishi lozim. Ayni zamonda kulgi o‘z vaqtida, unga mos sharoit mavjudligida ishlatilishi kerak”. Navoiyning o‘zi hayotida bunday talabga qat’iy amal qilgan holda munosib o‘rinlarda kulgiga og‘iz ochgan, asossiz va o‘rinsiz kulgini esa qat’iy qoralagan.

“G‘aroyib us-sig‘ar”da quyidagi bayt bor:

Hikmat ahli ollida sovuq sifat yo‘q kimsada,
Subhi kozibdek mahalsiz aylagon kulgu kibi.

“Hayratul-abror”da bu fikr ancha keng sharhlanadi. Shoir bemavridgina emas, balki be’mani, bachkana, odobga xilof bo‘lgan kulgini qoralaydi:

Tarki adabdin biri kulgu durur,
Kulgu adab tarkiga belgu durur.

Qahqahadin kabk navo kelturub,
Boshig‘a ul kulgu balo kelturub.

G‘uncha kulub bo‘ldi ochilmoq anga,
Yetti ochilmoqda sochilmoq anga.

Barqni kulgu yiqibon tog‘ aro,
Balki qilib yer quyi tuprog‘ aro.

Subhki bu sheva pisand aylabon,
Mehr o‘ti durrini sipand aylabon.

Kulgiki o‘z haddidin o‘ldi yiroq,
Yig‘lamoq andin ko‘p erur yaxshiroq…

Ya’ni Navoiy kulgining haddidan oshmasligi, hayo va adab pardasini chok etmasligi, yaxshi odamning ko‘ngliga ozor bermasligi, o‘ch va haqorat vositasiga aylanmasligi tarafdori.

Alisher Navoiy kulgi bilan yo‘g‘rilgan san’atlarni ikki toifaga – hajv va hazlga ajratadi. Ya’ni kulgi bir ajab qushki, uning bir qanoti hajv bo‘lsa, ikkinchi qanoti hazl deb hisoblaydi. Navoiy “hajv” deganda faqat satirani, satira bilan bog‘liq she’riyatni, turli xil tomoshalarni tushungan, “hazl” atamasi bilan esa “mutoyaba”, “zarofat”, “mazoq” kabi tushunchalarni ifodalagan. Shu jihatdan men A.Abdug‘afurovning talqini asosli va to‘g‘ri deb hisoblayman.

Muhsin Qodirovning
“Navoiy va sahna san’ati” kitobidan


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596