25.12.2024 | 11:28
3197
Eyfel minorasi haqida 10 qiziqarli fakt
Uning qad rostlagan o‘rnida doimiy qolishi ko‘zda tutilmagan edi
Gustav Eyfel jamoasi 1889-yilda Butunjahon ko‘rgazmasi uchun qurgan minorasi atigi 20 yilga mo‘ljallangan edi. Fransuzlar baxtiga, minora radiotelegraf stansiyasi sifatida foydalanilgani tufayli buzilishdan omon qoldi.

Mahalliy aholi avvaliga inshootni yomon ko‘rgan
Xoh ishoning, xoh ishonmang, dastlab ko‘pchilik parijliklar minorani yoqtirmasdi. Hatto rassomlar va ziyolilar uni ko‘z og‘ritar badbashara inshoot deya atab, uning ustidan yozilgan arznomalarga imzo qo‘yishgan. Bugun esa Parijni ushbu minorasiz tasavvur qilish qiyin!

O‘zgaruvchan balandlik
Metallning issiqda kengayishi hisobiga yoz payti Eyfel minorasi taxminan 6 dyum (15 santimetr) balandlashadi.

Aslida Gustav Eyfel binoni loyihalashtirmagan
Garchi Eyfel minorasi uning nomi bilan atalsa-da, aslida bu inshootni uning kompaniyasida ishlagan ikki muhandis – Moris Kexlin va Emil Nuge loyihalashtirgan.

Eyfel bir paytlar dunyodagi eng baland inshoot edi
330 metr balandlikdagi Eyfel minorasi 41 yil davomida dunyodagi eng baland sun’iy inshoot unvonini saqlab keldi. 1930-yilda Nyu-Yorkdagi Kraysler binosi balandlik borasida o‘zib ketgunga qadar mazkur e’tirof Eyfel minorasiga tegishli edi.

Yorug‘lik mayog‘i
Minoradagi yaltiroq chiroqlar, quyosh botganidan so‘ng har soatda besh daqiqa miltillaydi, u 1985-yilda o‘rnatilgan. Ular 20 000 ta lampochkadan iborat bo‘lib, «Temir xonim»ni porlashiga sabab bo‘ladi. Qizig‘i shundaki, chiroqlar mualliflik huquqi bilan himoyalangan.

Maxfiy xonalar
Gustav Eyfel minoraning eng yuqori qismida o‘zi uchun shaxsiy xonadon barpo etgan. Bugungi kunda tashrif buyuruvchilar ushbu ixcham xonalarni ko‘rishlari mumkin. Bu yerda o‘sha davrga xos mebellar va arxitektorning mum haykali o‘rnatilgan.

Shampan bari
Agar siz minoraning yuqorisiga chiqishga jur’at qilsangiz, Fransiyaning mashhur Shampan barida qadah ko‘tarishingiz mumkin.

Pazandachilik markazi
Eyfel minorasida ikkita restoran joylashgan. Parij shahrining go‘zal manzarasini tomosha qilgan holda taom tatib ko‘rish ko‘pchilik sayyohlar uchun orzu bo‘lsa, ajabmas.

Inshootda bir vaqtlar pochta bo‘limi va teatr joylashgan edi
Yillar davomida Eyfel minorasi turli xil korxonalar uchun o‘ziga xos makon vazifasini o‘tadi, ularning ko‘pchiligi keyinchalik yo‘q bo‘lib ketdi. Ular orasida fransuz «Le Figaro» gazetasi, pochta bo‘limi, radiostansiya va hatto Sovestr tomonidan loyihalashtirilgan o‘zgacha uslubdagi teatr ham mavjud edi.

“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
83
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
324



