Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


17.01.2025 | 09:17

img1204

BOLA BAXSHI TUG‘MA CHAPAQAY BO‘LGANMI?

“Xivada bir yosh baxshi chiqibmish, ko‘rsangiz hayron qolasiz, o‘zinnan dutori ullimish. Shundin zo‘r ovozi bormishki, eshitganlar “tasdiq” aytamishlar”.

1908-yilning ayni bahorida Xiva shahrida shunday gap tarqaldi. Qurbonnazar baxshini eshitganlar uni zo‘r berib maqtashsa, eshitmagan, ko‘rmaganlar bir ko‘rishga ishtiyoqmand edi. Bu gap Xiva xoni Muhammad Rahimxon Soniy – Feruz qulog‘iga yetadi. Feruzxon ham adabiyot va san’at shaydosi emasmi, baxshini ustozi bilan birga saroyga chaqirtiribdi.

To‘qqiz-o‘n yashar Qurbonnazar ustozi Jumanazar baxshi hamrohligida dutorini olib, xon huzuriga kiradi. Muhammad Rahimxon Feruz kichkina baxshidan bir noma eshitib ko‘radi.

– Ko‘z deymasin, bu bola baxshiga. Ustozingga, ota-onangga rahmat, o‘g‘lim. Kamol top. Bundan keyin sening oting Bola baxshi bo‘lsin, – deb xon Qurbonnazarning yelkasiga qoqib qo‘yadi.

Shu-shu, Qurbonnazar Abdullayev Bola baxshi bo‘lib Xorazm elida tanildi. 1899-yilda tavallud topgan Bola baxshi o‘n yoshidan qo‘lida sozi bilan elga xizmat qildi.

Aytishlariga qaraganda, Bola baxshining ajdodlari o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan atoqli baxshi va go‘yandalari bo‘lishgan ekan. Katta bobosi Usmon baxshi o‘z davrida xonning baxshisi bo‘lgan. Uning o‘g‘li Avazniyoz bobo ham san’at va adabiyotni sevuvchi insonlardan edi. Bola baxshining otasi Abdulla bobo qozilik qilgan, deyishadi.

Qurbonnazarning otasi Usmon bobodan qolgan dutorni hech kimga bermay, sandiqda avaylab saqlarkan. Qurbonnazar 3-4 yoshlarida kasal bo‘ladi. Isitmasi sira tushmaydi. Uni tabibga ko‘rsatishadi. Tabib shifobaxsh damlama beradi. Bir kun onasi damlamani sandiqdan olayotganida Qurbonnazarning ko‘zi u yerdagi dutorga tushadi. Bu dutor yuz yillardan ziyod ana shu sandiqda saqlanardi. Emishki, Usmon baxshi “Buni qachonlardir mening korimni (kasbimni) tutgan avlodimga beringlar”, deb vasiyat qilgan. Qurbonnazar onasiga dutorni olib bering, deb xarxasha qiladi. Otasi ruxsat bermaydi. Qurbonnazar shu payt hushidan ketib yiqiladi. Yuziga suv sepib, o‘ziga keltirishadi. Endi u yig‘lashga tushadi. Onasi noiloj dutorni sandiqdan olib beradi. Bola yig‘idan to‘xtab, o‘ziga keladi. Kun-kundan sog‘aya boshlaydi.

Qurbonnazarning xat-savodi chiqqach, Usmon baxshidan qolgan doston kitoblarini o‘qib-o‘rganadi. O‘sha yillari Xivada Yodgor bulomonchi va Jumanazar baxshilar nom qozongan edi. Qurbonnazarni ularga shogirdlikka berishadi. Yosh Qurbonnazar bu ikki baxshidan dutor chalishni, terma va dostonlar kuylashni o‘rganadi.

– Yodgor bulomonchi ilmi daryo san’atkor edi, – degan ekan Bola baxshi bir gal shogirdlariga. – U kishidan juda ko‘p narsa o‘rgandim. Bola baxshi bo‘lib tanilishimda shu ustozlarimning hissasi katta.

Ikkinchi jahon urushi boshlanganda Bola baxshiga ham chaqiriq qog‘ozi keladi. Bu xabarni eshitgan xivaliklar qo‘liga ilingan yegulik, issiq kiyim olib, uni kuzatishga chiqadi. U paytda jangga otlanganlar ot va eshak aravalarda, ko‘pchiligi esa poyi piyoda Cholishga qarab yo‘lga chiqishgan. Keyin Amudaryo orqali kemada Chorjo‘ygacha borishar, o‘sha yerdan poyezdda frontga yo‘l olar edi.

Katta maydon urushga ketayotganlarni kuzatuvchilar bilan gavjum. Bola baxshi o‘tirgan ot arava ichi xalq bergan yegulik va kiyim-kechak bilan to‘lib ketadi. Shu payt uzoqdan bir kishi qo‘lida yo‘rgaklangan chaqaloqni mahkam bag‘riga bosganicha olomonni yorib oldinga o‘tadi.

– Baxshi buva, o‘g‘illik bo‘ldim. Mana shu bolani bir qo‘lingizga oling. Yaxshi niyat qiling. Sizning urushda o‘lib ketishga haqqingiz yo‘q. Shu bolaning sunnat va farz to‘ylarida xizmat qilgayman, deb niyat qiling, – deb u chaqaloqni Bola baxshiga uzatadi.

Bola baxshi go‘dakni qo‘liga olib, niyat qiladi va peshonasidan o‘padi. Xalq o‘zining suyukli baxshisini shu tariqa frontga jo‘natdi. Bir yarim yilcha janggohlarda qon kechgan Qurbonnazar og‘ir jarohat olib, yurtiga qaytib keldi.

“Rizq-nasibam bor ekan, odamlar niyat qilganida farishtalar omin, degan ekanmi, o‘sha bolaning sunnat va farz to‘ylarini soz-u suhbat bilan o‘tkazish menga nasib etdi”, deb eslagan ekan u kishi.

Bola baxshi urushda o‘ng qo‘lidan yarador bo‘lgan. Shu bois ancha vaqt dutor chalishning uddasidan chiqolmay qiynaladi. Chunki u kishi dutor chertmasdan doston kuylay olmas edi. Natijada ming mashaqqat bilan chap qo‘lida soz chalishni o‘rgandi. Shu-shu, Bola baxshi chapaqay bo‘lib qoldi.

Baxshining ijodiy repertuarida “Oshiq G‘arib va Shohsanam”, “Oshiq Mahmud”, “Bozirgon”, “Xirmondali”, “Avazxon”, “Kampir”, “Qirqming”, “Safar ko‘sa” kabi 20 dan ko‘p doston bo‘lgan. Shulardan “Bozirgon” dostoni 1965-yilda, “Avazxon” dostoni 1967-yilda yozib olinib, nashr etilgan. U hayoti davomida juda ko‘plab san’at anjumanlarida ishtirok etgan. Xususan, 1937-yilda Moskvada o‘tkazilgan O‘zbekiston adabiyoti va san’ati dekadasida, 1938-yili O‘zbekiston xalq ijodchilari olimpiadasi, xalqaro Oltoyshunoslar folklor anjumanida o‘z san’atini namoyish qilgan. 1938-yili u kishi “O‘zbekiston xalq dostonchisi” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.

Bola baxshi hayoti davomida yuzdan ziyod shogirdlar yetishtirdi. Komiljon Otaniyozov, Ivot bola, Otaxon baxshi, Qalandar baxshi Normatov, Karim baxshi Otamurodov, farzandlari Matyoqub, Matnazar, Davlatnazar, O‘zbekiston xalq baxshilari Norbek va Yetmishboy Abdullayev ana shular jumlasidandir.

Boltaboy MUHAMMAD QURBON

“Jadid” gazetasining 2025-yil 10-yanvardagi 2-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596