Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


20.12.2024 | 14:57

img511

AZIM YURTNING AZIZ TUPROGʻI

Vadim YERZIKOV,
“Kursiv” biznes nashri bosh muharriri o‘rinbosari:

– O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan har qanday millat vakili, albatta, o‘zbek tilini bilishi hamda shu elning an’analarini hurmat qilib, e’zozlashi shart, deb o‘ylayman.

Shaxsan o‘zim bu tilni mukammal bilaman. O‘zbekiston Prezidenti tomonidan chiqarilayotgan farmon va qarorlarni muntazam o‘qib boraman. Shu tariqa yurtimizda kechayotgan islohotlar, yangiliklar va o‘zgarishlardan o‘z vaqtida xabardor bo‘laman. Bu – ishimda ham asqotadi.

Shu yerda voyaga yetib, yashab, o‘zbek tilini bilmasam, uning tarixini anglamasam, qiziqmasam, qanday qilib yetuk, ilmli inson sanayman o‘zimni?

Men 1990-yili Toshkent shahrida tug‘ilganman. Bolaligimning sho‘x-shodon yillari o‘zbeklarning taftli, mehrli, samimiyatga to‘la davralarida ertaklardagiday sehrli o‘tgan desam, hech ham mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ertadan kechgacha o‘zbek o‘rtoqlarim bilan ko‘cha changitib koptok tepardik, yoz chillasida ariqlarda cho‘milardik, qishda qorbobo yasab, qorbo‘ron o‘ynardik… Biri akam, biri ukamday qadrdon bo‘lgan. Hozir ham shunday. To‘y-ma’rakalarimiz bir.

2015-yilda Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universitetining iqtisod yo‘nalishini tamomladim. Shu bilan birga, onlayn media maktabda jurnalistika asoslarini o‘rgandim. 2019-yildan buyon esa, “Kursiv” biznes nashrida faoliyat yuritib kelaman. Mazkur nashrda media xabarlarini rus, ingliz va o‘zbek tilida e’lon qilamiz.

Ishonasizmi-yo‘qmi, xabarlarimizning eng ko‘pini o‘zbek kuzatuvchilari o‘qishadi va bundan juda mamnunmiz.

Bilasizmi, o‘zbek xalqining madaniyati, urf-odatlari yuragimga shu qadar yaqinki, buni so‘z bilan ta’riflay olmayman. Erta tongda tursam, olam tinch, qish oyi bo‘lsa-da quyosh charaqlab turibdi. Ishimizda unum, uyqumizda orom bor. Hech narsaga zor emasmiz. O‘zbekcha qilib aytsam, qora qozonimiz qaynab turibdi. Muhimi, yegan-ichganimizda halovat bor. Bundan ortiq yana nima kerak bizga?

Bunday yurtning, muqaddas zaminning qadriga yetmay, tuprog‘ini o‘pmay, millat tili bo‘lmish o‘zbek tilini ardoqlamay bo‘ladimi!

Shu azim yurtning aziz tuprog‘ida yashayotganim – mening eng katta boyligim, baxtim va saodatim!

Zarnigor IBROHIMOVA yozib oldi.

“Jadid” gazetasining 2024-yil 13-dekabrdagi 51-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img606

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img604