13.04.2024 | 05:06
953
ARMUG‘ON

ALISHER
Jahonki muqaddas neni ko‘ribdi, –
Bariga onasan, ey qodir hayot.
Besh yuz yil naridan boqib turibdi,
Nurli bu yuzlarga nuroniy bir zot.
Shu buyuk o‘g‘lingni ardoqlab dildan, –
Xalqim, ta’zim etsang arzigay tamom.
Uning nomi bilan birga bitilgan
Dunyo daftarida o‘zbek degan nom.
Boyqaro irg‘ishlab istak otida
Jahonga boqqanda misli bola sher, –
Hirot darvozasin bir kanotida
She’riy lashkarini tizgan Alisher.
Dunyoda biror nom qoldirmoq uchun
Yurt buzish shart emas, degan gap-ku, rost.
Kimdir pesh qilganda nayzaning kuchin,
Alisher qalamni ko‘rsatgan, xolos.
Tun bilan tong erur tashbehda udum,
Misoli zahr-u may, hajr-u shakar lab.
Kimnidir quyoshday eslasa mardum,
Kimnidir zulmatday yurarlar qarg‘ab.
Nido tingla, bu kun, yurting tarafdan,
Ey, yiroq Hirotda maskan topgan er!
Ogoh bo‘l, Alisher, sen ushbu gapdan:
Har ikki nabirang – biri Alisher.
Baytingga bir bora qovushgan har lab,
Takrorlab ketgusi mahshargacha to.
Qaratib turibsan bu yon, ne ajab,
Milliard martabali jahonni hatto.
Birovlar nazdida johil Osiyo
Faqat zavol ko‘rib, ko‘rmagan kamol.
Muso iltijosi yetdi-yu go‘yo,
Haq Tur tog‘i uzra ko‘rgazdi jamol…
Jahon mehrobida paydo Alisher…
Shodmon qasida ayt sen ham, ey quyosh!
Besh yuz yil, unga ham nima gap axir,
Mingga qadam qo‘ydi yigirma besh yosh.
Abdulla ORIPOV, O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri.
MUXAMMAS
Ko‘z ochar gulshanda g‘uncha, bulbul afg‘on aylagach,
Nega afg‘on aylay, ul gul yuzni tobon aylagach,
Misli oykim, ko‘rk ochur sayri shabiston aylagach,
Husni ortar yuzda zulfin anbarafshon aylagach,
Sham’ ravshanroq bo‘lur torin parishon aylagach.
Nega ul kun sochlaringni anbar afshon aylading?
Ro‘zigorim tiyra, ko‘zim kavkabiston aylading?
Qo‘lga qo‘ygachmu xinolar yo dilim qon aylading,
Yuzni gullardin bezabmu bizni qurbon aylading,
Yo yuzingga tegdi qonlar bizni qurbon aylagach.
Mehr so‘ndirgach dilida, jonni so‘zon ayladi,
Husnini obod etib, ko‘nglimni vayron ayladi,
Sehr aylab oshikoro, bandi pinhon ayladi,
Oshikor aylab yuzin, ko‘zimni hayron ayladi,
Yoshurun oldi ko‘ngil, o‘zimni hayron aylagach.
Men-ku sodiq mahram erdim og‘zi mahkam, ko‘ngli pok,
Ishq sirin etmasdim oshkor bo‘lgunimcha toki xok,
Shafqat istab nola qildim, ont ichib yoqamni chok,
Jonda qo‘yg‘och naqdi ishqin qildi ko‘nglimni halok,
O‘ldurur mahramni sulton ganj pinhon aylagach.
Nola-yu afg‘oning, Erkin, dilbaringga yetmadi,
Yetsa ham yo bemehr yor zarra parvo etmadi,
Bitdi ko‘p zahming va lekin ishq zahmi bitmadi,
Ey Navoiy, ishq agar ko‘nglingni majruh etmadi,
Bas, nedinkim qon kelur og‘zingdan, afg‘on aylagach.
Erkin VOHIDOV,
O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri.
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596
