Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


29.01.2025 | 15:15

img2612

Anton Chexov haqida qiziqarli ma’lumotlar

Rus yozuvchisi Anton Pavlovich Chexov hayoti va ijodiga oid qiziqarli ma’lumotlar haqida so‘z yuritamiz.

Jajji Anton Chexovni boshi haddan tashqari katta bo‘lgani sababli «Bomba» deb atashgan. Ammo u bunday chaqiriqdan xafa bo‘lmagan. Qarindoshlarining xotiralariga ko‘ra, Antosha farzandlar orasida eng itoatkor o‘g‘il bo‘lgan.

Chexov o‘zining ilk asarlarini «Antosha Chexonte» taxallusi bilan imzolagan, yozuvchining ellikdan ortiq turli taxallusi bo‘lgan. Ularning eng mashhurlari Shiller Shekspirovich Gyote, Shampanskiy, Akasining ukasi, Oltinchi raqamli gayka, Zag‘cha kabi nomlar edi. Chexov o‘zining haqiqiy ismini birinchi marta «Yangi zamon» («Novoye vremya») gazetasida ishlatgan, chunki muharrir bu masalada qattiq turib olgan.

Chexov taxminan besh yil davomida majburiyat tufayli tirikchilik qilish uchun boshqa yozuvchilar nomidan pul evaziga kitoblar yozgan.

O‘qish mobaynida Chexov turli yo‘llar bilan qo‘shimcha daromad topishga majbur bo‘lgan: repetitorlik qilgan, jurnallar bilan hamkorlik olib borgan, qisqa hajmli hazil-mutoyibalar yozgan.

1884-yil Moskva tibbiyot fakultetini tugatgandan so‘ng, Chexov shifokorlik faoliyati bilan shug‘ullana boshlagan.

Chexovning bo‘yi past bo‘lgan degan mish-mish mavjud. Biroq bu gap haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi – yozuvchining bo‘yi 182 santimetr edi.

Chexovning yaqin do‘sti boshqa bir mashhur yozuvchi – Ivan Bunin edi.

Chexov o‘z zamondosh yozuvchilar orasida Lev Tolstoyni ko‘proq hurmat qilar, u haqda doimo ehtirom va hayrat bilan so‘z yuritardi.

Chexov itlarni juda yaxshi ko‘rardi. Uning Brom Isaich va Xina Markovna deb ataladigan ikkita taksa (oyoqlari kalta, gavdasi uzun it)si bor edi.

Yozuvchi butun hayoti davomida xayriya ishlari bilan shug‘ullangan. Kam ta’minlangan dehqonlar uchun qishloq maktablari va sanatoriyalar qurishga mablag‘ yig‘ishga ko‘maklashgan. Ko‘ngilli sifatida bepul shifokorlik qilgan.

Quyosh tizimidagi birinchi sayyora Merkuriyda Chexov nomi bilan atalgan krater mavjud.

Taganrogda Pyotr Birinchining haykali o‘rnatilgan. Bunga Chexovning qanday aloqasi bor? Aynan u Taganrog rahbariyatini bu haykal o‘rnatishga ko‘ndirgan.

Yozuvchi havaskor filatelist bo‘lgan – u pochta markalarini to‘plagan.

Chexovning asarlari ikki yuzga yaqin marta ekranga ko‘chirilgan.

Nyu-Yorkda uning nomi bilan atalgan adabiy nashriyot faoliyat yuritmoqda.

Chexov o‘z asarlarining boshqa tillarga tarjima qilinishini yoqtirmagan.

Bir safar Chexov Vezuviy vulqonining cho‘qqisiga ko‘tarilgan.

Chexovning shaxsiy hayotini omadsiz o‘tgan, deb bo‘lmaydi. Ayollar uni sevardi, u ham sevardi. Biroq kech uylangan adib hazillashib, menga osmondagi oy kabi har kuni ko‘rinmaydigan xotin kerak, derdi. Moskva badiiy teatrining aktrisasi Olga Knipper xuddi shunday ayol edi.

Umrining so‘nggi kuni tongda Chexov alahsirab uyg‘ondi. Unga shifokor chaqirishdi. Doktor yozuvchini ko‘rikdan o‘tkazdi va shampan vino olib kelishni so‘radi. Gap shundaki, agar shifokor hamkasbini tekshirgandan so‘ng umid yo‘qligini ko‘rsa, unga bir qadah shampan vino taqdim etishi kerak edi. Anton Pavlovich shampanni ichdi-da: «Ancha vaqtdan beri ko‘pikli vino tatib ko‘rmagandim,» – dedi va yonboshiga ag‘darilib, qattiq uyquga ketdi hamda boshqa uyg‘onmadi.

Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img83

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img324