Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


06.09.2024 | 12:19

img353

“YURTNING KUCHI – BIRLIKDA, QADRI ESA TINCHLIKDADIR!”

Inson umri ulkan bir kitobga qiyoslansa, to‘g‘risi, mening hayotimni o‘zida jamlagan muhtasham kitobning ushbu kunlarga taalluqli sahifalari benihoya mazmunga to‘ladir. Men mo‘ysafid olimman, ammo yuragimda g‘ayrat-shijoatim jo‘sh uradi. O‘zimni yoshlar qatorida ko‘raman, ular bilan baravar fikrlashga urinaman.

Istiqlolimizning o‘ttiz uchinchi yilini keng shodiyonalar bilan nishonladik. 31-avgust kuni shogirdlarim bilan baqamti o‘tganlar ruhiga duo qilish uchun Shahidlar xotirasi maydoniga bordik. Urf-odati­miz­ga ko‘ra, qatag‘onga uchragan bobolarimizni yodlash marosimida osh tarqatildi. Shu anjumanda Prezident bilan uchrashdim. Quchog‘im to‘ldi. Beixtiyor ko‘zlarimga yosh keldi. 

To‘g‘risi, jamiyatimizni jadid bobolari izidan borib, ular ruhini shod qilayotgan, ta’lim-tarbiya va barcha ijti­moiy-maishiy jabhalarda jiddiy o‘zgarishlar me’mori bo‘lgan Prezidentimiz borligidan qalbim quvonchga to‘ldi. Biz o‘tganlarni yodga olar ekanmiz, ular yeti­sholmagan, ular uchun armonga aylangan orzular­ning ro‘yobga chiqqanini ko‘rganimiz va shu kunlarda yashab turganimiz uchun shukronalar aytamiz. Bu dil so‘zlarim, bu chin gaplarim yuragimning tub-tubi­dan chiqayotgani uchun go‘yoki yosh boladek yayrab keta­man.

Bayram munosabati bilan Respublika Prezidenti so‘zlagan nutqini diqqat-e’tibor bilan eshitdim. Odatda har yili Mustaqillik bayrami kunlarida bamisoli o‘tgan oylar sarhisobi bo‘ladi. “Aynan mustaqillik tufayli milliy davlatchiligimiz qayta tiklandi. O‘zbekis­ton yangi tarixiy davrga qadam qo‘ydi. Aynan istiqlol tufayli Jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egalladik”. 

Bayram ma’ruzasida Prezident aytgan bu gapning o‘z asosi bor. Men ham o‘tgan kunlarga xayolan na­zar soldim. Yurtboshimiz qardosh qo‘shnilarimiz bilan hamkorlikda juda ko‘plab anjumanlarda qatnashdi. Respublika rahbariyati ba’zan bu kabi ijtimoiy-siyosiy anjumanlarning tashabbuskori bo‘ldi. To‘g‘risi, bir necha yildan beri, Markaziy Osiyo mamlakatlari­ning o‘zaro birligi, birdamligi, hamnafasligi, hamkor­ligi va bu jarayonda mamlakatimiz olib borayotgan oqilona siyosatni jahondagi ma’naviyat-ma’rifat ahli e’tirof etayotir. Bizning diyorga xolis nazar bilan qarayotgan dunyo siyosatdonlari o‘zgarishlarni ham, tashabbuskor­ligimizni ham tan olayotgani sir emas. Men mo‘ysafid olim sifatida duo qilib: “Yurtimizga ko‘z tegmasin. O‘zbekiston gullab yashnasin!”, deyman. Oqqan ­daryo o‘zani bo‘ylab oqaveradi. Yangi o‘zanlarni ham bunyod qilaveradi. Bular ham muhim. Shunga monand jahon adabiyotiga o‘zining buyuk asarlari bilan bebaho hissa qo‘shgan alloma adib Chingiz Aytmatovning: “O‘zbekiston mening qalbim, ­mening yuragim. Bu mening ruhim va tanam nafas oladigan va dam oladigan joy. Bu ajoyib O‘zbekis­ton – madaniyat beshigi”, degan ulug‘vor e’tirofini yoshlar orasida ko‘p takrorlayman. “O‘zbekis­ton – madaniyat beshigi”. Bu shunchaki oddiy gap emas. Tafakkur chig‘irig‘idan ming marta o‘tgan, pishib, yetilgan va juda o‘ylab aytilgan hikmat. O‘z­be­kiston tafakkur egalari, tashab­bus sohiblarining yurti. Madaniyat, san’at, ilm-fan gullagan o‘lka. Balki erksizlik zamonlarida bir muddat soyada turgandir u. Ammo bugun dunyo ahlining oldida o‘z aql-zakovatimiz bilan hech kimdan kam emasligimizni na­moyon qilmoqdamiz. Parij olimpiadasida g‘olib bo‘lgan nabi­ra­larimning ko‘ksini bezab turgan oltin-kumush medallarga nazar solib, boshim osmonga yetdi. Ular­ning musobaqalardagi kurashlari, bokschilarning ringdagi bahodirona olishuvlarini kuzatib, to‘g‘risi, teleekran qarshisida o‘rnimdan turib ketgan mahal­la­rim ko‘p bo‘ldi. “Bugungi kunda navqiron farzandlari­miz Yangi O‘zbekiston ravnaqiga munosib hissa qo‘shmoqda”. Bayram munosabati bilan Prezident shunday haq gapni aytdi. Parijda g‘ala­baga erishgan nabiralarimning har birini alohida tilga oldi. Shu mahal men ham ularga tasannolar aytdim. Zotan, sportdagi yutuqlar mustaqil O‘zbekistonimizni dunyoga tanit­moq­da. Bu sohada o‘z kuch-qudratini namoyon qilayot­gan O‘zbekistonning mard Ulug‘bek-u Bahodirlari, Diyoradek irodasi mustahkam qizlari dunyoning eng yuksak shohsupalarida ko‘ksini kerib turishdi.

Azizlar, ilm-fandagi dunyo bo‘ylab yurishlarimiz ham xuddi shu maromda, shunday yuksak darajada davom etmog‘i lozim. Ayni dam ushbu beqiyos ­qiyoslarni o‘ylaganimda xayolimga yoshlikda o‘qiganim akademik shoirimiz Gʻafur Gʻulomning:

“Bizda logarifmaning mushkul muammolari,

Qo‘ldagi barmoqlarday oddiy qilinganda hal.

“Oliy irq” da’vogari, Cherchillning bobolari,

Hatto sanay olmasdi o‘n barmoqni mukammal”,

– degan misralari bot-bot xayolimga kelaveradi. Biz buyuk ajdodlarga munosib vorislar bo‘lishimiz lozim. Tarix haqiqati, chin haqqoniyat shudir. Shunda o‘tgan ulug‘ allomalarning ruhlari-da shod bo‘ladi, albatta.

“Yurtning kuchi – birlikda, qadri esa – tinch­likdadir!” Juda donishmandlarga xos topib aytilgan bu hikmatni aslo esdan chiqarmaslik kerak. Buni har bir o‘zbekistonlik chuqur mulohaza bilan o‘ylab ko‘rsin. Tinchlik – bebaho ne’mat. Dunyo­ning turli mintaqalaridagi xunrezlik va notinchliklarni ko‘rib, eshitib, Prezident ayt­gan gapning naqadar to‘g‘ri ekanini anglash qi­yin emas. Anglab, jim o‘tirishning o‘zigina kifoya qilmaydi. Azizlarim, birlik uchun, tinchlik uchun har birimiz qo‘limizdan kelgancha harakat qilmog‘imiz lozim. Yaqin tarixda bo‘lgan notinch kunlarni, sal nariga borilsa, urush ofatlarini biz o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik. Tinchlik ortidan el obodligi, to‘qchilik va farovonlik keladi.

Prezident ota-onalarga qarata aytgan juda muhim bir fikrga alohida e’tibor berib o‘tirdim: “Men hurmatli ota-onalarga qarata aytmoqchiman: qiz­laringizni o‘qiting, orzu-umidlarini ro‘yobga chi­qa­rishlarida ularga ko‘makchi bo‘ling! Ulug‘larimiz aytganlaridek, o‘g‘il bolani o‘qitsak, bir kishi savodli bo‘ladi. Qiz bolani o‘qitsak, butun oila, butun jamiyat bilimli bo‘ladi!” Asrlar tajribasidan o‘tib kelayotgan, dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlar o‘z turmush tarziga tatbiq etgan, o‘z vaqtida bizning ulug‘larimiz aytgan beqiyos bir haqiqatni Prezident yodimizga soldi.

Yangi O‘zbekistonni barpo etishning beshta ustuvor yo‘nalishiga e’tiborini qaratgan Prezident birinchi navbatda “sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish”ni aytib, yana “Muammolarning yechimi, savollarimizning javobi faqat va faqat ta’limda. Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham – faqat va faqat ta’lim va tarbiyadir”, degan ta’kididan keyin yetmish yilga yaqin shu sohada faoliyat olib borayot­ganim uchun ich-ichimdan quvondim. Prezidentning bu durdona fikri jadid allomalarimiz­ning fikriy dasturlariga, jadidona qarashlariga uyg‘un. Biz ­Yangi O‘zbekistonni bunyod qilayotgan ekanmiz, bu muhtasham asriy imoratning barcha muammo­la­ri­ni ta’lim va tarbiya vositasida hal qilamiz, albatta. Inson tanasida shunday bir a’zo bor u tuzalsa, hamma a’zolar sog‘lom bo‘ladi. U – yurak. Jamiyatni bir inson organizmiga qiyoslaydigan bo‘lsak, uning ta’lim-tarbiya bilan mashg‘ul bo‘ladigan juda muhim bir tashkiloti bor. U – maktab, oliy o‘quv yurtlari. Shu dargohlari sog‘lom bo‘lgan jamiyat kelajakda buyuk taraqqiyotga erishadi. Men bunga qat’iy ishonaman!

Oqil SALIMOV,

akademik


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596